Ikkinchi yo‘nalish — avtomatlashtirish tizimini kompleks amalga
oshirish va jarayonlarni axborotlashtirib kuzatish, bu menejment tizimining barcha
bo‘g‘imlarini: ishlab chiqarishni qismlarga ajratishning eng past bosqichidan
yuqori boshqaruv darajasigacha egallashga imkon beradi. Bu kabi holatlarda
ushbu integratsiyalangan tizim quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
•
boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va axborot bilan ta’minlash,
tahlil qilish va strategik rejalashtirish jarayonlari;
•
korxona faoliyatining ko‘plab yo‘nalishlarini avtomatlashtirish
(buxgalteriya hisobi, moliyaviy boshqaruv, shaxsiy, savdo, ta’minot va hokazo);
•
korxonaning asosiy texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish va
axborot bilan ta’minlash.
3.1.2 –rasmda korxona boshqaruvida integratsiyalashgan tizimni apparat
kommunikativ amalga oshirishning umumiy sxemasi ko‘rsatilgan
1
.
163
Do'stlaringiz bilan baham: |