O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Biznes  samaradorlikni  boshqarish  (BPM)



Download 8,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/428
Sana25.06.2021
Hajmi8,25 Mb.
#101538
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   428
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot komplekslari

Biznes  samaradorlikni  boshqarish  (BPM).Zamonaviy  biznesga  natijaviy 

mahsulotni  yaratish  imkonini  beruvchi  turli  operatsiyalar  to‘plami  zarur  bo‘ladi. 

Bunday  operatsiyalar  majmuasining  aniq  bir  ketma-ketlik  asosida  bajarilishi,  o‘z 

navbatida,  biznes-jarayonni  tashkil  etadi.  Bu  atama  orqali  miqdoriy  o‘lchash 

mumkin bo‘lgan bir qator aniq masalalarni echish zarurati tushuniladi.  

Bu  masalalarni  echish  asosiy  maqsadi avvaldan rejalashtirilgan  natijaga o‘z 

vaqtida  erishish  bo‘lgan  xodimlar  hamda  tizimlarning  o‘zaro  aloqadorligida 

amalga oshiradi.  

Yangi  hisob  ochish,  xizmat  safarini  rejalashtirish,  shartnomalarni  kelishib 

olish va hujjatlashtirish, salohiyatli mijoz\xaridorga  buyurtma summasini hisoblab 

berish,  byudjetlashtirish,  smeta  tuzish,  ishlab  chiqarish  buyurtmalarini  bajarish, 

xizmatlar, tovarlarni yuklash  – bularning barchasi biznes-jarayonlarga  misol bo‘la 

oladi.  

Biznes-jarayonlarni  joriy  etish  -  bajarilayotgan  harakatlarning  qat’iy 

nazorati,  boshqariluvchanlik  va  ijro  mahsuldorligi  hamda  tezligini  oshirishni 

ta’minlashga imkon beruvchi texnologik echimdir. 

Kompyuter  erasining  boshlanishi  biznes-jarayonlarni  takomillashtirish 

yo‘nalishlarini  smarali  rivojlantirish  imkonini  berdi.  Dastlabki  davrda  tashkilot 



resurslarini  rejalashtirishga  alohida  e’tibor  qaratildi.  Biznes-jarayonlarni 

boshqarish ishlab chiqarish, logistika, sotib olish, buxgalteriya kabi sohalarda keng 

ko‘lamda  qo‘llanila  boshlandi,  bevosita  savdo  va  marketing  sohalarini 

avtomatlashtirish ishlari olib borildi.  

Keyingi  navbatda etkazib beruvchi va mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni 

boshqarishda  avtomatlashtirilgan  tizimlar  joriy  etila  boshlandi.  Hozirgi  kunda 

biznes-jarayonlarini  boshqarish  (BPM)  va  kompaniyaning  barcha  (yoki  qisman, 

asosiy)  biznes-jarayonlarini  boshqarishni  avtomatlashtirishga  imkon  beruvchi 

kompyuter tizimlari faol joriy etilayotganligini kuzatish mumkin.  

BPM tizimlari samaradorligini ahamiyatli darajada oshirish mumkin bo‘lgan 




286 

 

tarmoqlarda  joriy  etiladi.  Ba’zi  bir  jarayonlar  tashkilotning  bir  nechta 



bo‘linmalarini  o‘z  ichiga  olishi  mumkin,  ba’zilari  esa  kompaniyaning  yetkazib 

beruvchilar,  biznes  hamkorlar,  mijozlar  bilan  o‘zaro  munosabatlari  natijasida 

paydo bo‘ladi. 

Mehnat  unumdorligini  oshirishda  xodimlarni  yollashdan  buyurtmalarga 

ishlov  berishgacha  boʻlgan  biznes-jarayonlar  o‘ta  muhim  hisoblanadi.  BPM 

biznes-jarayonlarni  avtomatlashtiradi  hamda  tartibga  soladi,    faoliyatni  samarali 

bajarilishi  va  mahsuldorlikka  erishish  uchun  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  qayta 

qurish, boshqarish va nazorat qilishni osonlashtiradi.  

BPMdan  samarali  foydalanish  uchun  korxonalar  jarayon  natijalariga  

e’tiborini  jalb  qilishi  va  ishlab  chiqarish  oqimlarini  jarayonning  rejalashtirilgan 

natijalarini  e’tiborga  olgan  holda  olib  borishi  kerak.  Inson  va  kompyuter 

tomonidan bajarilayotgan masalalar bir-biridan farq qilmasligi kerak.  BPM  tizimi 

ob’ektlar,  masala  va  joyi  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqani  e’tiborga  oladi  hamda  ularni 

texnologik jarayonga moslashtiradi.  




Download 8,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   428




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish