17
I bob.
Davlat va huquq
nazariyasining prеdmеti va mеtodi
Mazkur tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, davlat va huquq nazari-
yasi fani davlat va huquqni jamiyatning, ijtimoiy hayotning bir bo‘lagi, ya’ni
ijtimoiy mazmundagi muhim hodisalar sifatida o‘rganadi. Bu fan go‘yoki,
dav-
lat va
huquqni butun jamiyat hodisalari tizimidan
abstrakt tarzda ajratib olib,
ularning mazmun-mohiyatini, ichki qonuniyatlarini, amal qilish xususiyatlarini
tahlil qiladi. Shu bilan birga, davlat va huquq iqtisod, siyosat, axloq, madaniyat
kabi ijtimoiy hodisalar bilan uzviy aloqadorlikda o‘rganiladi. Bunda fanimiz
davlat va huquqning nafaqat iqtisod tomonidan belgilanishiga, balki davlat-
huquqiy hodisalarning iqtisodiyotga, ijtimoiy va ma’naviy hayotga faol ta’sir
etishga qodir omil ekanligiga ham e’tibor qaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: