Кодирова Назокат асосий восита хисоб


V-BOB. FERMER XO’JALIK ISHLAB CHIQARISHIDA HAYOT



Download 366,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/43
Sana28.06.2021
Hajmi366,95 Kb.
#103764
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida asosiy vositalar hisobi va ulardan foydalanish samaradorligining tahlili payariq tuman ziyaboy ortiqov fermer xojaligi misolida

V-BOB. FERMER XO’JALIK ISHLAB CHIQARISHIDA HAYOT 

FAOLIYATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH  

Hayot faoliyati xavfsizligi bo’yicha qo’yilgan asosiy maqsad - bu insonning 

jamiyat  taraqqiyotidagi  rolidir.  Hayot  faoliyat  xavfsizligi  -  bu  har  qanday 

sharoitdagi  inson  faoliyatidir.  Insonning  hamma  faol  harakati,  ya’ni  mehnat 

jarayonida, dam olishda, uyda hamda sportdagi faoliyatini tashkil qiladi. 

Fermer  xo’jaliklarda  hayot  faoliyati  xavfsizligi  o’z  tarkibiga  inson 

faoliyatining  atrof-muhit  bilan  aloqasi,  mehnat  faoliyatidagi  xavfsizligi  va 

favqulodda  vaziyatlardagi  xavfsizligi  bo’limlarini  qamrab  oladi.  Hayot  faoliyati 

xavfsizligi  tamoyil  va  usullar  asosida:  baxtsiz  hodisalar,  qurbonlar  va  ular 

natijasida  kelib  chiqadigan  zararlarni  kamaytirish  masalalarini  keng  miqyosda 

qo’yadigan va hal qiladigan vositadir. 

Hozirgi vaqtda inson tabiiy, texnik, iqtisodiy va boshqa har xil xavf-xatarlar 

dunyosida  ishlaydi.  Inson  hayoti  va  mehnati  muhofazasi  uni  ishlab  chiqarishdagi 

ahvoli,  u  bilan  bog’liq  masalalarni  o’rganishni  o’z  oldiga  maqsad  qilib  qo’yadi. 

Qishloq 

xo’jaligida 

mehnat 

muhofazasining 

asosiy 

vazifalaridan 

biri 

ishlovchilarning 



mehnat 

havfsizligini 

ta’minlashdir. 

Ishlab 


chiqarishni 

modernizatsiyalash 

sharoitida 

zamonaviy 

texnika 

va 


texnologiyalarni, 

mikrobiologik  va  kimyoviy  moddalar  yetkazib  berishni,  chorva  mollarini  katta 

majmualarga  va  fermer  xo’jaliklariga  birlashtirishni,  ish  jarayonlarining 

yiriklashuvini,  dehqonchilikdagi  ishlarni  oilaviy  pudrati  asosida  bajarishni,  ayrim 

mehnat turlarini hamda vositalarini o’zgartirib borishni o’z ichiga oladi. 

Mehnat  havfsizligi  –  mehnat  sharoitining  shunday  holatiki,  unda 

ishlovchilarga  xavfli  va  zararli    ishlab  chiqarish  omillarining  ta’siri  istisno 

qilingan.  Ishlab  chiqarish  sharoitida  insonga  jarohat  yetkazilishi  bu  fizikaviy  va 

kimyoviy xavfli ishlab chiqarish omillari borligini bildiradi. 

Texnologik  jarayonlarga  qo’yiladigan  xavfsizlik  talablari  texnologik 

hujjatlarda  ko’rsatilgan  bo’lishi  shart.  Ish  joyidan  tashqarida  bajarayotganda 

xonalarni  va  maydonlarni  tanlashga  katta  e’tibor  qaratmoq  kerak.  Shuningdek, 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




67 

 

uzluksiz  ishlab  chiqarish  jarayonlarining  xavfsizligini,  uskunalarni  to’g’ri 



joylashtirish  va  ish  joylarini  oqilona  tashkil  qilish  bilangina  ta’minlash  mumkin. 

Materiallarni,  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini  omborxonalarda  saqlaganda,  xavfli 

ishlab chiqarish omillarining sodir bo’lishidan himoyalanish kerak. 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2000  yil  12  iyuldagi 

267-son  «Mehnatni  muhofaza  qilishga  doir  me’yoriy  hujjatlarni  qayta  ko’rib 

chiqish va ishlab chiqish to’g’risida»gi va 2010 yil 20 iyuldagi 153-son «Mehnatni 

muhofaza  qilish  bo’yicha  normativ-huquqiy  bazani  yanada  takomillashtirish 

to’g’risida»gi    qarorlariga  muvofiq  2011  yil  8-fevralda  “Qishloq  xo’jaligi 

mahsulotlarini  yetishtirish  va  yig’ishtirib  olish  uchun  ta’lim  muassasalari 

o’quvchilari  va  talabalaridan  foydalanishda  mehnatni  muhofaza  qilish  Qoidalari» 

tasdiqlandi.  Mazkur  Qoidalar  texnik  jihatdan  tartibga  solish  sohasidagi  normativ 

hujjatlar talablari bajarilishining shart ekanligini istisno etmaydi. 

O’zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining 37-moddasida  «Har bir shaxs 

mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda 

ko’rsatilgan 

tartibda 

ishsizlikdan 

himoyalanish 

huquqiga 

egadir», 

deb 

ta’kidlangan.  Shuning  uchun, qishloq  xo’jalik  ishlab chiqarishida  ishlashga ruxsat 



etilgan  shaxslarning  fizik  imkoniyatlarini  va  mehnat  xususiyatlarini  hisobga  olish 

shart.  


Xizmat qiluvchi xodimlar bajarayotgan ishlariga muvofiq mehnat xavfsizligi 

bo’yicha  kasbiy  tayyorgarlikdan  o’tgan  bo’lishi  lozim.  Barcha  qishloq  xo’jalik 

mashina  va  mexanizmlariga  xavfsizlik  texnikasi  va  ishlab  chiqarish  sanitariyasi 

bo’yicha  yagona  talablar  qo’yilishi,  ana  shu  talablarga  muvofiq  qishloq  xo’jalik 

mashina  va  mexanizmlarini    boshqarishning  asosiy  richaglari  o’ng  qo’l  ostiga 

joylashgan  bo’lishi,  har  qaysi  mashinada  tovush  signali,  orqani  ko’rish  oynasi, 

burilish  va  to’xtash  signallari  bo’lishi  kerak.  Ish  jarayonida  mashina  va 

mexanizmlardagi  mahkamlangan  joylar  bo’shashadi,  tirqishlar  kattalashadi,  moy, 

suv  yoki  yonilg’i  siza  boshlaydi  va  hokazolar.  Shu  boisdan  pala-partish 

ko’rsatilgan  texnik  xizmat  baxtsiz  hodisalarga  sabab  bo’lishi  mumkin.  Agar 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




68 

 

mashina ishlayotgan vaqtda inson hayoti yoki salomatligiga xavf soladigan nuqson 



payqalsa,  ishni  darhol  to’xtatish  kerak.  Har  bir  traktorchi,  kombaynchi,  texnikani 

ishlatishdan  oldin  uning  texnik  holatini  tekshirib  ko’rishi  kerak.  Traktor  va 

kombaynda  haydovchi asboblarining to’la  jamlanmasi, birinchi  yordam ko’rsatish 

uchun  aptechka,  ichimlik  suv  solingan  idish,  texnikani  ishlab  chiqargan  zavod 

tomonidan berilgan qo’llanma bo’lishi shart. 

Talabalarni  dala  ishlariga  olib  borish  hamda  olib  kelishda  har  bir  transport 

vositasiga  joylashtiriladigan  talabalar  soni  transport  vositasining  texnik  holatidan 

kelib  chiqqan  holda  rahbariyat  tomonidan  belgilanishi  hamda  har  bir  transport 

vositasidagi  talabalar  ro’yxatga  olinishi  lozim.  Har  bir  transport  vositasidagi 

talabalarga  alohida  rahbar  tayinlanadi.  Rahbar  ularni  nazorat  qilib  borishi  lozim. 

Bunda  talabalarni  tashish  uchun  mo’ljallangan  transport  vositalaridan,  ularning 

yuklarini  olib  borishda  esa,  yuk  tashishga  mo’ljallangan  transport  vositasidan 

foydalanish  shart.  Talabalar  transport  vositasidan  tushganlarida,  yo’lni  kesib 

o’tishlari  rahbar  boshchiligida,  transport  vositasining  orqa  tomonidan  tashkil 

qilinishi lozim.  

O’zbekiston  Respublikasi  Mehnat  kodeksining  72-113  moddalarida  mehnat 

munosabatlarini    tartibga  solish  uchun  mehnat  shartnomalari  tuzish  va  qishloq 

xo’jalik  korxonalari  oldiga  xavfsiz  va  sog’lom  ish  sharoitlarini  ta’minlash;  rasb 

kasalliklarini  ogohlantiruvchi  zamonaviy  xavfsizlik  texnika  vositalarini  tatbiq 

etish;  ishchi  va  xizmatchilarni  bepul  himoya  vositalari  bilan  ta’minlash;  tibbiy 

ko’riklarni  o’z  vaqtida  o’tkazib  turish;  mehnatga  yarasha  rag’batlantirish;  voyaga 

yetmagan yoshlarni og’ir ishlarga jalb etmaslik vazifalarni bajarish yuklatilgan

:

 

Qishloq xo’jaligida mehnat sharoitlarining yaxshilanishi ijtimoiy natijalarga, 



ya’ni  mehnatkashlarning  sog’lig’ini  yaxshilash,  o’z  ishidan  mamnunlik  darajasini 

oshirish,  mehnat  intizomini  mustahkamlash,  mehnat  unumdorligini  va  ishlab 

chiqarish samaradorligini oshirishga olib keladi. 

 

 



 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



69 

 


Download 366,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish