konstitutsiyaviy qonuniylikdir. Maz-
kur hodisa (rejim) konstitutsiyaviy qonunchilikka qat’iy va og‘ishmay amal
qilinishining natijasidir. Mamlakatda vujudga keltirilgan konstitutsiyaviy qo-
nunchilik tizimi konstitutsiyaviy qonuniylikning yuridik asosini tashkil etadi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning normativlik darajasi hamda siyo-
siy-yuridik ahamiyati
konstitutsiyaviy qonunchilikni o‘rnatish xarakteri
va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning muhimligi bilan belgilanadi.
Konstitutsiyada mustahkamlangan prinsiplarning hammasi normativ tabiatga
ega bo‘lib, ular mavjud huquqiy tizim uchun, davlat idoralarining huquq ijod-
korlik va huquqni qo‘llash faoliyati uchun, fuqarolar, mansabdor shaxslar va
jamoat birlashmalari faoliyati uchun ustuvor, rahbariy ahamiyatga egadir.
Konstitutsiyaviy tartibga solishning umumiy-majburiy tabiatiga kelganda
shuni aytish kerakki, u eng oliy darajadagi majburiylikka ega va ijtimoiy-
huquqiy munosabatlarning barcha subyektlari uchun bajarilishi shart bo‘lgan
qat’iy talabdir.
Mamlakatimizda Konstitutsiyaga amal qilish majburiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |