37
37
Byudjеt Kodеksi ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan tayorlandi.
Davlat byudjeti pul resurslarining markazlashtirilgan jamg‗armasi
(fondi) bo‗lib, mamlakat hukumati boshqaruv organlarini, qurolli
kuchlarni tutib turish, shuningdek, iqtisodiy, ijtimoiy funksiyalarni
bajarish uchun uni tasarruf etadi.
Hozirgi shart-sharoitda byudjet davlatning iqtisodiyotni tartibga
solish, xo‗jalik faoliyatiga ta‘sir ko‗rsatish, shuningdek, inqirozga qarshi
chora-tadbirlarni amalga oshirishning qudratli vositasi hamdir. Hozirgi
davlat byudjeti uning butun xilma-xil funksiyalarini aks ettiradigan
murakkab, ko‗p ko‗rinishli hujjat hisoblanadi. Avvalo byudjetda davlat
xarajatlari va daromadlari tartibi o‗z aksini topadi. Xarajatlar byudjet
mablag‗ini sarflanish yo‗nalishlari va maqsadlarini ko‗rsatadi.
Xarajat moddalarining ahamiyati juda muhim, chunki ularning
qanchalik maqsadga muvofiqliligi mazkur davlat soliq to‗lovchilari
zimmasiga yuklatiladigan soliq yukiga bog‗liq bo‗ladi. Bundan shu narsa
ravshanki, mazkur aniq davrda amal qiladigan soliqlar tizimi (soliq
miqdori, ularni stavkalari, soliq solinadigan baza) davlat byudjetida
xarajatlarning qanday moddalari ko‗zda tutilganiga va ularni qoplash
uchun qancha miqdorda mablag‗lar zarurligiga to‗la ravishda bog‗liqdir.
Iqtisodiyotni ishlab chiqarish sektorlari faoliyati uchun eng qulay
shart-sharoitlarini yaratish bilan bog‗liq xarajatlar davlat xarajatlarining
eng muhim moddalari qatoriga kiradi.
Nazorat-iqtisodiy
ishlarni
tashkil
qilishda
yetakchi
rolni
O‗zbekiston Respubikasi Moliya vazirligi bajaradi. Har yili
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi tahlil qilinadi
va o‗tgan yillar bilan solishtiriladi.
Mahalliy byudjetlar ijrosini taftish va tekshirishlardan
o‗tkazish Moliya vazirining buyrug‗iga asosan amalga oshiriladi va
vazirlikning barcha soha mutaxassislari jalb qilinadi.
Bundan tashqari, moliya organlarida hukumat topshiriqlari va
Moliya vazirligi Hay‘ati yig‗ilishi hamda vazirlik rahbariyati
topshiriqlariga asosan ma‘lum bir yo‗nalish, soha bo‗yicha mavzuli
tekshirishlar ham o‗tkazilishi mumkin.
Yana shuni e‘tirof etish lozimki, o‗tgan yilni muvaffaqiyatli
yakunlash va joriy yilgi Davlat byudjeti parametrlari ijrosi jarayonida
byudjet intizomiga qat‘iy rioya etilishini hamda O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasining kelgusi
yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti
parametrlari to‗g‗risidaˮgi qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida har yili
Moliya vazirligining 1-2-sonli buyruqlari chiqariladi va shu
buyruqqa asosan moliya organlari ustidan nazorat ishlari amalga
oshirilib boradi.
Davlat byudjeti parametrlari ijrosi jarayonida byudjet intizomiga
qat‘iy rioya etilishini ta‘minlash maqsadida quyidagilar belgilanadi:
O‗tgan yil uchun Davlat byudjeti ijrosi to‗g‗risidagi hisobotlarni
o‗z vaqtida va sifatli shakllantirilishini ta‘minlash maqsadida, Davlat
byudjeti bosh boshqarmasi va Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi,
Moliya vazirligi G‗aznachiligi va uning hududiy bo‗linmalari, hududiy
moliya idoralari belgilangan muddatda byudjetlararo o‗zaro hisob-
kitoblarni tartibga solinishini ta‘minlashlari;
Byudjet tashkilotlarining joriy yil uchun xarajatlar smetalari va
shtatlar jadvallarini ro‗yxatga olish tugallangunga qadar, quyidagilar
ma‘lumot va ijro uchun qabul qilishlari:
-xarajatlarni moliyalashtirish (to‗lovlarini amalga oshirish);
―O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi‖ hamda O‗zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining ―Byudjet tashkilotlari va byudjet
mablag‗lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish,
tasdiqlash va ro‗yxatdan o‗tkazish tartibi to‗g‗risidagi Nizomni
tasdiqlash haqida‖gi (ro‗yxatga olish raqami № 2634, 15.12.2014)
buyrug‗iga muvofiq amalga oshiriladi.
Respublika va mahalliy byudjetlar xarajatlari quyidagilarga asosan
amalga oshiriladi:
-Respublika
byudjetidan
moliyalashtiriluvchi
tashkilotlar
bo‗yicha – joriy yil;
-I chorak uchun dastlabki (vaqtinchalik) xarajatlar yoyilmalari;
-Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar, Toshkent
shahar va tuman (shahar)lar mahalliy byudjetlaridan moliyalashtiriluvchi
tashkilotlar bo‗yicha – joriy yil I chorak uchun vaqtinchalik xarajatlar
smetalari.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilgi Davlat
byudjeti parametrlari ijrosini ta‘minlash maqsadida, Moliya vazirligining
tarmoqlarni
moliyalashtirish
boshqarmalari
boshliqlari,
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent
shahar Moliya boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, tuman (shahar)
moliya bo‗limi mudirlari:
-xarajatlar yoyilmasini tuzish hamda byudjet tashkilotlarining
xarajatlar smetalari va shtatlar jadvallarini ro‗yxatdan o‗tkazishda
O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida turuvchi tashkilotlarning
xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko‗rib chiqish, tasdiqlash
va ro‗yxatdan o‗tkazish tartibi to‗g‗risidagi nizomga, shuningdek,
amaldagi boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga qat‘iy rioya etilishini;
-birinchi navbatda I va II guruh xarajatlariga, IV guruh xarajatlari
bo‗yicha esa tegishli byudjetlarning tasdiqlangan xarajatlar parametrlari
doirasida kommunal xizmatlar, ko‗mir sotib olish va yetkazish, yoqilg‗i
va YaMM, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlariga zarur mablag‗lar
rejalashtirilishini;
-o‗tgan yilda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarni, byudjet
mablag‗lari oluvchilar sonining o‗zgarishini har tomonlama tahlili
asosida, shuningdek, xarajatlarning mavsumiyligini hisobga olgan holda
byudjet mablag‗lari oluvchilariga byudjet mablag‗larini taqsimlanishini.
Bunda, xarajatlar smetasini ro‗yxatdan o‗tkazish jarayonida
vujudga kelgan bo‗shab qoladigan mablag‗larni kelgusi yil byudjet
xarajatlari yoyilmasining tegishli bo‗limi, 999-kichik bo‗limi ―Alohida
tashkilotlarga maqsadli xarajatlar uchun ajratiladigan mablag‗lar‖, 92-
bobi ―O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi‖, 48,21,180 moddasida
ko‗zda tutish lozim;
-byudjet daromadlari va xarajatlari yoyilmasini belgilangan
muddatda va tartibda tayyorlanishini;
-byudjet tashkilotlarining joriy yilgi shtatlar jadvali va xarajatlar
smetasini tegishli byudjet parametrlari tasdiqlangandan boshlab 40
kundan kechiktirmay ro‗yxatdan o‗tkazish, shuningdek, ro‗yxatdan
o‗tkazilgan xarajatlar smetalarida qayd etilgan ma‘lumotlarni
―G‗aznachilik-4‖ dasturiy majmuasiga o‗z vaqtida kiritish choralari
ko‗rilishini;
-joriy yil uchun byudjet xarajatlari yoyilmasiga indeksatsiya
mablag‗larini belgilangan ilovadagi koeffisiyentlarga muvofiq kiritish
hamda ularni belgilangan tartibda faqatgina O‗zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining ruxsati bilan ishlatilishini ta‘minlashlari lozim.
Yuqoridagi rasmda Davlat byudjeti xarajatlari dinamikasi aks
ettirilgan. Davlat byudjeti xarajatlarining salmog‗i o‗sib bo‗lmoqda.
Asosiysi, byudjet sohasi xodimlari ish haqlari, pensiya va
nafaqalarini inflyatsiya ko‗rsatkichidan yuqori oshirish bilan birga
tarbiyachilar, o‗qituvchilar, ilmiy xodimlar, professor-o‗qituvchilar,
madaniyat xodimlarining ish haqlari 30 foizdan 100 foizgacha
oshirildi
38
.
2018-yilda davlat byudjeti xarajatlarining asosiy parametrlarida
davlat byudjet xarajatlari (maqsadli jamg‗armalarsiz) jami 79736.1
mlrd.so‗mni tashkil qilgan. Uning tarkibidagi eng yuqori ko‗rsatkich
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash xarajatlari
hisoblanadi. Ikkinchi o‗rinda esa 19538,2 mlrd so‗m bilan boshqa
xarajatlar hisoblanadi. Bu ko‗rsatkichlardan shuni ko‗rishimiz
mumkinki, davlatimiz byudjeti ijtimoiy yo‗naltirilgan byudjet
hisoblanadi.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |