Murakkab sistemalarning ierarxik bosqichlarida texnikaning turli
sohalariga bo`linishi. ESKD bo`yicha sxemaning printsipial, funktsional, struktur
turlariga bo`linishi blokli-ierarxik loyihalash printsiplarini ifodalaydi.
Printsipial sxemalar bazaviy elementlarning umumiy yig‘indisini va ular
orasidagi bog‘lanishni aniqlaydi va mahsulotning ishlash printsipi haqidagi detalli
ko`rinishni beradi.
Struktur sxemalar iloji boricha umumiy va kamroq detalli ko`rinishli bo`lib,
ob`ektning asosiy funktsional qismlarini, ularning belgilanishi va o`zaro bog‘lanishini
aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |