Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norquloy о ‘zbekiston tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/184
Sana28.06.2021
Hajmi3,16 Mb.
#103588
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   184
Bog'liq
8-Sinf-ozbekiston-tarixi

5-  §.  Buxoro  xonligi
Xonlikning  tashkil 
Shayboniylar  urf-odatiga  ko‘ra,  vafot
topishi 
etgan  xon  o‘rniga  taxtga  yoshi  katta
shayboniy  o‘tqazilgan.  Shuning  uchun 
ham  Muhammad  Shayboniyxonning  o‘limidan  so‘ng  taxtga 
bevosita  uning  avlodlari  emas,  amakisi  Ko‘chkunchi  Sulton 
o‘tqazilgan.  To‘g‘ri,  XVI  asrning  40- yillaridan  so‘ng  bu  urf- 
odatga  rioya  etilmay  qo‘yilgan.  Ko‘chkunchixondan  so‘ng  esa 
taxtga  uning  o‘g‘li Abu  Said (1530 —1533)  o‘tirdi.  Undan  keyin 
esa  hukmdorlik  Shayboniyxonning  ukasi  Mahmud  Sultonning 
o‘g‘li  Ubaydullaxon  (1533  —1540)  qo‘liga  o‘tdi.  Ubaydullaxon 
poytaxtni  Samarqanddan  Buxoroga  ko‘chirtirdi.  Ubaydullaxon 
Buxoroga  ota  meros  mulk  deb  qarar  edi,  chunki  Shayboniyxon 
hayotligidayoq  Buxoro  hokimligini  ukasi  Mahmud  Sulton 
(Ubaydullaxonning  otasi)ga  bergan  edi.  Shu  tariqa,  shaybo- 
niylarning  Movarounnahrda  tashkil  etgan  davlati  endilikda 
rasmiy  ravishda  Buxoro  xonligi  deb  ataladigan bo‘ldi.
Ubaydullaxonning  tariximizdagi  xizmatlari  katta.  Awalo,  u 
Ismoil  Safaviyning  hujumlarini  bartaraf  etib,  Movarounnahrni 
ularning  harbiy-siyosiy tazyiqlaridan  saqlab  qoldi.  Ubaydullaxon 
hukmronligi  davrida  Buxoroning  poytaxt  sifatidagi  nufuzi  har 
tomonlama o‘sdi.
Ubaydullaxon  o‘z  davlatining  chegarasini  Shayboniyxon 
davridagi  sarhadlarda  qayta  tiklashga  harakat  qildi.  U  Hirotni 
ishg‘ol  etgan  Eron  qo‘shinini  bir  necha  marta  mag‘lubiyatga 
uchratgan  edi.  Ayni  paytda,  u  mamlakat  ichkarisidagi  o‘zaro 
kurash va tarqoqlikka barham berdi.
Ubaydullaxon  vafot  etgach  esa  ichki  ziddiyatlar  yana  ku- 
chaydi.  Hokimiyat  uchun  qattiq  kurashlar  boshlandi.  Shay­
boniyxon  avlodlarining  har birl  toj-taxtga  da’vogar  edilar.  Ular­
ning  har  birl  o‘z  ota  merosi  bo‘lgan  hududlarda  mustaqillikka 
intilar,  imkoni  bo‘lsa,  xonlik  taxtini  egallash  ishtiyoqida  edilar.
Buning  natijasida,  Ko‘chkunchixonning  o‘g‘li  Abdullaxon  I 
ning  qisqa  vaqt  hukmdorligidan  so‘ng  mamlakatda  qo‘shhoki-
18


miyatchilik vujudga keldi. Ya’ni bir davlatda ikki hukmdor paydo 
bo‘ldi.
Biri — Ubaydullaxonning  o‘g‘li  Abdulazizxon  Buxoroda, 
ikkinchisi — Ko‘chkunchixonning  o‘g‘li  Abdullatifxon  Samar- 
qandda  hukmdorlik qila bosliladilar.  Mamlakat bir necha mustaqil 
hokimliklarga bo‘linib  ketdi.  Biroq  qachondir,  kimdir bu  holatga 
chek qo‘yislii  kerak edi.

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish