174
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
tuzumi sharoitida shakllanishiga qaramasdan, erkinlik g‘oyasi atrofida musho-
hada yuritgan.
U davrda erkinlik, tom ma’nodagi erkinlik bo‘lmay, jamiyatning tabaqalarga
bo‘linishiga asoslangan erkinlik hisoblangan. Qadimgi Gretsiyada keyinchalik tari-
xiy shart-sharoitlarning o‘zgarishi bilan insonlarning qullar va ozod kishilarga
bo‘linishi tanqid qilinadi va rad etiladi. Erkinlik endi siyosiy-huquqiy emas, balki
ruhiy hodisa sifatida talqin etiladi. Shu asosda tabiiy huquq va tabiat qonunlari
bo‘yicha insonlarning tengligi va erkinligi e’lon qilinadi. Bir so‘z bilan aytganda,
qadimgi grek mutafakkirlari o‘z davrlari uchun ham va bugungi kun uchun ham
ilg‘or bo‘lgan yurisprudensiyaning yangi yo‘nalishiga asos solganlar.
O‘tmishdagi Rim huquqshunoslari davlat va huquq umumiy nazariyasi
hamda tarmoq huquqiy fanlar (fuqarolik huquqi, davlat va ma’muriy huquq,
jinoyat huquqi, xalqaro huquq) sohasida siyosiy-huquqiy muammolarning juda
keng majmuasini ishlab chiqqanlar. Ular o‘z zamondoshlari bo‘lgan grek muta-
fakkirlaridan farq qilgan holda, o‘zlari yashayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan
ijtimoiy, tarixiy va siyosiy-huquqiy borliqni nazariy tavsiflab berdilar. Huquqiy
adabiyotlarda to‘g‘ri ta’kidlab o‘tilganidek, Rim huquqshunoslari tevarak-
atrofdan ajralib qolgan «kabinet olimlari» bo‘lmay, ular ham nazariy, ham
amaliy faoliyat ko‘rsatganlar. Ular xalq orasida bo‘lib, hayotiy muammolarni
juda chuqur bilganlar. Huquqshunoslarning huquqiy munosabatlar tahlili ham-
da bergan xulosalari o‘zining chuqurligi, aniqligi, mantiqiyligi va ishonchga
sazovorligi bilan ajralib turgan
1
.
Mashhur Rim huquqshunosi Ulpian huquqni – (yustitia) haq, haqiqat,
ya’ni har kimga o‘ziga tegishli bo‘lgan huquqni berishga qaratilgan doimiy va
uzluksiz iroda sifatida tushuntiradi. Huquqiy adolatning umumiy tushuncha-
sidan, u quyidagi huquqiy qoidalarni keltirib chiqaradi: vijdonli (to‘g‘ri so‘z)
bo‘lish, boshqa kishiga zarar yetkazmaslik, har kimga o‘ziga tegishli bo‘lganini
berish. Shundan kelib chiqib, u yurisprudensiyani «ilohiy va insoniy ishlarni
anglash, adolat va adolatsizlikni bilish» sifatida tavsiflaydi
2
.
Shunday qilib, Qadimgi Gretsiyada yurisprudensiyaning falsafiy, tarixiy,
siyosiy negizlariga jiddiy e’tibor berilgan bo‘lsa, Rimda uning ilmiy-nazariy,
amaliy-texnikaviy qirralariga alohida urg‘u berilgan. Kishilik jamiyati hamda
uning ajralmas tarkibiy qismlari bo‘lgan huquq va davlatning keyingi rivoj-
lanishi, yurisprudensiyaning taraqqiyotiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. G‘arbiy
Yevropada bir necha asrlar hukm surgan diniy mutaassiblikning liberalizm
g‘oyalari bilan almashishi bunga turtki bo‘lib xizmat qildi.
1
Qarang: Дигесты Юстиниана. Избранные фрагменты в переводе с примечаниями И.С. Претор-
ского. – М., 1984. – 12-bet.
2
O‘sha joyda, 23-bet.