Oqsillar birlamchi tuzilishini aniqlashdagi eng muhim
bosqich oksil molekulasini peptid fragmentlariga ajratishdir.
Oqsillar kimyosi keng miqyosdagi polipeptid zanjirni kimyoviy va
fermentativ parchalanish usullariga ega. U yoki bu usulni qo’llash
o’rganilayotgan oqsilni fizik - kimyoviy xususiyatlari va tadqiqotning
umumiy yo’nalish rejasiga bog’liqdir. Kimyoviy usullar yuqori
selektivlikka egadir, ammo ular odatda 50% unum bilan boradilar.
Shuning uchun bu usulni yirik fragmentlarni olishda ishlatish
ahamiyatga molik. Gidrolizning fermentli usullari imkoniyati kengdir,
chunki bunda ham yirik, ham kichik peptidlar olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |