446
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Ma’lumki, qonunchilik murakkab, ko‘p tarmoqli tuzilma bo‘lib, unda turli
nomutanosiblik, nomuvofiqlik, har xillik, o‘zaro zid qoidalar, raqobatlashuvchi
normalar va institutlar mavjud. So‘nggi yillarda mamlakatimiz qonunchiligi
bozor munosabatlarini qaror toptirish yo‘nalishida rivojlanib, miqdor jihat-
dan o‘sib bormoqda. Bunda ijobiy siljishlar bilan bir qatorda islohot talablari-
dan, ijtimoiy jarayonlardan ortda qolish tendensiyalari ham kuzatilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev ta’kidlaganidek, «Tahlillar
shuni ko‘rsatmoqdaki, amaldagi qonunlarimizda bir-biriga zid o‘rinlar ham yo‘q
emas»
1
. Yana bir chiqishda davlat rahbari: «Afsuski, hozirgi kunda qonunlarning
islohotlar samarasiga ta’siri yetarlicha sezilmayapti. Ularning ijtimoiy munosa-
batlarni bevosita tartibga solishdagi roli pastligicha qolmoqda»
2
– dedi. Qonun-
larimiz o‘tish davri ruhini aks ettirib, muayyan nobarqarorlik kasb etmoqda,
ya’ni ular tez-tez o‘zgartirilib, to‘ldirilib, yangi tahrirda qayta qabul qilinib
kelmoqda. Davr talablaridan kelib chiqqan holda yuridik normalarning katta-
gina qismini tuzatish, yangi hayotiy voqeliklarga muvofiqlashtirish, xalqaro
standartlarga moslashtirish, samaradorligini oshirish, batartiblashtirish lozim-
ligi ayondir. Bundan tashqari, qonunchilikning umumiy tizimida turli dara-
jadagi va har xil ahamiyatli, turli yuridik kuchga hamda ijtimoiy yo‘nalishga
ega bo‘lgan hujjatlar amal qiladi, shuningdek
unifikatsiya (bir xillashtirish)
va
differensiatsiya (turkumlashtirish), birlashtirish va alohidalash jarayonlari
kechmoqda, vertikal va gorizontal aloqa va tendensiyalar birikib ketishi yuz
bermoqda. Shu nuqtayi nazardan xulosa qilganda, qonunchilik jo‘shqin, tig‘iz
rivojlanuvchi, ayni vaqtda, ziddiyatli va asimmetrik (nomutanosib) tizim sifa-
tida namoyon bo‘lishi ham mumkin.
Ijtimoiy hayotda ba’zan shunday vaziyatlar bo‘ladiki, ularni hal etish tar-
tibi bir vaqtning o‘zida bir necha normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan
bo‘ladi. Masalan, boquvchining vafot etganligi munosabati bilan zararni to‘lash
tartibi ayni vaqtda ham O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 192-mod-
dasida, ham O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 1009-moddasida
nazarda tutilgan. Ammo, ushbu moddalar masalani hal etishga bir xilda yon-
dashmagan. Fuqarolik kodeksining 1009-moddasining III qismiga muvofiq bo-
quvchining o‘limi munosabati bilan zarar: voyaga yetmaganlarga – o‘n sakkiz
yoshga to‘lgunga qadar; o‘n sakkiz yoshdan oshgan o‘quvchilarga – o‘quvning
kunduzgi shaklida o‘qishni tugatgunga qadar, biroq yigirma uch yoshdan
oshmaguncha to‘lanadi. Biroq, Mehnat kodeksining 192-moddasi V qismida
1
Mirziyoyеv Sh. Pаrlаmеntimiz hаqiqiy dеmоkrаtiya mаktаbigа аylаnishi, islоhоtlаrning tаshаbbuskоri
vа аsоsiy ijrоchisi bo‘lishi kеrаk // Хаlq so‘zi, 2017-yil 13-iyul.
2
Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq
fаrоvоnligining gаrоvi. – T.: «O‘zbekiston», 2017. – 8-bеt.
Do'stlaringiz bilan baham: |