rajasiga bog‘liq ekanligiga asoslanadi. Sivilizatsiyaviy yondashuv sinfiy yon-
dashuvdan ancha keng. Ma’rifiy tipologiyada davlat sivilizatsiya mahsuli sifa-
81
III bob.
Davlat haqida
umumiy ta’limot
Bu yondashuvning ko‘zga ko‘ringan vakili A. Toynbidir. Uning fikricha,
sivilizatsiya – jamiyatning milliy, diniy, jug‘rofiy va boshqa belgilarining yax-
litligi bilan ajralib turadigan muayyan holatidir. Unga binoan, davlatlar xro-
nologik, genetik, jug‘rofiy, hududiy, diniy, iqtisodiy asoslar va hokazo mezon-
larga ko‘ra tiplarga ajratiladi.
Davlatlarni hududlarining hajmiga qarab katta, o‘rta va kichik davlatlarga
bo‘lish mumkin. Katta hududli davlatlarga Rossiya Federatsiyasi, AQSh, Xitoy,
Hindiston va Meksika kabi davlatlarni misol qilsak, o‘rta hajmli hududdagi dav-
latlarga O‘zbekiston, Fransiya, Germaniya, Ispaniya kabi davlatlarni olish mum-
kin. Kichik davlatlar qatoriga Kipr, Daniya, Vatikan kabi davlatlarni ko‘rsatish
mumkin. Davlatni izohlashga tarixiy nuqtayi nazardan yondashuv asosida ularni
qadimiy, o‘rta asr va hozirgi zamon davlat turlariga ajratsa bo‘ladi.
Qadimiy davlatlar Yevropada milodgacha IX-VII asrlarda mavjud bo‘lgan.
O‘rta Osiyo hududida ilk davlatlar sifatida dastlab Katta Xorazm, So‘g‘d, Qang‘
va Baqtriya davlatlari paydo bo‘lgan. O‘rta asrlarga O‘zbekiston hududida paydo
bo‘lgan va rivojlangan Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar va Ashtarxoniylar
davlatlari misol bo‘la oladi. Hozirgi zamon davlat turlari sifatida, ayni vaqt-
da, rivojlanayotgan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy kabi davlatlarni ta’kidlab
o‘tish mumkin.
Tarixiy va madaniy rivojlanishiga ko‘ra esa davlatlar dehqonchilik bi-
lan shug‘ullanuvchi (agrar) va sanoat bilan shug‘ullanuvchi (industrial) dav-
latlarga bo‘linadi. Agrar davlatlarning aksariyati Osiyo hududida joylashgan
bo‘lib, ushbu davlatlar xalqlarining turmush tarzi va hayot kechirish man-
bayi asosan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishga moslashgan. Sanoat bilan
shug‘ullanuvchi davlatlar sifatida ko‘proq Yaponiya, AQSh va Yevropa mam-
lakatlarini qayd etish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi sanoatlashgan agrar
davlat tipiga kiradi.
Ma’rifiylik tavsifiga ko‘ra, davlatlar – Sharq va Fapb tiplariga bo‘linadi.
Sharq davlatlariga Osiyo hududida joylashgan davlatlarni G‘arb davlatlariga –
Yevropa mintaqasi mamlakatlarini ko‘rsatish mumkin.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan
yillik yalpi ichki mahsulotning (YaIM) hajmi bo‘yicha yuksak darajada rivojlan-
gan (Shvetsiya, Shveysariya, Yaponiya, Amerika), o‘rta darajada rivojlangan
(Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston) va «qashshoq» (Efiopiya, Nigeriya, Kongo,
Somali) davlatlarga bo‘linadi.
Ma’rifiy tipologiyaning ijobiy jihatlari, birinchidan, ma’lum sharoitlarda-
gi madaniy omillar tipologiyaning asosiy mezoni qilib olinadi, ikkinchidan,
ma’naviy mezonlarning ko‘pligi, muayyan sivilizatsiyaning o‘ziga xos xususi-
yatlari tipologiyani aniq amalga oshirishga imkon beradi.
6–18-8