4.7.3 Bog’lik yozuvlarni kaskad yangilash va o’chirish
Agar tanlangan bogliklik uchun ma’lumotlar butunligi ta’minlangan bo’lsa, u holda
ma’lumotlarni bogliq maydonlarning yozuvlarini kaskad yangilash va o’chirish rejimini bersa bo’ladi.
Bog’liq yozuvlarning ma’lumotlarni kaskad yangilash rejimida bosh jadvalning yozuvlarining
qiymatlarini o’zgartirilsa u holda Access avtomatik tarzda shu maydonga bog’liq bo’lgan
bo’ysunuvchi jadval yozuvlarining ham qiymatlarini o’zgartiradi.
Ma’lumotlarni kaskad o’chirish rejimida ham agar bosh jadvalning yozuvlaridan biri o’chirilsa
avtomatik tarzda shu yozuvga bogliq bo’lgan bo’ysunuvchi jadval yozuvlari ham o’chirilib yuboriladi.
Yozuvlarni o’chirilayotgan jadvaldan yoki forma orqali yozuvlarning o’chirilayotganligi haqida
ogohlantirish habari chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |