kristall panjarada kation yoki anion ma’lum ketma-ketlikda bir-birini o’ragan holda
eritma holatida elektr tokini o’tkazadi (dissotsialanish darajasi 100%ga yaqin ).
bo’ladi. Bunday atomlar orasida bog’lanish kuchli kovalent xususiyatiga ega
bo’ladi. Ular qatoriga olmos va grafitni kremniy karbid (SiC), bor karbid
(B
4
C
3
)ning kristall shakilli ko’rinishi, bor, germaniy, kremniy misol qilib olish
mumkin. Ularning ba’zilari elektor tokini o’tkazadi, ba’zilari o’tkazmaydi.
Metall kristall panjara
qattiq holdagi metallar uchun xos bo’lib, panjara
tuginlarida musbat zaryadlangan metal ionlari joylashgan va ular orasida “daydi”
elektronlar tartibsiz harakat vaziyatida bo’ladi. Bu elktronlar kristall tuginidagi
metal ionlarini bog’lovchi vosita bo’ladi, bu elektronlar bir ion maydonida bo’lgan
holatiga qaraganda, mumkin qadar ko’p markaz maydonida bo’lishi, sistemani
energitek afzalroq holatga keltiradi.
Metall strukturalarni 3 xil holat orqali ifodalash mukin: hajmi
markazlashgan kub panjara, yoqlari markazlashgan kub panjara va geksagonal
panjara turlari. Bular bir-biri bilan panjarada joylashgan atomlar holati bilan farq
qiladi.
Kristal panjaralar haqidagi fikrimizni yakunlab, kristallning o’zi haqida fikr
yuritsak.
Ma’lumki tabiiy yoki sun’iy yo’l bilan olingan kimyoviy birikma va
kimyoviy elemintlarning hammasi kristallangan yoki amorf moddalardan iborat.
Amorf tuzilishga ega bo’lgan moddalar zarrachalari tartibsiz joylashgan
agregatlardan tashkil topgan bo’lib, ular aniq suyuqlanish temperaturasiga ega
bo’lmaydi, qizdirilganda asta-sekin yumshaydi, oldingi shaklini yo’qotadi va
nihoyat, qizdirish davomida suyuq holga o’tishi mumkin. Bunday tuzilishga ega
bo’lgan qattiq moddalarni tashkil etuvchi zarrachalar muntazam tuzilishga ega
bo’lmaydi, ular zarba ta’sirida shakillari turlicha ko’rinishga ega bo’lgan
bo’lakchalarga maydalanadi (shisha, smola, kesak va g’isht bo’lakchalari).
Kristall holatdagi moddalar zarrachalari bir-biriga nisbatan muntazam
takrorlanadigan zarrachalar (molikula, atom, ion) dan tashkil topadi, ma’lum
fazoviy tuzilisha ega bo’ladi. Bunday moddalar mexanik ta’sir natijasida
muntazam va turli ko’rinisha ega bo’lgan mayda kristallar hosil qiladi.
Demak kristall o’z holicha kishilarning ishtirokisiz, tabiatda to’g’ri qirralar
hosil qiluvchi tekis-silliq yonlari bilan cheklangan qattiq jism, kimyoviy birikma
yoki elemintdir. Kristall bir xil tarkibli, o’xshash teng qismlardan iborat. Kristall
ma’lum tartib qoida asosida takrorlanadigan qo’shimcha geomitrik vositalar
yordamida aniqlanadigan teng qismlardan iborat, ya’ni simmetrik jismdir.
Masalan, osh tuzi kristallari kub shaklida bo’lib, o’sha kubning yonlari o’rtasidan
o’tkazilgan o’q atrofida uch marta va qirralari ustidan olingan o’qlari atrofida ikki
martadan takrolanadi.
Kristallar eritmadan cho’kish yo’li bilan (tuzlar), erigan moddaning qotishi
(metal va metal qotishmalari), bug’ holatidagi moddalarning qotishi (yod, qor)
natijasida hosil bo’ladi. Bundan tashqari ba’zi amorf amorf qattiq moddalar vaqt
o’tishi bilan yoki ba’zan harorat va bosim ta’sirida ham kristallangan moddaga
aylanishi mumkin.
Kristallar moddalarning atom, molekulalari faqat o’z o’rnida tebranma
harakatda bo’ladi. Demak, suyuq, gaz va bug’ holatidagi zarrachalarga qaraganda
harakatsiz holatda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: