peryodat
bilan
oksidlanishga
-
gidroksikarbonil birikmalar,
-aminospirtlar,
-ketoaldegidlar va
-
diketonlar uchrashi mumkin. Har bir
-glikol guruhni oksidlash uchun
1 mol
sarflanadi. Birlamchi spirt guruhidan formaldegid; 1,2,3 -
triol guruhidan chumoli kislota hosil bo’ladi.
148
Reaksiya miqdoriy bo’lganligi uchun mono-, di-, polisaxaridlarni
aniqlashda keng qo’llaniladi.
-Glikol guruhlariga qo’rg’oshin
tetraatsetat ham ta’sir etadi. Peryodat bilan oksidlash suvli muhitda
olib borilsa, qo’rg’oshin tetraatsetat bilan esa sirka kislota, benzol va
xloroformda olib boriladi. Bu esa suvda erimaydigan birikmalarni
reaksiyaga kirishiga imkon beradi.
Gidroksil guruh reaksiyalari. Monosaxaridlar uchun gidroksil
tutuvchi birkmalarga xos barcha reaksiyalar tegishli bo’lib, ular oddiy
va murakkab efirlar, asetal va ketallar hosil qilib, o’rin olish va
ajralish reaksiyalariga kirishadilar. Gidroksil guruhlari bilan bir
qatorda karbonil guruhi bo’lganligi uchun bu reaksiyalarni ba’zi
birlari spirtlarnikiga nisbatan oson sodir bo’ladilar. Monosaxaridlar
organik va noorganik kislotalar bilan murakkab efirlar hosil qiladilar.
Murakkab efir guruhlari oson kiritiladilar va yo’qotiladilar, shuning
uchun uglevodlar sintezida himoya guruhlari sifatida ishlatiladilar.
Asetillash reaksiyalari keng ishlatiladi. Odatda asetillash piridindagi
sirka angidrid (sovutilganda) yoki natriy asetat (qizdirilganda)
ishtirokida amalga oshiriladi. Mo’l miqdordagi angidrid ishtirokida
to’liq asetatlar hosil bo’ladi. Atsillovchi agentni kerakli miqdori
piridinda alohida gidroksillar bo’yicha tanlab asetillangan hosilalar
olinadi. Birinchi navbatda birlamchi gidroksil guruhi (geksozalarda
C6), so’ngra C2, C3 dagi va oxirida C4 guruhlari ta’sirlashadilar. Atsil
guruhlarini yo’qotish uglevodni absalyut metanol bilan metall
alkogolyatlari yoki metilamin ishtirokida amalga oshiriladi. So’nggi
yillarda xloratsetil hosilasi keng qo’llanilmoqda. Uglevodlar
kimyosida sulfokislotalar efirlari, shu jumladan toluolsulfokislotalar
(tozilatlar)
va
metansulfokislotalar
(mezilatlar)
ham
keng
qo’llanilmoqda. Mezillash reaksiyalari barcha gidroksillar bo’yicha
amalga oshirilsa, oddiy sharoitlarda (sovutilganda piridin) tozillash
faqat C6 gidroksili bo’yicha sodir bo’ladi.
149
Dastlabki
monosaxaridlarni
regenerasiyalash
uchun
ularning
sulfonatlari Reney nikeli, litiy alyumogidrid ishtirokida gidrogenlab
amalga oshiriladi. Monosaxaridlarni oddiy efirlaridan eng ko’p
o’rganilganlari metil, benzil va trifenilmetil (tritil) efirlaridir.
Uglevodlarni metil efirlari oligo- va polisaxaridlarni tuzilishini
aniqlashda keng qo’llaniladilar. Demetillash reaksiyalari qiyinchilik
bilan sodir bo’ladi; eng yaxshi natijalar dixlormetandagi bor xlorid
ishtirokida amalga oshadi. Yarimasetal guruhi eng oson demetillanadi.
Benzil efirlari sintezlarda oraliq mahsulotlar sifatida qo’llaniladilar.
Benzillash reaksiyalari monosaxaridga dimetilformamidda benzil
bromid bilan kumush va bariy oksidlari, ishqor va natriy gidrid
ishtirokida amalga oshiriladi. Tritil efirlaridan birlamchi spirt
guruhlarini himoyalashda foydalanadilar. Trifenilguruhini hajmdor
bo’lganligidan ikkilamchi spirt guruhlari bilan reaksiyalari faqat
maxsus tanlangan sharoitlarda amalga oshiriladi. Tritil efirlari
monosaxaridlarni piridinda trifenilxlormetan bilan ta’siri natijasida
olinadilar. Tritil guruhini yo’qotish uchun kislotalar yoki palladiy
ustida katalitik gidrogenlashni amalga oshirish lozim. Bir vaqtni
o’zida ikki gidroksil guruhlarini himoyalash uchun monosaxaridlarni
alkiliden hosilalari qo’llanadi. Odatda bunday hosilalarni olishda
atseton yoki aldegid, ba’zi holatlarda asetaldegid va siklogeksanondan
foydalaniladi. Erkin monosaxaridlarni sulfat kislota yoki rux xlorid
ishtirokida aseton bilan kondensatlanishi natijasida izopropiliden yoki
aseton hosilalar hosil bo’ladi. Izopropiliden hosilalar yaxshi
o’rganilgan bo’lib, sharoitga ko’ra turli izomerlar hosil bo’ladi.
Izopropiliden va boshqa alkiliden himoya guruhlari yumshoq kislotali
150
kataliz sharoitlarida, masalan, suyultirilgan sirka kislotada oson
yo’qotiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |