10
SO’ZBOSHI
O’zbekistonning dunyo axborot maydoni va makonidagi integratsiyalangan
mavqei yildan yilga yuqori pog’onalarga ko’tarilmoqda.
Mamlakat Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2018 yil yakuni bo’yicha 28 dekabr
kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Raqamli iqtisodiyot asosida
iqtisodiyotning barcha turlarini yangilashni ko’zda tutuvchi, raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishning milliy kontseptsiyasini ishlab chiqishimiz va shu asosda
“Raqamli O’zbekiston-2030” dasturini joriy etishimiz lozim deb, bu sohadagi
asosiy vazifalarni belgilab berdi. Aytib o’tish joizki raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish, iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalarini, biometrik,
konvergent, nano va hujayra texnologiyalari hamda blokcheyn, kriptovalyuta va
kognitiv texnologiyalarni iqtisodiyotni samaradorligini uning raqobatbardoshligini
oshirishda
muvaffaqiyat
bilan
qo’llashni
taqozo
qiladi.
Fikrimcha
O’zbekiston yaqin yillar ichida axbort-kommunikatsiya va internet tizimlari va
texnologiyalari borasida rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishiga aminman.
Buning isboti sifatida oxirgi 3 yilda soha bo’yicha amalga oshirilayotgan me’yoriy
huquqiy asoslarni hamda o’tkazilayotgan keng qamrovli chuqur islohotlarni
keltirmoqchiman. “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” deb
nomlangan ushbu darslik yuqorida qayd etib o’tilgan texnologiyalarning birinchisi
bo’lib, uni chuqur o’rganmasdan, keyingi texnologiyalarni o’zlashtirish juda qiyin
bo’ladi. O’zbekiston Oliy ta’lim muassasalari uchun shu nomda hamkorlikdagi
darslik yozish rejasi 2016 yilning 25-noyabrida M.V.Lomonosov nomidagi
Moskva Davlat Universitetida bo’lib o’tgan “Zamonaviy axborot texnologiyalari
va ta’limda axborot texnologiyalari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda
akademik S.S.G’ulomov, iqtisod fanlari doktori, professor A.T.Kenjabaev, iqtisod
fanlari nomzodi dotsent Yo.S.Ilxamovalar ishtirokida Moskva tomonidan
M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti “Hisoblash matematikasi
va kibernetika fakulteti dekani Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi
U.I.Moiseev, shu universitet akademigi A.A.Akaev, “Iqtisodiy informatika”
11
kafedrasi mudiri, professor M.I.Lugachev hamda Rossiya Federatsiyasi Dumasi
deputati, Davlat Dumasining Axborot siyosati, axborot texnologiyalari va aloqa
masalalari bo’yicha Qo’mitasi muovini V.A.Krupennikovlar o’zaro kelishib
olingandi.
Ushbu darslik shu nomda birinchi marta chop etilayotganligi munosabati
bilan ba’zi bir kamchiliklarga ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun uni aprobatsiya
qilish jarayonida ko’rsatilgan kamchiliklarga biz mualliflar jamoasi chuqur
minnatdorchilik bildiramiz va keyingi qayta nashrlarida ularning barchasini
inobatga olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: