«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

Allogenez –
  (yunoncha  «allos»  –  o‘zgacha,  boshqa,  «genesis»  – 
rivojlanish)  organizmlarda  tashqi  muhit  sharoitiga  moslanish  jarayonida 
yangi  belgi-xususiyatlar  asosida  xususiy  moslanish  (idioadaptatsiya)ni 
vujudga  keltira digan  evolutsion  yo‘nalish  sanaladi.  Bunday  moslanishlar 
har  bir  turga  mansub  individlarning  muayyan  yashash  muhitiga  moslanishi 
uchun birmuncha qulaylik tug‘diradi va biologik progressga sababchi bo‘ladi. 
Mazkur  o‘zgarishlar  organizmlarning  muayyan  ekologik  muhitiga  moslanish 
imkonini  berganligi  sababli  ekologik  differensiatsiya  ham  deyiladi.
Biologik  progress  ba’zan  organizm  tuzilishining  soddalashuvi  hisobiga 
ham  sodir  bo‘ladi.  Filogenezda  mazkur  yo‘nalish  katagenez  deb  ataladi. 
Katagenez
 – («kata» – tuban tomonga harakat, «genesis» – rivojlanish) –  
organizm tuzilishini umumiy soddalashuviga – umumiy degeneratsiyaga olib 


186
keladigan evolutsion yo‘nalish. Umumiy degeneratsiya, ya’ni morfofiziologik 
regress  –  organizm  faol  hayot  kechirishi  uchun  zarur  bo‘lgan  organlar 
sistemasining  soddalashuviga  yoki  yo‘qolishiga  olib  keladi.  Umumiy 
degeneratsiya biologik progressga yo‘llovchi yo‘nalish sifatida organizmlarning 
faol,  harakatchan  hayot  kechirishdan  passiv,  kamharakat  hayot  kechirishga 
o‘tishi  (parazit  va  o‘troq  hayot  kechirishi)  bilan  bog‘liq  holda  sodir  bo‘ladi. 
Umumiy  degeneratsiya  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotgan  organlarning  tabiiy 
ravishda  yo‘qolishiga  olib  keladi  va  shu  bilan  birga  organizmning  energiya 
zaxirasidan  kerakli  maqsadlarda  foydalanish  imkoniyatini  kengaytiradi. 
Umumiy  degeneratsiya  organizmlar  tuzilishini  soddalashtirsa  ham,  ularning 
serpushtligi  va  yashash  muhitiga  moslashganligi  sababli  ko‘p  sonli  bo‘lishi, 
arealining  kengayishi,  yangi  sistematik  guruhlarning  paydo  bo‘lishiga,  ya’ni 
biologik  progessga  olib  keladi. 

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish