227
XI bob.
Huquq
ijodkorligi
Mazkur bosqichlarga alohida-alohida to‘xtalamiz.
Birinchi bosqich – qonunchilik tashabbusi. Qonunni yaratish ja-
rayoni, ya’ni qonun chiqaruvchi organ doirasidagi bevosita faoliyat qonunchilik
tashabbusi ro‘yobga chiqishidan boshlanadi.
Qonunchilik tashabbusi huquqi – Konstitutsiyada belgilangan vako-
latli organlar, tashkilotlar va shaxslar tomonidan muayyan qonun loyihasini
yoki yangi qonun qabul qilish to‘g‘risida, shuningdek qonunni o‘zgartirish
yoxud uni bekor qilish to‘g‘risidagi taklifning Oliy Majlis e’tiboriga taqdim
etilishi va parlament tomonidan bu masalani belgilangan tartibda ko‘rib
chiqish haqida tegishli qaror qabul qilishdir.
Mamlakatimiz Asosiy qonunida qonun chiqarish jarayonining alohida
bosqichi hisoblangan qonunchilik tashabbusi huquqi o‘zining yuridik ifodasini
topgan. E’tirof etish lozimki, qonunchilik tashabbusi Oliy Majlisda emas, balki
faqat Qonunchilik palatasida ro‘yobga chiqariladi.
Amaldagi qonunchilikka binoan qonunchilik tashabbusi huquqiga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik or-
gani orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazir-
lar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi,
Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi sub-
yektlari tomonidan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi-
ning Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi (Konstitutsiyaning
83-moddasi).
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘zining qonunchilik
tashabbusi huquqidan foydalanib, 2006-yilning 8-noyabrida Oliy Majlisning
Qonunchilik palatasiga «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokrat-
lashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning ro-
lini kuchaytirish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun loyihasini kiritdi
1
. Ushbu
qonun umumxalq muhokamasidan so‘ng qabul qilindi va 2007-yil 11-aprelda
imzolandi. Shuningdek, 2008-yil 12-noyabrda Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «saylov to‘g‘risidagi
qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika-
sining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun
loyihasi kiritildi. U shu yilning 19-noyabrida Qonunchilik palatasi tomonidan
qabul qilindi. 2008-yil 4-dekabrda Senat tomonidan ma’qullandi
2
.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
to‘g‘risidagi qonunning 27-moddasi «Qonunchilik tashabbusi» deb nomlanib,
1
Хalq so‘zi, 2006-yil 9-noyabr.
2
Хalq so‘zi, 2008-yil 5-dekabr.
Do'stlaringiz bilan baham: |