Milliy xalq o'yinlari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida
tarbiyalashda milliy xalq o'yinlarining ahamiyati kattadir. Bu
o'yinlar ikki guruhga bo'linadi:
1. Milliy harakatli o'yinlar. 2. Milliy xalq o'yinlari.
Milliy harakatli o'yinlar sport turlari hamda xalqimiz qad-
riyatlari bilan aloqador bo'lib, ular asrlar davomida davrlar-
ga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, e’zozlanib kelin-
gan. U bolalarning jismonan baquwat, sog'lom, jasur, qat'iyatli,
chaqqon, uddaburon bo'lib o'sishlarida muhim omil hisoblana
di. Xalq milliy o'yinlarida millatning o'tmish tarixi, ma'naviy va
madaniy rivojlanishining xarakter - xususiyatlari, urf-odatlari,
an'analari jamlangandir.
Xalq milliy o'yinlari orqali bolalarni ma'naviy, aqliy, jis
moniy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida ularda o'z
Vatanini sevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdod-
Iarimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo'shiqlardan
zavqlanish tuyg'ulari, shuningdek, о'sib kelayotgan yosh avlod-
da chidamlilik, sabr-toqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi
shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.
Xalq milliy o'yinlarini maktabgacha ta’lim muassasalarida
tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
- xalq milliy o'yinlarining turlari va ularni tashkil etish
yo'llari, usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;
- milliy o'yinlarni tashkil etishda ma’naviy qadriyatlar va
urf-odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tar
biyalashda xalq milliy o'yinlaridan maqsadli foydalanish;
- xalq ertaklari, xalq og'zaki ijodi durdonalaridan unumli
foydalanish;
- bolalarning o'ynashlari uchun shart-sharoit (o'yin uchun
jihozlar, atributlar) yaratish;
357
- maktabgacha ta'lim muassasalari, oila va mahallalar
o'rtasida milliy o'yinlar bo'yicha ko'rik tanlovlar va musobaqa-
lar o'tkazish.
- Milliy harakatli o'yinlar bolalarning yosh xususiyatlariga
o'yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.
l-2yoshli bolalar bilan o'ynaladigan о ‘yin turlari. «Barmoq-
qa-barmoq», «G'oz-g'oz», «G'oz tursin», «Bo'p-bo'p», «Toy-toy»,
«Poyezd», «Achom-achom» o'yinlari go'dak endi bir-ikki qa-
dam tashlashni o'rganayotgan vaqtda gavdasini to'g'ri tutishga
yordam beradigan o'yinlar hisoblanadi.
3-4 yoshli bolalar bilan o'ynaladigan o'yin turlari: "O't o'yin",
"Kesak qo'ydi", "Ko'z boylag'ich”, "Choriy chambar”, "Awal-
akam", "Tayoq irg'itish”, "Quloq cho'zish", "Chitti gul", "Xolam
mehmonga keldi", "Uchdi-uchdi".
4-5 yoshli bolalar bilan o'ynaladigon o'yin turlari: “Chir-
Aylanma”, “Chillak", “Tortishmachoq”, “Lafta", "Dor o'yin",
"Ko'pkari", "Berkinmachoq", "Jami", "Chertan devor gir-gir
aylan".
Katta yoshdagi bolalar uchun o'yinlar: "Chavandozlar",
"Doiraga tort", "Do'ppi yashirma", "Sapalak", "Besh tosh", “Oq
terakmi ko'k terak". Bu o'yinlar orqali bolalarda chaqqon-
lik, o'z-o'zini boshqara olish va o'ziga ishonch tarbiyalanadi,
qat'iyatlilik ko'nikmalari shakllanadi, fikrlashga o'rgatilib bo
riladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hozirjavob bo'lishga
tayyorlanib boradi.
Xalq harakatli o'yinlarni tashkil etish va bolalarga o'rgatishda
quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur;
1. Bolani ruhiy jihatdan o'yinga tayyorlash.
2. O'yin jarayonida bolalarning jismoniy tayyorgaligi va yosh
xususiyatlariga e’tibor berish.
3. Har bir o'yinning pedagogik tomonlarini nazardan qo-
chirmaslik.
4. O'yinlarni ijtimoiy-foydali mehnat bilan bog'lagan holda
hayotga tatbiq etish.
358
5.
O'yin
davomida
o'zaro
munosabatlarni
yanada
mustahkamlash.
6. Jamoa bo'lib birgalikda harakat qilish, jamoa manfaatiga
hurmat va e'tiborli bo'lish.
O'zbek xalqining ermak va ovutmachoq o'yinlari bilan, aso-
san, bolaning ilk yosh davridan boshlab shug'ullanib boriladi.
Bu o'yinlar asosan kattalarning bevosita rahbarligida harakat
va so'zlarning uyg’unlashuvi bilan o'ynatiladi. Masalan: "Bar-
moqlar”, “Sichqon - sichqon" o'yinlari orqali bolalarda xush-
chaqchaqlik kayfiyatlari hosil qilinib tasawurlari o'sib bora
di. Xalqimizda "Bolaning ilonni changallaydigan davrida” ibora
bor. Bu hikmat hali qo'rqish hissini bilmaydigon davrida, ya'ni
yaxshi-yomonni ajrata olmaydigan vaqtida qo'llaniladi. Xuddi
shu davrida "Sichqon- sichqon” o'yini qo'l keladi.
Ilk yoshdagi bolalar dastro'moldan yasalgan "Sichqon''ning
harakatlanishidan
qattiq
zavqlanib,
qiyqirib
yayraydi-
lar. "Sichqon”ni harakatlantiruvchi katta odam uning juda
chaqqonligini namoyish etishi kerak. Bu ovutmachoq go'dakka
sichqon shakli va uning juda to'g'risida tasavvur hosil qilish
ga ko'maklashadi. Ermak o'yinlardan «Oymoma», «Bog'ga
kirsam maylimi», «Alla», «Aji-aji», «Boylandi», «Chapakka-xo-
chapakka» orqali bolalarni muloqotga o'rgatib boriladi. Bu ja
rayonda bolalarning eshitish, ko'rish, sezish, his qila olish ka
bi sensor qobiliyatlari faollashadi. Bolalarning nutq faolligi
ni o'stirish maqsadida aytishma o'yinlaridan keng foydalanila
di. Bunday o'yinlarga «Boylandi», «Xolam keldi», «Mundi-mun-
di», «Bulbulim-bulbulim», «Ko'z boylog'ich», «Oq sholi, ko'k
sholi», «Ada hormang»lar kiradi. Yana xalqimizda azal-azaldan
o'ynab kelinadigan so'z o'yinlaridan «Yarashtirgich»lar hali-ha-
nuzgacha bolalar orasida «tinchlik - yarashuv» timsoli sifatida
qo'llaniladi. Bu o'yinlar bolalar tilidan ana shunday jaranglaydi:
Karimga berdim toychoq,
U olavermadi har choq.
Toychog'imni kim olsa,
359
Men u bilan chin o'rtoq.
Yalinchoq-yalinmachoq,
Pista po'choq.
Qilichmi, to'qmoq, qirq yilgacha o'rtoq,
To'qmoq, to'qson yilgacha o'rtoq.
Bolalarning matematik tasavvurlarini o'stirishga yordam
beradigan o'yin turiga «Sanamalar» kiradi. Bu o'yin jarayoni
da bolalar she'riy satrlar orqali son-sanoqdan topishmoq tar-
zida foydalanib qatnashadilar. Bunda bolalarning tasawurlari,
fikrlash doiralari kengayib, she'riy ohangda to'g'ri javob qay-
tarishga o'rgatilib boriladi. Asosan, bu o'yinlar quyidagicha ja-
ranglaydi:
Dadam-u oyim,
Bor ikkita singlim.
Bahodir, Dildor,
Bog'chaga ketar,
Sanab ko'r chaqqon,
Bizlar nechta jon?
O'zbek xalqi nihoyatda so'zga chechan, topqir bo'lib, o'zining
alyor-u qo'shiqlariga boydir. Bu fikrimizning isboti sifatida xalq
orasida mashhur bo'lgan «Qiqillamalar»ni misol sifatida kelti-
rish mumkin. Bu so'z o'yinlarida sodir bo'layotgan voqea-hodi-
salar, kechinmalar she'riy ohangda ijro etiladi. Masalan:
Shov-shov etadi ariq,
Karim ekadi tariq.
Yoki:
Echki keladi ma'rab,
O'z egasiga qarab.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan o'yinlar maktabgacha yoshdagi
bolalarni ma'naviy axloqiy pedagogik - psixologik jihatdan tar-
biyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |