N. M. Kayumova


Pedagog-tarbiyachi  shaxsiga  qo'yilgan  talablar.  Uning



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

Pedagog-tarbiyachi  shaxsiga  qo'yilgan  talablar.  Uning

 

shaxsini  shakllantirish.  Pedagog-tarbiyachining  nutq

 

madaniyati.

Har  qanday  jamiyatda  barkamol  avlodni  tarbiyalash, 

voyaga  yetkazish  va  uni  ma'lum  bir  kasbga  yo'naltirish 

og'ir  va  mashaqqatli  mehnat  evaziga  amalga  oshiriladi.  Bu 

mashaqqatli  mehnat  uzluksiz  ta'lim  va  tarbiyaviy  faoliyat- 

ning mahsulidir.

Mamlakatimiz  birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  “Yuksak 

ma'naviyat -  yengilmas  kuch”  asarida  o'qituvchining kasbiy 

faoliyatiga shunday ta'rif beradi: “Barchamizga ayonki, inson 

qalbiga  yo'l,  avvalo,  ta’lim-tarbiyadan  boshlanadi.  Shuning 

uchun  qachonki bu haqda gap  ketsa,  ajdodlarimiz  qoldirgan 

bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz 

uchun  eng yaqin  bo'lgan  yana  bir  buyuk  zot  -   o'qituvchi  va 

murabbiylarning oliyjanob mehnatini hurmat bilan tilga ola- 

miz...  Muxtasar  qilib  aytganda,  maktab  degan  ulug'  dargoh-

101



ning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta'sirini, na­

faqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladi- 

gan  o'qituvchi  va  murabbiylar  mehnatini  hech  narsa  bilan 

o'lchab, qiyoslab  bo'lmaydi" degan edi.

Mamlakatimizning kelajagi,  mustaqil  O'zbekistonning  is- 

tiqboli, ta'lim  sohasida  olib  borilayotgan  islohotlarning mu- 

vaffaqiyati  ko'p  jihatdan  tarbiyachi-o'qituvehiga,  uning  sa- 

viyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta'lim berish 

va  barkamol  inson  darajasida  tarbiyalab,  voyaga yetkazish- 

ga nisbatan shijoatiga bog'liq.

Ma'lumki,  ta'lim  muassasalarida  tarbiyaviy  jarayon  be- 

vosita  o'qituvchi  tomonidan  tashkil  qilinadi  va  olib  borila­

di. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta'lim-tarbiyadan ko'zda tuti- 

layotgan  maqsadlarga  erishish,  o'quvchilarning dars va dars- 

dan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ular­

ni bilimli, odobli, e'tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol 

inson qilib o'stirish va kasbga yo'naltirish o'qituvchilar zimma- 

sigayuklatilgan,

Tarbiya -  o'qituvchi va o'quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuv- 

chi)lar o'rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo'lib, tar- 

biyalanuvchini  ma’lum  bir  maqsadga  muvofiq  takomillashti­

rish  uchun  shaxsga muntazam va  tizimli  ta'sir  etish,  jamiyat- 

ning  ijtimoiy-tarixiy  tajribalariga  yondashib  shaxsni  har  to- 

monlama  shakllantirish,  uning  xulq-atvori  va  dunyoqarashi- 

ni, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralar- 

iga  yo'naltirilgan  qizg'in  faoliyat  jarayonidir.  Tarbiya  asosida 

tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his- 

tuyg'ulari rivojlanadi, o'zida ijtimoiy hayotda o'z o'rnini topish 

uchun zarur bo'lgan,  kishilar bilan  o'zaro  munosabatni to'g'ri 

tashkil  etishga xizmat  qiladigan  axloqiy  odatlar hosil  bo'ladi. 

Tarbiya xususida taniqli  o'zbek adibi Abdulla Avloniyning "Al- 

hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot -  yo fa- 

lokat, yo saodat -  yo razolat masalasidur''4 -  deb aytgan fikrlari 

barcha  millat vakillarining tarbiyasiga  mos  keluvchi  haqiqat-




Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish