Jismoniy tarbiya - o‗quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va
jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‗naltirilgan pedagogik
jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi.
Joriy nazorat – ta‘lim jarayonida o‗quvchilar tomonidan o‗quv dasturida belgilangan muayyan
mavzularni o‗zlashtirilish bo‗yicha bilim, ko‗nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash
shakli.
Idrok – aniq maqsadga yo‗naltirilgan anglash jarayoni.
Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha adapto - moslashish) – anomal bolalar individual yoki guruhli
xulqlarining ijtimoiy qadriyatlar va xulq-atvor qoidalari tizimiga mos kelishi.
Ijtimoiylashuv – ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi asosida shaxsning hayot va
ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi.
Do'stlaringiz bilan baham: |