o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Davlat va huquqning kelib chiqishi borasida-
gi ma’lum nazariyalarning hech biri oxirgi haqiqatga da’vo qilolmaydi. Ammo,
har bir ta’limot davlat paydo bo‘lishi xususidagi ilmiy haqiqatni anglashda bir
bosqich bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
64
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Davlat va huquq nazariyasida dav-
latning mohiyati masalasi markaziy o‘rinni
egallaydi. Binobarin, fanning boshqa barcha
muammolarini hal etish «davlat nima» degan
savolga beriladigan javobning ma’nosiga bog‘liq. Davlat masalasi eng murakkab,
eng qiyin muammo bo‘lganligi bois insoniyatning aqlpeshalari bu to‘g‘rida
xilma-xil va serqirra fikrlar bildirganlar.
Davlatshunos olimlardan biri A. Parshin shunday deb yozgan edi: «Dav-
latning tabiatini va mohiyatini teran va har tomonlama anglamay turib, dav-
latni oqilona va malakali boshqarib bo‘lmaydi»
1
. Falsafa kategoriyalaridan biri
bo‘lmish
mohiyat – narsa, hodisa, buyum va jarayonlarning muhim, asosiy,
zaruriy, barqaror jihatlarini, ichki aloqalarini, o‘zaro munosabatlarini, qonuni-
yatlarini ifodalovchi belgilarining yig‘indisidir. Davlatning mohiyati borasida
izlanganda, uning muhim belgilarini, barcha jihatlarini tavsiflovchi xususiyat-
larini, faoliyati va namoyon bo‘lish qonuniyatlarini ochishga intilamiz. Dav-
latning mohiyati uning ijtimoiy hayotda bajaradigan vazifasini (ijtimoiy mu-
nosabatlarni boshqarish, ularni tartibga solish va boshqa muhim vazifalarini)
aniqlashni ham qamrab oladi.
Davlat murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lganligi bois, uning mohiyati va
ta’rifi xususida qadimdan turli-tuman mulohazalar bildirib kelinadi. Jumladan,
davlatning mohiyati haqidagi dastlabki tasavvur va qarashlar zardushtiylik
dinining muqaddas kitobi – «Avesto»da ham bayon etilgan. «Davlatmi? U
nima o‘zi?», – deydi Zardusht va o‘zi javob beradi: «Sovuq maxluqlar ichida
hammadan ham sovuqrog‘i davlat deb ataladi. U sovuq yolg‘onlar to‘qiydi. Uning
nomidan «Men davlatman, ya’ni xalqman» degan yolg‘on o‘rmalab yuradi»
2
.
Qadimgi rim faylasufi va siyosiy arbobi Mark Tulliy Sitseron (mil.av. 106–43-y.y.)
«davlat nima» degan savolga javob izlab, shunday deb yozgan: «Davlat – bu
umumiy huquqiy tartibotdir; davlat – bu xalq ishi, faoliyati, xalqqa taalluqli
ishdir». Alloma olim xalq deganda kishilarning har qanday jamoasini emas,
1
Qarang: Паршин А. Что такое государство? Научное исследование природы государства. –
СПб., 1907. – 17-bet.
2
Qarang: Fridriх Nitshe «Zardo‘sht tavallosi» / Tarj. I. G‘afurov. – T., 2007. – 43-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: