2-rasm. Ilmoqli bunker yuklash qurilmasi.
1-qo`shimcha bunker; 2-zaslonka (klapan); 3-bunker; 4-disk; 5-ilmoq;
6-tarmoqlovchi nov.
Bunkerli yuklash mexanizmining ishlashi quyidagicha bo`ladi: detallar
bunkerga solinadi va ular makonda dastlabki orientirlangandan so`ng yig`gichga
tushadi. Yig`gich orientirlangan zagotovkalarning uzluksiz uzatib turilishini
ta‘minlaydi. Zagotovkalar nov bo`ylab, ta‘minlagichga keladi. Ta‘minlagich
detalni dastgohning qisish qurilmasiga yoki boshqa funksional mexanizmga
uzatadi. 4-rasmda bunkerli yuklovchi qurilmalarda zagotovkalarni orientatsiyalash-
mo`ljallash usullarining konstruktiv sxemalari keltirilgan.
Bunkerli yuklash qurilmalarida zagotovkalar faqat majburiy uzatiladi. Disksimon
yuklash qurilmalari yordamida yuklanadigan zagotovkalar quyidagi halqasimon
ko`rinishlarda bo`ladi.