ququmаt idоrаlаrining rеspublikа qukumаti vа mаqаlliy ququmаtlаrgа bo’linishi
340
аsоsidа kеlib chiqаdi.
Ayni paytda bizda xam soliq to’lovlarini elektron tarzda topshirish amaliyoti
ommalashib
bormoqda.
Soliq
ma’muriyatchiligining
samaradorligini
yuksaltirishda soliq muassasalarini zamonaviy axborat vositalari bilan jihozlashgan
alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa soliqqa oid axborotlarni yig’ish va qayta
ishlashda tezkorlik va samaradorlikni oshirish imkonini beryapdi. Shuningdek,
axborot texnologiyalaridan keng foydalanish biznes uchun ham, davlat uchun ham
chiqimlarni kamaytirib, soliq jarayoning yanada oshkora bo’lishini ta’minlamoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil
3 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi soliq orginlari ma’lumotlarni ishlash
yagona kompyuter tizimini yaratish to’g’risida”gi qarori bilan soliq xizmati
orginlarini kompyuterlashtirish vazifasi belgilangan bo’lsa, 1995 yil 14
sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi soliq organlari moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash va xodimlarning ijtimoiy himoyalanishini kuchaytirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan Davlat soliq ko’mitasi tasarufida “Yangi
texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” tashqil etildi. Markazning asosiy
vazifalaridan biri bu soliq xizmati organlari uchun dasturiy mahsulotlar ishlab
chiqish va ma’lumotlarga ishlov beradigan yagona kompyuter tizimini yaratishdan
iboratdir. Ayni paytda mazkur markaz tomonidan BMT rivojlanish Dasturi
moliyaviy ko’magi asosida “Soliq to’lovchilarning soliq hisob-kitoblarini qabul
qilish va qayta ishlash hamda davlat soliq xizmati muassalarida statistika
hisobotlarini shakllantirish” majmuaviy dasturi hayyotga tatbiq etilmoqda.
Dasturning pilot loyihasi 2006 yilning ikkinchi chorag’idan yo’lga qo’yildi.
Bugungi kunda Toshkent shahridagi qariyb 16000 dan ortiq yuridik shaxs
mazkur loyihaning foydalanuvchilari hisoblanadi. Ya’ni, ular mamlakatimizda
birinchilardan bo’lib soliq ma’lumotlarini ish joylarining o’zidan elektron tarzda
topshirmoqdalar. Bu esa soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishni
soddalashtirish hamda ushbu jarayonga sub’ektiv omillarning ta’sirini
kamaytirish imkonini bermoqda.
Mamlakatimizda asosiy e’tibor bozor islohotlarini chukurlantirish,
341
iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk xuquqini himoya qilishni mustahkamlash,
kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmat ko’rsatish sohasi ko’lamini
kengaytirish va sifat darajasini yaxshilashga qaratilgan. Bugungi kunda respublika
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini boshqarish ishlarini muvofiqlashtirishda
soliq ob’ektlari va soliq to’lovchi sub’ektlarni to’liq ro’yxatga olish, barcha
turdagi soliqlar va yig’imlar hisob-kitobining haqqoniy ma’lumotlar asosida
yuritilishini ta’minlash, soliq to’lovi
jarayonlarini soddalashtirish soliq
qonunchiligi buzulishining oldini olish, soliq va tushumlarning yig’uvchanligini
oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu, o’z navbatida, sohada axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish va ularni boshqarishni
to’g’ri tashkil etish, shu asosda soliq yukini aniqlashning ilmiy asoslangan va har
tomonlama samarali bo’lgan usullarini ishlab chiqish hamda davlat soliq idoralari
tomonidan o’rnatilgan nazorat ishlarini imkon qadar mukammallashtirishni talab
qiladi.
Soliq xizmati organlarida keyingi o’n yillik davrda soliq to’lovchi jismoniy
va yurik shaxslarni soliq idoralarida ro’yxatga olish, hisobini yuritish va
ma’lumotlarga avtomat ishlov beradigan yagona axborot – hisobga olish tizimi
yaratildi.
Soliq idoralarida har bir soliq to’lovchi uchun elektron hisob varaqalari
ochilgan va unda soliq to’lovchilar to’g’risida ma’lumotlar jamlanib, ular asosida
ma’lumotlar bazasi tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyundagi “Tadbirkorlik
sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni
noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to’g’risida”gi Vazirlar
Mahkamasining 2005 yil 26 sentyabrdagi “Elektron raqamli imzodan foydalanish
sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to’g’risida”gi qarorlarining
qabul qilinishi
davlat soliq xizmati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish va uni yanada takomillashtirish uchun juda katta yo’l
ochib berdi. Ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat soliq ko’mitasi
rahbariyati tomonidan birinchi navbatda soliq to’lovchi su’bektlar uchun qulay
342
shart-sharoitlar yaratish, jumladan, moliya va soliq hisobotlarini elektron raqamli
imzodan foydalangan holda internet tarmog’i orqali uzatish va o’zlari haqida
kerakli ma’lumotlarni olish kabi bir qator amaliy ishlar bajariladi.
Bugungi kunda soliq xizmati organlarida soliq to’lovchi yuridik shaxslardan
moliyaviy va soliq hisobotlarni internet tarmog’i orqali qabul qilish tizimi ishga
tushirilgan. Tizimning ishlash tamoyili sodda bo’lib, hisobotlarni elektron shaklda
topshirish uchun elektron raqamli imzodan foydalaniladi.
Tizimda soliq organlariga taqdim etiladigan soliq va moliyaviy hisobotlarga
qo’yilgan elektron raqamli imzoning maxsus dasturiy ta’minot yordamida
haqqoniyligi tekshirib ko’riladi va tasdig’ini topgandan so’ng ma’lumotlar
sub’ektlarning shaxsiy hisob varaqalariga kiritiladi, aks holda hisobotlar qabul
qilinmaydi va korxonaga bu haqda ma’lumot yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: