459
XXII bob.
Yuridik ixtilof
(kolliziya)
ong buzilishiga olib keladi. Shu bois avvalo ularga yo‘l qo‘ymaslik, doimo
ixtiloflarning oldini olish (profilaktika) choralarini ko‘rish lozim. Bordi-yu,
ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay, yuridik ixtiloflar yuz bersa, mavjud
mexanizmlar va tartib-taomillar yordamida darhol ularni bartaraf qilish cho-
ralarini ko‘rish zarur. Aks holda jamiyatda huquqiy loqaydlik, nigilizm,
madaniyatsizlik holatlari avj oladi.
Yuridik ixtiloflar nisbatan kengroq muammo hisoblanmish konfliktologi-
yaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi kunda ijtimoiy fanlarda, xususan,
siyosatshunoslikda jamiyatdagi ziddiyat va kelishmovchiliklarni yechishga xiz-
mat qiluvchi «mojarolar nazariyasi» degan ilmiy yo‘nalish shakllanmoqda. Xud-
di shunga o‘xshash huquqshunoslik sohasida
Do'stlaringiz bilan baham: |