Oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/35
Sana25.06.2021
Hajmi1,05 Mb.
#101375
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
Bog'liq
mustaqillik yillarida ozbekistonda ijtimoiy- siyosat va uning mohiyati

 

 



 

 

XULOSA 

Mustaqillikning  dastlabki  davridan  boshlab  aholining  kam  ta'minlangan 

qismini  qo'llab  quvvatlash  borasida  ko'rilgan  chora  tadbirlar  ijtimoiy  siyosatni 

amalga oshirishning muhim yo'nalishlaridan biri bo'ldi.  

Ijtimoiy himoyaning asosiy maqsadi aholi turmush darajasini muttasil oshirib 

borish,  qashshoqlanishning  oldini  olish,  aholining  turli  qatlamlari  o'rtasida  ta'lim 

olish,  madaniyat  va  san'at  yutuqlaridan  bahramand  bo'lish,  kasb  malakasini 

oshirish  va  daromadlarni  ta'minlashdagi  tafovutlarni  kamaytirish,  inson 

taraqqiyotining uzluksizligini ta'minlashdan iborat. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan 

besh tamoyilning biri aholini kuchli ijtimoiy himoyalash hisoblanadi. O‟zbekiston 

hukumati ana shu besh tamoyil asosida o'tish davrida aholini ijtimoiy himoyalash 

yuzasidan zarur choralar ko'rdi. Bu choralar odamlarning turmush darajasini keskin 

pasayib  ketishining  oldini  olishda  muhim  rol  o'ynadi  hamda  respublikada 

osoyishtalik va barqarorlikni saqlash omili bo'ldi.  

Ijtimoiy  himoyaning  asosiy  maqsadi  aholi  farovonligining  to'xtovsiz 

yaxshilanishini  ta'minlash,  aholi  qatlamlari  o'rtasida  ta'lim,  madaniyat,  kasb 

malakasi,  daromadlari  jihatidan  keskin  tafovutlarga  barham  berish,  jamiyat 

tomonidan  har  bir  kishiga  munosib  hayot  darajasini  va  inson  taraqqiyotini 

ta'minlashga yordam berishdan iborat.  

Davlatning kuchli ijtimoiy siyosat yuritishi ham ijtimoiy adolat qoidalari bilan 

mustahkam 

bog'liqdir. 

Shuning 

uchun 


ham 

O'zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasida  aholini  ijtimoiy  himoya  qilishga  alohida  e'tibor  qaratilgan  bir 

qancha moddalar mavjud.  

O‟zbekistonda  ijtimoiy  himoya  tizimi  XX  asrning  20-yillaridan  boshlab 

shakllana  boshladi.1990-yillarga  kelib,  bozor  iqtisodiyotiga  o‟tish  asosida 

amaldagi  islohotlarga  mos  ravishda  yangidan  tashkil  etildi.  Ayniqsa,  milliylik, 

o‟zlikni  anglash,  e'tiqod  va  an'analarning  tiklanishi  ijtimoiy  himoya  tizimiga 

muhim yangilik bo‟lib qo‟shildi.  




 

 

O‟zbekistonda  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  iqtisodiy  islohotlar  dasturida 



uzluksiz  ustuvor  yo‟nalishlardan  biri  hisoblanadi,  ya'ni  islohotlarning  hamma 

bosqichlarida  ustuvor  hisoblanadigan  vazifalar  qatoriga  kiradi.  Mamlakatda 

ijtimoiy  yo‟naltirilgan  bozor  iqtisodiyoti  barpo  qilishda  davlat  tomonidan  kuchli 

ijtimoiy himoya siyosati olib borilmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat O‟zbekistonning 

o‟z istiqlol va taraqqiyot yo‟lining yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi. 

O‟zbekistonda  bozor  sharoitida  ijtimoiy  siyosat  asosan  ikki  yo‟nalishda 

amalga oshirildi: ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta'minot. 

Ijtimoiy  himoya  bozor  islohotlarini  amalga  oshirish  davrida  aholini  ijtimoiy 

va moddiy muhofaza qilish va milliy xo‟jalikda amal qiladigan iqtisodiy, huquqiy, 

ijtimoiy  chora  -  tadbirlar  majmui  bo‟lib,  xususan  aholining  yoshi,  salomatligi, 

ijtimoiy  holati  hamda  hayot  kechirishning  zarur  vositalariga  ega  bo‟lmaganligi 

sababli yordamga muhtoj qatlamiga davlat va jamoat tashkilotlari va ja‟g'armalari 

tomonidan ko‟rsatiladigan yordamdir. 

Ijtimoiy himoyaning asosiy maqsadi aholi turmush darajasini muttasil oshirib 

borish,  qashshoqlanishning  oldini  olish,  madaniyat  va  san'at  yutuqlaridan 

bahramand  bo‟lish,  kasb  malakasini  oshirish  va  daromadlarni  ta'minlashdagi 

tafovutlarni kamaytirish, inson taraqqiyotining uzluksizligini ta'minlashdan iborat. 

Aholining  ijtimoiy  himoyalanishiga  muntazam  e'tibor  berar  ekan,  respublika 

hukumati  islohotlarning  birinchi  bosqichidagi  tajriba  asosida  inson  va  oila 

hayotining barcha sohalarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning butun bir 

tizimini  shakllantirishga  erishdi.  Aytish  mumkinki,  Mustaqillik  yillarida  narxlar 

erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi keskin ortib borishi munosabati 

bilan  daromadlarning  eng  kam  va  o‟rtacha  darajasini  muntazam  oshirish  ijtimoiy 

himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng muhim yo‟nalishlardan biri bo‟lib keldi 

va  hozirgi  kunda  ham  shunday  bo‟lib  qolmoqda.  Bu  yo‟nalish  aholining  barcha 

tabaqalarini  istisnosiz  qamrab  oldi  va  islohotlarning  dastlabki  davrida  keng 

miqyosda  qo‟llanildi.  Boshqa  mamlakatlardan  farqli  o‟laroq,  O‟zbekistonda 

daromadlar nisbatini o‟zgartirish ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg‟arma 




 

 

banklaridagi  aholi  omonatlari  stavkalarining  eng  oz  miqdorlarini  bir  vaqtning 



o‟zida markazlashtirilgan tarzda qayta ko‟rib chiqish yo‟li bilan amalga oshirildi.  

Mamlakatimiz  tarixida  ulkan  tadbirlarni  amalga  oshirish  bilan  bir  qatorda, 

juda  muhim  ijtimoiy  dasturlar  ham  qabul  qilinib,  ularning  muvaffaqiyatli  amalga 

oshirilishi  yurtimizning  gullab-yashnashida,  yoshlarimiz  tarbiyasida  o‟zining 

ijobiy  samarasini  bermoqda.  Mustaqillik  rejalari  ancha  mustahkamlanib,  jahon 

hamjamiyatida  munosib  o‟rin  egallaganimizdan  keyin,  1996-yilga  kelib  dastlabki 

ijtimoiy dasturlar qabul qilindi.  

Mamlakatimizda  ijtimoiy  himoyaning  milliy  dastur  darajasiga  olib  chiqilishi 

bu tizimning muayyan yo‟nalishlariga har yili ustuvorlik berilishida ham ko‟rinadi. 

Ayollar, bolalar, qariyalar ko‟p bolali oilalar sog‟lom va barkamol avlodni voyaga 

yetkazish maqsadlarida tegishli dasturlar amalga oshirilmoqda. 

“Inson  manfaatlari  yili”,“Oila  yili”,“Ijtimoiy  himoya  yili”,  “Qishloq 

taraqqiyoti va farovonligi yili”,“Barkamol avlod yili” kabi davlat dasturlarini qabul 

qilinishi  ijtimoiy  himoya  tizimini  yanada  rivojlantirish  omili  bo‟ldi.  Bundan 

tashqari  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  ko‟lamini  yanada  kengaytirish  va 

kuchaytirishga  erishildi,  aholining  muhtoj  toifalari  va  oilalarga,  nogironlar  va 

yolg‟iz  keksalarga  aniq,  tabaqalashgan  tarzda  yordam  ko‟rsatish  samaradorligi 

oshirildi,  jamiyatda  hamjihatlik,  ezgulik  va  mehr-shafqat  muhitini  qaror  toptirish 

borasida  maqsadli  ishlar  bajarildi.  So‟ngi  yillarda  ham  aholini  ijtimoiy  himoya 

qilish  sohasida  milliy  urf-odatlarimizdan  kelib  chiqqan  holda  aholining  kam 

ta‟minlangan  va  yordamga  muhtoj  qismiga  moddiy  yordam  berish,  ular  turmush 

darajasini yaxshilash, salomatliklarini tiklashga ko‟mak berish kabi ishlar amalga 

oshirilmoqda. 

 

 




Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish