kompaniya ichki va tashqi faoliyatini optimallashtirish va avtomatlashtirish uchun
rejalashtirish, tayyorlash, ro‘yxatga olish va nazorat kabi jarayonlarni
263
Control Society) mos holda ikki xil talqin bilan qo‘llanilishi mumkin.
Birinchidan (keng ma’noda), bu – savdo, ishlab chiqarish va xaridlar, ishlab
chiqarish sohasida mijoz buyurtmalari bajarishda ro‘yxatga olish, xizmat
ko‘rsatishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan korxona barcha resurslarini
samarali rejalashtirish va boshqarish uslubiyotidir.
Ikkinchidan, savdo, ishlab chiqarish va xaridlar, mijoz buyurtmalarini
bajarilish jarayonlarini ro‘yxatga olishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
korxona barcha resurslarini samarali rejalashtirish va identifikatsiya qilis h axborot
tizimidir.
ERP tizimda asosiy atama Enterprise – Korxona, shundan so‘ng –
resurslarni rejalashtirish keladi. ERP tizimlarni qo‘llashdan asosiy maqsad
kompaniyaning barcha funksiya va bo‘linmalarini alohida bo‘limlarning xususiy
zaruriyatlariga xizmat qiluvchi yagona kompyuter tizimiga birlashtirishdir.
ERP-tizimlar – bu tadbirkorlik operatsiyalariga ishlov berish va majmuaviy
hamda tezkor (aniq vaqt lahzasiga) rejalashtirish, ishlab chiqarish, mijozlarga
xizmat ko‘rsatishda hamkorlik qilish uchun yaratilgan kompyuter tizimidir.
Kompaniya ERP tizimlarida mijozga “tashqi olam elementi” sifatida qaraladi va
ahamiyatli ta’sir kuchiga ega bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, ERP –tizimlar ichki
biznes-jarayonlarni optimallashtirish hisobiga raqobat ustuligiga erishishga
yo‘naltiriladi. ERP-tizimlar quyidagi tasniflarga ega bo‘ladi:
– an’anaviy va internet-texnologiyalarga asoslangan mijoz-server muhiti
uchun tayyor dasturiy ta’minot – majmua;
– bu tizim ko‘plab yuiznes-jarayonlarni birlashtiradi;
– u yordamida tashkilot tadbirkorlik operatsiyalarining katta qismiga ishlov
beriladi;
– bunday tizimlar tashkilotning barcha ma’lumotlar bazasidan foydalanadi,
ma’lumotlarni har bir namunaviy nusxasi, odatda, bir marta kiritiladi va saqlab
qolinadi;
– bu tizimlar ma’lumotlarga joriy lahza tartibida kirishni ta’minlaydi;
– ayrim hollarda tizim ma’lumotlari tadbirkorlik operatsiyalariga ishlov
264
berish va rejalashtirish bo‘yicha ishlarni birlashtirishga imkon beradi (masalan,
ishlab chiqarishni rejalashtirish).
Bundan tashqari, ko‘p hollarda ERP-tizimlar:
– bir necha valyuta va tillarni quvvatlash (bu transnatsional kompaniyalar
uchun o‘ta muhim);
– aniq tarmoqlarni quvvatlash (masalan, neft va gaz tarmoqlari, sog‘liqni
saqlash, kimyoviy sanoat va bank ishi kabi ko‘plab tarmoqlarni quvvatlaydi;
– qayta dasturlashtirilmasdan sozlanishlarga xususiyatliligi.
ERP-tizimlarni joriy etish va foydalanishdagi ustunliklarni ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: