@TDIU_ARM
76
oshirilmoqda.Turizm mahsulotlarini horijda tanitish maqsadida “Mega
-info-tur” –
tanishuv safarlari marketing loyihasi horijiy turistik kompaniyalar va ommaviy
axborot vakillari uchun amalga oshirilib kelinmoqda. Shu kabi safarlar turistik
mavsumlarning kengaytirish, vatanimizga keluvchi turistlarning oqimlari muddatini
optimallashtirish, hamda O‘zbekistonda har bir fasl turistlar uchun o‘ziga hos
bo‘lishini ko‘rsatib berishda muhim ro‘l o‘ynaydi.
Bundan tashqari O‘zbekistonning turistik salohiyatini qo‘llab-quvvatlashda
UNWTOning rahnamoligida o‘tadigan, Toshkentdagi xalqaro “Ipak yo‘lidagi turizm”
yarmarkasining ham ahamiyati juda katta. Bu yarmarkaning asosiy maqsadi turizm
sohasidagi o‘zbek hamda horij mutahassislarini birlashtirish, ular o‘rtasida
professional hamkorlikni yanada kengaytirishdan iborat. Bugungi kunga kelib bu
xalqaro yarmarka Markaziy Osiyodagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri sifatida nom
qozongan. Afsonaviy o‘tmishi, Ipak Yo‘lining tarixiy-muhandislik merosi,
tabiatining ajoyib manzaralari, avloddan-avlodga o‘tib keluvchi mahalliy
hunarmandchilik, xalqning mehmondo‘stligi va insoniy qadriyatlari bilan sayyohlarni
hayratga soluvchi, mahliyo qiluvchi shu bilan birga ularni hursand etuvchi
O‘
zbekiston barcha burchaklaridan kishilarni o‘ziga jalb etadi.
Amalga oshirilayotgan o‘zaro hamkorlik aloqalarining samarasi o‘laroq, “2017-
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilab berilgan ustuvor yo‘nalish va
vazifalarning mazmun-mohiyatini hududlarda targ‘ib etish, shuningdek, joylarda
amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishini o‘rganish maqsadida
Taraqqiyot strategiyasi markazi bilan hamkorlikda tashabbuskorlik asosida 2017
yilning yozgi ta’til davrida professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar uchun amaliy
loyiha ishlab chiqildi. Unda har bir hudud bo‘yicha professor-o‘qituvchi va ko‘ngilli
iqtidorli talabalardan iborat ijodiy ishchi guruhlar shakllantirildi.
Mazkur loyiha ta’lim va amaliy jarayonni bevosita uyg‘unlikda olib borish,
respublikamiz hududlarida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tarkibiy
qismlarining tahliliy davomi hisoblanadi. Bunda professor-o‘qituvchilar o‘quv-uslubiy
va ilmiy tadqiqot faoliyatlari uchun zarur bo‘ladigan tahliliy materiallarni to‘playdilar,
77
talabalar esa nazariy bilimlarini amaliyotda yuz berayotgan voqea-hodisa va jarayonlar
bilan mustahkamlashga muvaffaq bo‘ladilar.
Respublika hududlari kesimida Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor
yo‘nalishi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari”
bandida belgilangan chora-tadbirlarni hududlarda bajarilishini o‘rganish, mavjud
muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab
chiqish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: