kompaniyalari borgan sari talabchan mijozlar bilan muvaffaqiyatli muloqot
qilish imkonini beradigan asosiy omil hisoblanadi. Iste'molchilar, texnologik
yangilik yaxshi tushunish , faol xizmat va sug'urtachilar tegishli texnologik
Sug‘urta kompaniyasi axborot tizimi virtual ofis va kompaniya veb sayti
orqali ishlovchi virtual sug‘urta agentlarini o‘z ichiga olgan hamda tashqi axborot
tizimlari bilan integratsiya qilish imkoniyati mavjud avtomatlashtirilgan axborot
tizimi shaklida qo’llaniladi (4.4.3-rasm). Ushbu axborot tizimida kompaniya
platformaga joylashtirildi va kompaniya veb sayti hamda mobil ilovasi bilan o ‘zaro
axborot almashishni yo‘lga qo‘yish uchun optimallashtirilgan ma’lumotlar bazasi
rasmiylashtirish uchun qo‘llaniladigan hujjatlar shakllarining sezilarli miqdori
bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lmoqda. Bu hujjatlar qo‘lda yoki texnik vositalardan
330
foydalangan holda to‘ldiriladigan hujjat shakllari an’anaviy ko‘rinishga ega bo‘lib,
birlamchi hujjatlarning axborotlari mashina tashuvchisida yig‘ilishi va ro‘yxatdan
o‘tkazilishi talab etilmoqda.
Ma’lumotlarni yig‘ish va ro‘yxatdan o‘tkazish bosqichi birlamchi
hujjatlarning sug‘urta kompaniyasi bo‘linmalari va xizmatlaridagi hujjatlarda
ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda mashina tashuvchilarida birlamchi ma’lumotlarni
tayyorlashni ta’minlaydi.
Axborotlarni yig‘ish va ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘p mehnat talab qiluvchi
bosqich bo‘lib, MBning sifat darajasiga ta’sir etadi va sug‘urta kompaniyasi
axborot tizimining o‘tkazish qobiliyati ana shu bosqichning mahsuldorligiga
bog‘liq bo‘ladi. Bunda asosiy muammo mashina tashuvchilariga har qanday
ATning asosi bo‘lgan katta miqdordagi meyoriy- ma’lumotli axborotlar,
shuningdek birlamchi hujjatlardagi ma’lumotlarning o‘tkazilishi hisoblanadi. Bu
katta mehnat xarajatlarini va axborotlarning past sifatini ta’minlaydi hamda
foydalanuvchilarning qaytadan o‘qitilishini talab etadi.
Hozirgi vaqtda axborot jommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning
rivojlanishi va iqtisodiyot tarmoqlariga jadallik bilan kirib borishi sug‘urta
kompaniyalari sug‘urta polislarini tuzishda an’anaviy usul, ya’ni sug‘urta
agentlaridan foydalanish bilan birga elektron shakldagi AKT vositalaridan
foydalanish imkoniyatini bermoqda. Sug‘urta faoliyatini yanada rivojlantirish
uchun, avvalo, innovatsion texnologiyalarga asoslangan elektron sug‘urta
polislarini sug‘urta tizimiga joriy etish yo’lga qo’yilgan. Chunki elektron sug‘urta
polisini joriy etish orqali sug‘urtalash jarayyoni kompleks
avtomatlashtiriladi, sug‘urtalanuvchining sug‘urtalash jarayyonlariga sarflanuvchi
vaqti tejaladi.
Elektron sug‘urta polisini shakllantirish jarayonlari 4-rasmda tasvirlangan.
Undan ko‘rinib turibdiki, barcha ishlar avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi
va mijoz polisni olish uchun kompaniyaga borishi yoki sug‘urta agentini chaqirishi
shart emas. Mijoz sug‘urta kompaniyasi veb saytidagi shaxsiy xona orqali sug‘urta
mahsulotini tanlaydi va elektron sug‘urta polisi uchun buyurtma beradi. Shundan
331
so‘ng sug‘urta kompaniyasi axborot tizimi tomonidan barcha ma’lumotlar to‘g‘ri
ekanligi tekshiriladi va mijozdan elektron to‘lov tizimlari orqali sug‘urta
mukofotini qabul qilib olgach, sug‘urta mukofoti to‘langanligi hamda yangi
elektron sug‘urta polisi tuzilganligi haqida tegishli bo‘limlarga va mijozga SMS
yoi e-pochta orqali xabar yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: