asari voznik na klavir uchun qayta moslashish evaziga yaratilgan skripka konsertlarini
tashkil qiladi (birinchi navbatda – Vivaldi konsertlari). Shunisi qiziqki kompozitorning
barcha klavir konsertlari (7ta) avval torli qilib yaratilib so„ng klavirga moslashtirilib
berilgan. Bu boradagi muhim natijalar 1735 yilda yaratilgan “Italyan konserti” bo„ldi.
Bax o„zi bergan ushbu konsert nomida uning vatani-Italiya qayd etilgan. Asar orkestr
jo„rligisiz ikki manualli klavir uchun yaratilgan. Konsertlik (musobaqalik) tamoyili klavir
shakl bo„lib, chekka qismlari harakatchan o‟rtasi esa sekin vazmin lirik bo„lim bilan
tavsiflanadi. “Italyan konsertni” musiqiy uslubi va asosiy kayfiyatini – energik kuchga
ega hayotbaxsh mavzu ekanini aniqlab beradi. U oddiy to‟rt taktli ikki jumladan iborat
shaklda gavdalangan. Ularni tonal solishtirilishi (F-dur va C-dur) fuga ekspozitsiyasida
mavzu va javobni tonal solishtirilishini eslatadi.
Polifonik tafakkurning ta‟siri mavzuning rivojida o„z aksini topadi. Dastabki sakkiz taktli
mavzu yadrosi umumiy harakat shakullarda erib ketadi. Musiqa polifonik shakllarga hos
sokin davomiylik xususiyatga ega bo„ladi. Bir iboradan ikkinchi iboraga o„tish silliqu va
ketmaket amalga oshadi va yangrab o„tgan mato deyarli qayta takrorlanmaydi (vena
klassiklar tematizmidan farqli o‟laroq). Shu bilan birga birinchi qism umumiy
kompozitsiyasida bo„lajak sonata shakli chizgilari ko„zga tashlanadi. Unda uchta bo„lim
bo„lib biri tematik mavzusini ekspozitsion ko„rinishi, ikkinchisi uning rivojlovi va qayta
ishlovi uchinchisi esa asosiy mavzuni reprizali takrorini tashkil qiladi.
Ekspozitsion bo„lim asosiy mavzudan tashqari yana bir muncha yumshoq va sodda
fakturada bayon etiladigan mavzuni qamrab oladi. U yadro va uning rivoji asosida
tuzilib, uning asosida vujudga kelgan ohanglar birinchi mavzuga nihoyat yaqin turadi.
Klassik sonataning yordamchi partiyasidan farqli o‟laroq ikkinchi mavzu F-dur
tonalligida, qayta ishlov jarayonida dominanta tonalligiga modulyatsiya qilinadi – C-dur.
Konsertning birinchi qism rivojlov bo„limi o„zining xajmi va rivoji bilan ajralib turadi.
Bu yerda kompozitor tomonidan qo„llangan usullar gomofon-garmonik va polifonikdir.
Bu motivlarni ajratib olish ularni sekvensiyalash, imitatsiya ayrim kuy ohanglarni ularni
lavhalarni variantlash va x. Ikki mavzu ishlatilib va har biri bir birini ohangini o„ziga
oladi. Tez orada asosiy mavzu uning yadrosi va qayta ishlovi namoyon bo„lib cholg„u
konsertlarga hos bo„lgan belgilar bilan namoyon bo„ladi. Ma‟lum ma‟noda rondoga
yaqinlikni ko„rish mumkin. Reprizada birinchi mavzu to„liq o„tkaziladi, ikkkinchisi yo„q
(major varianti qayta ishlovni tugatgani bois).
Konsertning ikkinchi qismida harakatni o„rniga sokinlik va xayol surish keladi. Bu
konsertning lirik Andantesi bo„lib parallel minorda keladi. Uning mavzusi yuqorida
“fleyta” registrida bir tekis ritmli jo„rlik ortida kelib badihalik xususiyatga ega. Bir qator
sinkopalar, kuchli xissalarni mayinlashtirgan erkin ritm musiqaga sokin va ravonlik
baxshida etadi.
Andante shakli ikki qismli bo„lib ko„plab Bax ariyalari, turkumga kirgan raqs va
prelyudiyalar tuzilishiga yaqindir. Birinchisi modulyatsiya bilan parallel majorda tug„asa,
ikkinchisida d-moll tonalligi hukumronlik qiladi. Oxang mavzulari yumshoq mayin
ikkinchi qismida bir muncha keskin va deklamatsiyaga aylanadi.
Final xalq bayrami bilan taassurot uyg„otadi. U individual hissiyotlar emas, balki, xalq
bayrami, ommaning kayfiyatini tarannum etadi. Finalning asosiy mavzusi birinchi qism
asosiy mavzusiga yaqin bo„lib keng raqsbop ritm va major rangi bilan ajralib turadi.
Biroq bu yerda temp nafaqat jonlashgan balki “uchar gammasimon passajlardan tashkil
topgan.
Shaklning chekka qismlarini tonal doirasi va shakl tuzilishi yaqin. Finalda ham ikkinchi
“yordamchi” mavzu bo„lib ekspozitsiyada bosh tonalligida o„tadi. Birinchi qism kabi
dastalabki birinchi mavzuni takror etilishi shaklga rondolik xususiyatni ato etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: