Qonunchilik tizimining kompleks tuzilmalari huquqiy tartibga
solish obyektining xususiyati va davlat boshqaruvining mazmunidan kelib
chiqib shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimi o‘z ichki mantig‘iga ko‘ra,
quyidagi qonunchilik tuzilmalarini qamrab oladi.
Birinchisi – qonunchilik
sohalari bo‘lib, muayyan huquq sohasining predmeti hisoblangan ijtimoiy mu-
nosabatlarni tartibga soluvchi normalar yig‘indisidan iborat. Buning ma’nosi
shuki, qonunchilik tizimining ichki tuzilishi huquqiy tartibga solish obyekt-
lari, ya’ni ijtimoiy munosabatlarning mazmuniga ko‘ra tasniflanishidan kelib
chiqadi. Masalan, inson va davlat (uning ijroiya hokimiyat organlari
timsolida) o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish haqida so‘z yurit-
ganda, ma’muriy huquq qoidalari (normalari) amal qiladi, mulkiy munosabat-
larni tartibga solish haqida so‘z yuritganimizda esa, fuqarolik huquqi sohasiga
oid normalar amal qiladi va hokazo.
Ikkinchisi – qonunchilik sohasi ichidagi
yirik tuzilma, sohaviy ijtimoiy munosabatlarning muayyan turlarini tartibga
soluvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |