39
II bob.
Davlat va huquqning
vujudga kеlishi
Davlat va huquq nazariyasi doirasida «jamiyat» fenomenini ilmiy o‘rganish
va tahlil etishning o‘ziga xos ma’nosi va ahamiyati bor. Birinchidan, qadim
jamiyatning paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi sabablari hamda qonuniyatlarini
ochish; ikkinchidan, hozirgi jamiyatning mohiyatini anglash, unda davlat va
huquqning o‘rnini hamda rolini belgilash, zamonaviy jamiyat taraqqiyotining
qonuniyatlari va tendensiyalarini ochishdan iborat. Masalan, qadimgi jamiyat
taraqqiyotida o‘zlashtiruvchi iqtisodiyotni va ne’mat yaratuvchi iqtisodiyotni
farqlash mumkin. Davlatli uyushgan dastlabki jamiyat va zamonaviy jamiyatlar
tahlilini industrial (sanoatlashgan) va postindustrial jamiyatlarga ajratib tahlil
etish mumkin. Postindustrial jamiyat – ijtimoiy taraqqiyotning yangi bosqichi.
U fuqarolik jamiyati, axborotlashgan jamiyat tushunchalari bilan hamoxang.
Ushbu ilmiy kategoriyalar mazmuni va xususiyatlarini keyingi boblarda bataf-
sil bayon etamiz.
Davlat va huquqning kelib chiqishi ma-
salasi yurisprudensiyaning o‘ta dolzarb, ayni
vaqtda, bahs-munozarali mavzusi bo‘lib hiso-
blanadi. Ular paydo bo‘lishining yalpi qonuni-
yatlari borasida olimlar o‘rtasida hamfikrlilik va yakdillik yo‘q. O‘z tabiatiga
ko‘ra, davlat va huquq ijtimoiy – tarixiy kategoriyalardir. Davlat va huquq
aynan jamiyat bag‘rida paydo bo‘lib, faqat jamiyat miqyosida faoliyat qilishi
bois ular – ijtimoiy xususiyatga ega bo‘ladi. Boshqacha aytganda, davlat va
huquq ijtimoiy taraqqiyotning mahsuli sifatida jamiyat hayotini boshqarish,
insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish missiyasini bajaradi.
Davlat va huquqning tarixiyligi shundaki, ular jamiyat evolyutsiyasining
muayyan tarixiy bosqichida, ya’ni tegishli shart-sharoitlar yetilgan vaziyatda
vujudga keladi. Insoniyat tarixida shunday davrlar bo‘lganki, unda davlat ham,
huquq ham bo‘lmagan. Demak, bundan quyidagi metodologik ahamiyatga mo-
lik xulosa chiqariladi: davlat va huquq jamiyatning doimiy mavjud bo‘lish ham-
da yashash sharti emas. Kishilar bir qancha minglab yillar mobaynida davlat
hokimiyatisiz va huquqiy tartibotsiz yashab kelganlar. Bu davr ibtijoiy jamoa
tuzumi davri bo‘lgan.
Davlat va huquqning kelib chiqishi sabablarini chuqur va atroflicha
anglab yetish uchun ular shakllangan makon-zaminni, ya’ni ibtidoiy jamiyat
tarixini o‘rganish, tahlil etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |