Mavzu: Boshlangʻich ta'lim mazmuni. Davlat ta’lim standarti



Download 357,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana29.06.2021
Hajmi357,89 Kb.
#104699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-mavzu. 5-maruza, 1-soat (1)

 

DASTUR 

 

O`quv dasturlari DTSga asoslanib tuziladigan davlat hujjati bo`lib, unda ma'lum 

bir o`quv fani bo`yicha o`qitiladigan bilim hajmi va ta'lim mazmuni ifodalanadi. 

O`quv dasturi odatda 3 qismdan iborat bo`lib, birinchi bo`lim uqtirish xatidir. Bu 

qismda  fanni  o`qitishning  maqsad  va  vazifalari,  yo`nalishlari,  dasturdan  foydalanish 

tartibiga oid metodik maslahatlar beriladi. 

Ikkinchi  bo`limda  o

`

quv  fanining  asosiy  mazmuni  o`rganiladigan  nazariy  va 



amaliy  materiallar,  ular  o`rtasidagi  aloqadorlik,  mavzular  bo`yicha  o`rganiladigan 

bilimlar  ko`lami  va  o`quvchida  hosil  qilinadigan  ko`nikma  va  malakalar  majmui 




ko`rsatiladi. Dasturdagi mavzular ta'lim standarti bo`yicha o`quvchilar bilimining zaruriy 

va yetarli bilim darajasini o`z ichiga olmog`i lozim. 

Uchinchi bo`limda o`quvchilar qo`shimcha ravishda o`rganishlari lozim bo`lgan 

adabiyotlar ro`yxati beriladi. 

O`quv dasturi quyidagi prinsiplar asosida tuziladi: 

1. Dasturning ilmiyligi prinsipi. Dasturga ob'ektiv reallikni (voqelikni) aniq, to`g`ri 

va haqqoniy aks ettirgan, ilmiy jihatdan tekshirilgan ishonchli materiallar kiritiladi. 

Ma'lumki, hozirgi kunimizda fan va texnika tobora rivojlanib bormoqda. Fanga oid 

yangi ma'lumotlar va masalalar kirishi bilan o`quv dasturidagi ayrim eskirgan masalalar 

o`quv fanlaridan chiqarib tashlanadi. 

2. Dasturning qat’iylik prinsipi. 

O`quv dasturlari jamiyatimiz taraqqiyotining har bir bosqichida fan, texnika, ishlab 

chiqarish hamda ijtimoiy munosabatlar sohasida erishilgan darajasini aks ettirishi lozim. 

Hamma o`quv fanlariga oid dasturlarning bir necha yillar mobaynida qat’iy bo`lishiga 

erishish shu fan bo`yicha qat’iy darsliklar ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega. 

3. Nazariyaning amaliyot bilan birligi prinsipi. 

Ilmiy  bilimlarni  puxta  egallash  va  o`zlashtirilgan  ilmiy  bilimlarni  amaliyotda 

qo`llay  olish  uchun  o`quvchilarga  beriladigan  nazariy  tushunchalar  ijtimoiy  qurilish 

amaliyotiga bog`lab, aniq hayotiy misollar bilan: mashqlar, tajribalar ko`rsatib, xulosalar 

chiqarish kabilar bilan bog’lanishi lozim. Bu o`quvchining ijtimoiy faolligini oshirishda 

muhim ahamiyatga ega. 

Dasturning asosiy vazifasi - o‘quv predmetining mazmunini ifodalashdir. Unda 

kursning  sinflarga,  qismlarga,  mavzularga  bo‘linishi,  ularni  o‘rganish  tartibi,  soatlar 

turi ko‘rsatiladi. Hatto, dasturdagi masalalar ro‘yxati ham undagi boshqa bo‘limlarning 

mazmunidan tashqari, prosessual yo‘nalishi ham mavjudligidan dalolat beradi. Shunday 

qilib, dastur ikkita vazifani bajaradi: ta’limning mazmunini o‘quv predmeti doirasida aks 

ettiradi va predmet uchun muayyan normativ sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari, u 

darslikka  o‘tishni  tayyorlaydi  va  uning  mualliflari  faoliyati  uchun  yo‘llanma 

hisoblanadi. 

Masalalar ro‘yxati - dasturning markaziy bo‘limidir, ammo unda boshqa bo‘limlar 

ham bo‘lib, ular darslikning tuzuvchilari fikrini va o‘qituvchilarning faoliyatini ma’lum 

yo‘nalishga solishi kerak. Har bir o‘quv predmeti bo‘yicha haqiqiy dastur umuman to‘rt 

qismdan: tushuntirish xati (har xil dasturda mazmuni turlicha);  ro‘yxat  ko‘rinishidagi 

mazmunning o‘zi (mavzular, masalalar, laboratoriyalar va amaliy ishlar, namoyishlar, 

ekskursiyalar);  predmetlararo  aloqalar  ko‘rsatilgan  bo‘lim  hamda  o‘quvchilarning 

bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar ifodalangan bo‘limlardan iborat bo‘ladi. 

Kursning maqsadlari va vazifalarini ifodalash - dasturning eng muhim elementidir. 

Xususan,  ana  shu  maqsad  va  vazifalar  darslik  muallifining  dasturni  amalga 

oshirishdagi  ma’lum  nuqtayi  nazarini  va  o‘qituvchining  darslikni  to‘g‘rilashi  hamda 



o‘qitish  jarayonini  tashkil  etishi  uchun  tegishli  yo‘nalishni  belgilaydi.  O‘qituvchi, 

ayniqsa,  yosh  o‘qituvchilar  o‘z  izlanishlarining  yo‘nalishini  belgilab  olish  uchun 

kursning  maqsadini  chuqur  anglashlari  kerak.  Dasturlarda  shunday  vazifalar  ham 

beriladiki, o‘qituvchi ularni hal qilish uchun institutda tayyorlanmagan bo‘ladi. Buning 

misoli  sifatida  ta’lim  mazmuniga  metodologik  bilimlarning  kiritilishini  aytish 

mumkin.  Kursga  mana  shunday  talablar  qo‘yilishining  o‘zi  o‘qituvchilarni  chuqur 

o‘ylashga  majbur  etadi.  Tajribali  pedagog  o‘tgan  yillardagi  dasturlarda  bunday 

vazifalar  bo‘lmaganini  sezadi.  Bu  hol  uning  mustaqil  bilim  olishi,  ijodiy  izlanishi, 

shuningdek, metodik birlashmada ishlashi uchun turtki bo‘ladi. 


Download 357,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish