3.2.1-rasm. Billing tizimiga kirish oynasi
182
Tizim uch tillik bo‘lib o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi. Login-parol
orqali kiriladi. Endi «TBilling» tizimi bilan ishlashning axborot modelini ko‘rib
chiqaylik:
3.2.2-rasm. «TBilling» tizimi bilan ishlashning axborot modeli
3.2.2-rasmdan ko’rinib turibdiki “TBilling” tizimini asosiy beshta qismga
ajratsak bo’ladi. Bularga quyidagilar kiradi:
1) Boshqaruv samaradorligini oshirish va hisobotlarni o‘z vaqtida sifatli
olishni takomillashtirish maqsadida yaratilgan mazkur tizimdan korporativ tarmoq
orqali barcha filiallar foydalanadi. Tizim «O‘zbektelekom» AK filiallari va
korxonalarining sotuv ofislarida, abonentlar bilan ishlash bo‘limlarida, hisob-kitob
bo‘limlarida foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, tizimdan kassirlar, texnik hisob
olib boruvchi guruhlar, texnologlar va boshqalar foydalanishlari mumkin.
2) Abonentlar — operatorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki «Call-sentr»
183
xizmati orqali bog‘lanadi.
3) Har bir filiallarda faoliyat ko‘rsatayotgan operatorlar o‘sha hududda
istiqomad qiluvchi abonentlarga xizmat ko‘rsatadi. Xizmat ko‘rsatish jarayoni
bevosita «TBilling» tizimi orqali bajariladi.
4) Barcha filiallar korporativ tarmoq orqali «TBilling» tizimidan foydala -
nishi esa yagona axborot fazosini tashkil qilishini ta’minlaydi.
5) Natijada, yagona ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lib, mazkur ma’lumotlar
bazasidan olingan hisobotlar «O‘zbektelekom» AKga taqdim etiladi.
Abonentlarga xizmat ko‘rsatishning yagona korporativ tizimini yuritish,
ma’lumotlarni jamlash va uzatish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri
bo‘lib, bunda aholiga ko‘rsatilayotgan telefoniya xizmatlari uchun to‘lovlarni
ko‘rish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, «O‘zbektelekom» AK «TBilling» ti-
zimidagi hisobotlar yordamida telefoniya xizmatlari to‘g‘risidagi barcha zaruriy
ma’lumotlarni olishi, filiallar va korxonalarining sotuv ofislari, abonentlar bilan
ishlash bo‘limlari, hisob-kitob bo‘limlari bilan masofaviy ishlash, ma’lumotlar
almashish, boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Respublikamizda yuqori texnologiyalar asosidagi xizmatlarni rivojlantirish
ustuvor vazifalardan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti I.A. Karimov xizmatlarning ushbu turlariga katta e’tiborni qaratib,
quyidagilarni ta’kidlagan edilar: “So‘nggi besh yilda an’anaviy maishiy va
kommunal xizmatlar ulushi 16 foizdan 9,5 foizga tushdi, yuqori texnologiyalar
asosidagi xizmatlar ulushi esa 21,2 foizga qadar ko‘tarildi.
Yuqori texnologiyalarga asoslangan xizmatlar orasida keyingi yillarda
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari boshqa sohalarga nisbatan jadal
rivojlanayotganini alohida ta’kidlash joiz. Ushbu xizmatlar hajmi so‘nggi besh
yilda 3,3 barobar, o‘tgan yili esa 24,5 foizga o‘sdi”
11
.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari tizimida telefon aloqa xizmatlari
11
O‘zbekiston Respublikasin ing Birinchi Prezidenti Islo m Karimovning mamlakatimizni 2014 y ilda ijtimo iy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 y ilga mo ‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ru zasi. //Xalq so‘zi, 2015 yil 17 yanvar,
11-son.
184
alohida o‘rin tutadi. Mazkur xizmat turining respublikamizda jadal rivojlanishi
negizida turli omillar yotadi. Ularning asosiylari sirasiga quyidagilarni kiritish
mumkin.
Birinchidan, telefon aloqa xizmatlari kishilar va xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar uchun ularning tezkor axborotlarga talabini qondirishning eng muhim va
asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Telefon orqali uzatilgan va olingan axborotlar
tezkor boshqaruv qarorlari va tegishli chora- tadbirlarni qabul qilish imkonini
beradi. Boshqacha aytganda, aloqa va axborotlashtirish vositasi sifatida telefon
xizmatlarining kishilar va korxonalar uzog‘ini yaqin qilish, og‘irini engil qilishdagi
o‘rni hamda ahamiyati shak-shubhasizdir.
Ikkinchidan, hozirgi axborotlashtirish zamonida aholi hamda boshqaruv va
xo‘jalik organlarining telefon aloqa xizmatlariga talabi kun sayin oshib bormoqda.
Telefon aloqa xizmatlariga talabni to‘liq qondirilishi dunyo mamlakatlari,
chunonchi respublikamiz oldida turgan xalq farovonligini ta’minlash, kishilar
hayot darajasi va sifatini oshirishdek ulug‘ maqsadga qay darajada
erishilayotganlikni ifodalovchi muhim indikatorlardan (ko‘rsatkichlardan) biridir.
Uchinchidan, yuqori texnologiyalarga asoslangan telefon aloqa xizmatlariga
talab oshishi bilan, mos ravishda, ushbu xizmatlardan foydalanuvchilar hamda
ularni taklif etuvchi, ya’ni ko‘rsatuvchi sub’ektlar soni ham respublikamizda
borgan sari ko‘paymoqda. CHunonchi, birgina 2014 yilda 500 dan ortiq yangi
bazaviy mobil aloqa stansiyalari o‘rnatilishi hisobidan aloqaning ushbu zamonaviy,
yuqori texnologiyalarga asoslangan tizimi abonentlari soni qariyb 20 million
kishini tashkil etdi, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi qariyb 26 foizga
ko‘paydi
12
.
To‘rtinchidan,respublikamizda telefon xizmatlarining muhim ahamiyatga
molikligi tufayli ularni istiqbolli rivojlantirishga davlat dasturlarida alohida
urg‘u erilgan. Respublikamiz Vazirlar mahkamasi tomonidan 2016 yil 26
12
O‘zbekiston Respublikasin ing Birinchi Pre zidenti Islo m Karimovning ma mlakat imizni 2014 y ilda ijt imo iy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 y ilga mo ‘lja llangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Va zirlar Mahka masining majlisidagi ma’ru zasi. //Xalq so‘zi, 2015 yil 17 yanvar,
11-son.
185
fevralda qabul qilingan 55-son qarori asosida
tasdiqlangan “2016-2020 yillarda
xizmatlar
sohasini rivojlantirish dasturi”ga
muvofiq
aloqa
va
axborotlashtirish xizmatlarining YAIMdagi ulushini 2020 yilga kelib, 2,5
%gacha oshirish, mobil aloqasidan foydalanuvchilar sonini 27 million kishiga
etkazish rejalashtirilgan
13
.
Davlat dasturida nazarda tutilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining
yaratiladigan YAIMdagi ulushi ortishi
asosan
aholini
telekommunikatsiya
tarmoqlariga ulanish texnik imkoniyatlari ta’minlanishi, shu asosda ularga sifatli
xizmatlarni ko‘rsatish, to‘liq raqamli telefon aloqasi va televidenie tizimiga o‘tish
evaziga ta’minlanadi.
Beshinchidan, telefon aloqa xizmatlari boshqa xizmat turlariga nisbatan
kam xarajatli, mos ravishda, ular ko‘p foyda keltiruvchi, ya’ni yuqori rentabelli
biznes turi hisoblanadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan va boshqa omillar telefon aloqa xizmatlarini
kelajagi parloq bo‘lgan xizmat turlaridan biri ekanligidan, bu xizmat turi bilan
shug‘ullanuvchi sub’ektlarni kelajakda yanada ravnaq topishi muqarrar bo‘lgan
iqtisodiy birliklar ekanligidan darak beradi.
Telefon aloqa xizmatlari boshqa xizmat turlaridan turli xususiyatlari bilan
farqlanadi. Ushbu xizmatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, chunonchi quyidagilar
hisoblanadi:
xizmatlarning moddiy ko‘rinishga ega emasligi;
ko‘p sonli ovoz va signallarni payoni yo‘q masofalarga parallel ravishda sim
orqali va simsiz uzatilishi;
suhbatlar va so‘zlashuvlarni rasmsiz va rasmli amalga oshirilishi;
mijozlarga xizmatlarni real vaqt rejimida, turli aksiyalar va chegirmalarni
qo‘llash asosida ko‘rsatish;
mijozlarga turli-tuman interfaol xizmatlarni taqdim etish;
ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida mijozlarga vaqt sarfi, tarifi, qiymati,
13
«O programme razvitiya sferы uslug na 2016 — 2020 godы». Postanovlenie KabMina R.Uz za № 55 ot 26
fevralya 2016 goda.
186
abonent schyotida pul mablag‘lari holati va harakati to‘g‘risida axborotlarni taqdim
etish.
Telefon aloqa xizmatlarining boshqa xizmat turlaridan tubdan farq qiluvchi
yana bir jihati shundaki, ularni yuqori texnologiyalarsiz, chunonchi zamonaviy
billing tizimlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Aynan billing tizimlari telefon aloqa
xizmatlarini amalga oshirish, ko‘p sonli mijozlar (abonentlar) bilan yuzaga
keladigan moliyaviy munosabatlar, ular bilan individual hisob-kitoblarni
boshqarish hamda nazorat qilish imkonini beradi. Telefon xizmatlarini amalga
oshirish va boshqarishni yuqori texonologiyalar sirasiga kiruvchi billing tizimlari
asosida amalga oshirish ushbu tizimlar imkoniyatlaridan buxgalteriya hisobini
yuritishda ham keng foydalanishni ob’ektiv zarurat ham qilib qo‘yadi.
Tabiiy ravishda, turli savollar tug‘iladi. Xo‘sh, yuqori texonologiyalar
sirasiga kiruvchi billing tizimlari o‘zi nima? Bu tizimlarning mohiyati, ularni
telefon aloqa xizmatlari sohasidagi o‘rni va ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi?
Billing tizimlari imkoniyatlaridan telefon aloqa xizmatlari sohasida amalga
oshiriladigan xo‘jalik hamda moliyaviy jarayonlar hisobida qanday foydalanish
mumkin va bu qanday samara beradi?
Ushbu va boshqa savollarga javob topish uchun, dastlab, billing tizimlari
to‘g‘risida manbalarda keltirilgan ayrim ta’rif hamda tavsiflarga qisqacha
to‘xtalamiz.
“Billing tizimi” so‘z birikmasi negizida “billing” so‘zi, ushbu so‘z negizida
esa “bill” so‘zi yotadi. Ushbu so‘zlar dunyo xalqlari leksikoniga ingliz tilidan kirib
kelgan. Inglizcha, «bill» rus tilida «schet», «veksel», «banknota» mazmunida
tarjima etilgan. O‘zbek tilida uni «hisob», «hisob- kitob» mazmunida tarjima qilish
mumkin.
Inglizcha «Billing» so‘zi rus tilida «vыpisыvanie scheta» mazmunida
tarjima qilingan. O‘zbek tilida uni «hisob-kitobni qilish» yoki «hisob- kitobni
taqdim etish» mazmunida tarjima qilish mumkin.
Hisob-kitob qilish, hisob-kitobni taqdim etish mazmunini angatuvchi billing
foydalanish ko‘lamiga ko‘ra cheklanmagan tizimdir. SHu bois, bu tizimning
187
nomlanishi ham turlichadir. Chunonchi, manbalarda billing va billing tizimlariga
quyidagicha nomlanishlar va ta’riflar berilgan:
Zamonaviy kompaniyalardagi billing tizimi– mijozlarga turli mumkin
bo‘lgan o‘lchov birliklarida ko‘rsatilgan xizmatlar sonini hisobga olish, ular
qiymatini
aniqlash,
shuningdek
mijozlarga
hisob-kitoblarni
aksiya
va
chegirmalarni e’tiborga olgan holda taqdim etishga imkon beruvchi murakkab
kompleks dasturdir.
Telekommunikatsiya va mobil aloqada billing tizimi – abonent schyotidan
unga ko‘rsatilgan xizmatlar (internet-trafik, mobil-trafik, SMS va shu kabilar)
uchun mablag‘larni xizmatlar ko‘rsatilgan chog‘ida undirilishiga imkon beruvchi
«real vaqt» rejimi. Bunday rejim billing tizimidan dasturiy ta’minotni yuqori
ishonchliligi va ma’lumotlar bazasining uzluksiz ishlashini talab etadi.
Elektr aloqada billing – telekommunikatsion xizmatlardan foydala- nish
to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, ular qiymatini baholash, abonentlarga schetlarni
taqdim etish, to‘lovlarga ishlov berishga javobgar bo‘lgan aloqa korxonasida yuz
beruvchi jarayonlar va qarorlar majmuasidir.
Xalqaro internet tarmoqida billing tizimiga quyidagi ta’riflar ham berilgan.
Billing tizimi – billing biznes-jarayonlarni qo‘llab-quvvatlashning amaliy
dasturiy ta’minoti.
Billing - telekommunikatsiya turidan qat’iy nazar, aloqaning barcha tijorat
operatorlari (turg‘un va mobil aloqa operatorlari, internet- telefon, virtual
operatorlar, internet-provayderlar, tranzit-raqamli trafik operatorlari, raqamli
televidenie provayderlari) faoliyatining muhim komponentidir. Ushbu xizmatlarni
ko‘rsatuvchi sub’ektlarni billing tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki, aynan
billing orqali ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi sub’ektlar o‘z mijozlariga tegishli
schyotlarni taqdim etadi va shu asosda faoliyatining uzluksizligini ta’minlaydi.
Billing tizimi (BT) - buxgalteriya tizimi, dasturiy ta’minot, boshqacha
aytganda operatorlar, shu jumladan telekommunikatsiya sohasi operatorlari uchun
maxsus ishlab chiqilgan «soft», ya’ni dasturiy vosita.
Billing tizimi (BT) - hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimi (HKAT-
188
ASR).
Billing tizimi (BT) - axborot billing tizimi (ABT- IBS).
Ta’kidlash joizki, billing tizimi (BT) nafaqat mobil aloqasi operatorlari
tomonidan foydalaniladigan tizimdir. BT, shuningdek, an’anaviy (turg‘un, simli)
aloqa operatorlari tomonidan ham foydalaniladigan tizim hisoblanadi. Uning
yordamida kichik ofislarda ham telefon orqali kim, qachon qo‘ng‘iroqni amalga
oshirganligi, so‘zlashuv qancha davom etganligi hisobga olinadi. IP-telefon,
internet-provayderlar ham billing tizimi keng qo‘llaniladigan sohalardir.
Har qanday billing tizimi aniq ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi
(MBBT) asosida yaratiladi. Chunonchi, hozirda dunyo miqiyosida mavjud bo‘lgan
aksariyat billing tizimi «Oracle» MBBT asosida yaratilgan. MBBT ichida,
shuningdek katta hajmdagi axborotlar uchun mo‘ljallangan Amdocs,
Huawei,Convergys, Ericsson, LHS Telekommunikation, «Sybase», «Informix»
kabi tizimlari mavjud. Bundan tashqari hozirgi kunda quyidagi nomdagi billing
tizimlari ham dunyo mamlakatlarida keng foydalanilmoqda: BIS, Flagship,
CBOSS, Arbor, Bill-2000-prepaid.14
Billing tizimlari dunyo bozorida 2010 yildan boshlab liderlikni Amdocs
kompaniyasi (hissasi 27 %), Huawei kompaniyasi (hissasi 8 %), Oracle va
Convergys kompaniyalari (hissalari mos ravishda 6 %dan), Ericsson
kompaniyasi (hissasi 5 %) egallab kelmoqda.
Billing tizimi (BT)ning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (BAT)
sifatidagi ahamiyati u tomonidan bajariladigan funksiyalarda yorqin namoyon
bo‘ladi. CHunonchi, telekommunikatsiya sohasida BT tomonidan bajariladigan
funksiyalarni quyidagi guruhlarga ajratiladi (3.2.1-jadvalga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |