N. M. Kayumova


j) mudira ishini rejalashtirish



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet341/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

j) mudira ishini rejalashtirish.

Mudira ishida 



qiyosiy tekshiruv 

ham muhim o'rin egallaydi. 

Uning  farqlovchi  xususiyati  tarbiyachining  pedagogik jarayo­

nini boshqa pedagogning ish tajribasi  bilan solishtirish,  tahlil 

qilish va  baholashdir.  Parellel  guruhlar tarbiyachilar  ishlarini 

solishtirish mumkin.

Qiyosiy 

tekshiruvni 

dasturning 

ayrim 


bo'limlarini 

bajarilishini tekshirishda turli tarbiyachilar bolalardagi bilim, 

ko'nikma va malakalar sifatini tahlil qilishda qo'llash maqsadga 

muvofiqdir.  Solishtirma  natijalari  pedagoglar  kengashida 

muhokoma materiali bo'lishi mumkin.

Qiyosiy  tekshiruv  -  guruhlarga  kirish  va  tarbiyachilar 

ishlarini  kuzatish,  rejalarni,  bolalar  ishlarini  va  boshqa 

hujjatlarni, tahlil qilish shaklida o'tkazilish mumkin.

Mudira  -   kundalik  pedagogik  jarayonlarni,  ish,  o'qishlarni 

va  boshqalarni,  bilimlar  sifatini,  bolalarning  faoliyatlarini 

tarbiyachilar  bilan  birga  tahlil  qiladi,  birgalikda  ishning 

samaraliroq shakllarini izlaydi.

Qiyosiy 

tekshirish 

-  

eng  yaxshi 



ish 

tajribaning 

tarqalishiga,  ta'lim-tarbiyaviy  jarayonining  va  barcha  guruh 

tarbiyachilarining  umumpedagogik  darajasini  oshirishga 

yordam beradi.

Nazoratning istalgan turi-agarda unga mudira jiddiy, puxta 

tayyorgarlik ko'rgan holdagina samarali bo'lishi mumkin.



Eng  avvalo,  tekshirish  maqsadini  aniq  belgilash  lozim. 

Masalan:  kichik  guruhda  bolalarning  kun  davomidagi  xilma- 

xil  faoliyatlari  uchun  sharoitlarni  yaratilishini  kuzatish; 

katta  guruhda  bolalarning  o'yin  va  mehnatdagi  o'zaro 

munosabatlarini  kuzatish  (ular  inoq  o'ynay  oladilarmi  va 

hamjihatlik bilan mehnat qila oladilarmi).

O'rta  guruhda  nutq  o'stirishga  doir  dasturning  o'zlashtiri- 

lishi  bolalarning  nutq  faolligi,  nutqiy  ko'nikmalar  darajasini 

tekshiradi.

Maqsadni  belgilab,  mudira tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy 

ish  rejasi  bilan  "Ilk  qadam”  dasturi  talablarini  solishtirib 

topishadi,  oldingi  tekshiruv  natijalari  tahlilining  yozuvlari 

bilan  tanishadi,  bolalarning  ishlarini  o'rganadi,  oldindan 

tarbiyachi  va  kichkintoylar  bilan  suhbatlashadi.  Shuningdek, 

metodik  adabiyotlar  yangiliklari,  ilg'or  pedagogik  tajribani 

umumlashtirish  materiallari va  ilmiy tadqiqotlar  materiallari 

bilan  va nihoyat tekshirish jarayonida javob  olmoqchi bo'lgan 

savollarni  mo'ljallab tekshirishning qisqa hamda aniq  rejasini 

ishlab chiqadi.

Guruhlarga 

kirish 

mo'ljallanganligi 

haqida 

mudira 


pedagogni,  agarda  bu  kirish  ishida  ilgari  kamchiliklarni 

bartaraf  qilish  maqsadida  amalga  oshirilayotgan  bo'lsa, 

oldindan  ogohlantiriladi.  Guruhga  ko'proq  ogohlantirishsiz 

kirish  yoki  kirish  haqida  ertalab  ogohlantirish  lozim.  Bu 

esa  tarbiyachilarda  asta-sekin  ishda  ma'lum  mas'uliyatni 

shakllantiradi.  Biror  bir  bo'lim  bo'yicha  dastur  talablarining 

bajarilishini  tekshirish  haqida  tarbiyachi  oldindan  ogohlan­

tiriladi.  Bunday  ogohlantirish  pedagoglarni  o'z  ishlaridagi 

kamchiliklarni  mustaqil  aniqlashga,  har  bir  bolaning 

rivojlanishi  va  dasturni  o'zlashtirishini  xolisona  baholashga 

safarbar  etadi.  Shuni  unutmaslik kerakki,  guruhga bir marta, 

bir  lahzaga  kirish  tarbiyachining ishi  haqida xulosa  chiqarish 

 

huquqini bermaydi.



Agar  mudira bir faoliyat turishi yoki  kun tartibi jarayonini 

tahlil qilishni maqsad qilib qo'ygan bo'lsa, u holda faoliyatning



566

i



bu  turini  boshdan  oxirigacha  to'liq  kuzatib  chiqish  kerak 

bo'ladi.


Har qanday tekshiruv agarda mudira qabul qilgan ko'rsatma, 

tavsiya qarorlarning ijrosini tekshirib  bormasa, ijobiy samara 

bermaydi.  Ijroni  muntazam  nazorat  qilib  borish  kishilarni 

intizomga odatlantiradi.

Muntazam nazorat -  bu faqat ilgari ay tilgan ko'rsatma va tak- 

liflarning  ijrosini tekshirishgina  emas, balki guruhda ma’lum 

vaqt  bo'lagida  qilingan  ishlarni  solishtirib  ko'rish  hamdir, 

Masalan: o'quv yilining boshida bolalarning mashg'ulotlardagi 

tafakkur  faoliyatlarining  faolligini  tekshirish  tarbiyachilar 

muammoli  xarakterdagi  savol  va  vaziyatlardan  kam 

foydalanishlarini  bolalarda  mustaqillik  hamda  fikrlarning 

tanqidiyligini yetarlicha rivojlantirmasliklari va shu  kabilarni 

ko'rsatadi.  Bu  kamchiliklar sabablarini  pedagoglar jamoasida 

birgalikda  muhokama  qilib va ularni bartaraf qilish yo'llarini 

belgilab, mudira yarim yildan so'ng boshlang'ich ma'lumotlarni 

yangi mashg'ulotlar bilan solishtirib yana tekshiradi.

Nazoratning yuqorida ko'rsatib o'tilgan tur va shakllarning 

amalga  oshirilishi  mudiraga  guruhlarda  ta’lim-tarbiyaviy 

pedagogik  jarayonlarni  yo'lga  qo'yilganligini  o'rganish,  o'z 

intilishini tarbiyachilarga murakkab ishlarida yordam berishga 

aniqroq yo'llash imkonini beradi. Mudira yuqoridagi tekshirish 

usullaridan foydalanib, maktabgacha ta'lim muassasasi ishiga 

to'liq rahbarlik qiladi.


Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish