Dengiz ekosistemalariga
ochiq dengizlar (okean), kontinental shelflar,
ko‘rfazlar, bo‘g‘ozlar, daryolarning quyilish joylari (limanlar) kiradi. Dengiz
ekosistemalari Yer sharining 70% ini egallaydi. Dengizlarning eng chuqur
nuqtalarida ham hayot mavjud. Dengizlar va okeanlarda suvning doimiy
aylanishi kuzatiladi, dengiz ekosistemalarida to‘lqinlar vujudga keladi.
Dengiz suvining sho‘rlanish dara jasi juda yuqori (30% gacha), shu sababli
dengizda yashovchi organizmlarda suv yo‘qotilishiga qarshi bir qancha
mosla nishlar vujudga kelgan. Dengizlarda plankton, nekton va bentos
organizmlar yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |