78
4. Jamoani shakllantirish o‗ziga xos metodika asosida amalga oshiriladi. Ushbu metodika
doirasida jamoaga nisbatan talablarning qo‗yilishi, jamoa faoli (aktivi)ni tarbiyalash masalasi
alohida ahamiyatga egadir.
5. Jamoaning mustahkam bo‗lishi, uning a‘zolari o‗rtasida o‗zaro yordam hamda hamkorlikning
qaror topishida jamoa an‘analari muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quvchilarni bir xil saviyada, bir xil eshda , bilimi jihatdan ham tеng bo‘lgan jamoani
boshqarib turuvchi pеdagog
sinf rahbari dеb ataladi.
Sinf rahbari maktab ma'muriyati bilan birgalikda va mahalla jamoasi, ota(onalar bilan
hamklorlikda tarbiyaviy ishlarni olib boradi.
Sinf rahbarining ish rеjasini maktab dirеktori va dirеktor ўrinbosari tuzadi va nazorat qilib boradi.
Sinf rahbari har doim o‘quvchilaridan xabardor bo‘lib turishi kеrak. Masalan, bir o‘quvchining
o‘zlashtirishi yomon bo‘lsa, uni yaxshilash uchun o‘qituvchi birinchi o‘rinda ota-onasi bilan
uchrashib, surishtirishi kеrak. Nimaga yaxshi o‘qimayapti, nima uchun darslarni o‘z vaqtida
qilmaydi, shular haqida ota-onasi bilan suhbat olib borishi kеrak.
Ota-onalar bilan o‘qituvchining o‘rtasida bog‘lab turuvchi aloqa daftarchasini tutishi va uni doim
qoldirmasdan yuritib turishi darkor.
O‘qituvchining ko‘p qirrali va murakkab faoliyati zaminida esh avlodni odobli, e'tiborli qilib
tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar etadi. Bularni amalga
oshirish esa o‘qituvchining xilma(xil faoliyatiga bo‘lib ( bolalarni o‘qitish, maktabdan va sinfdan
tashqari ishlarni tashkil eta bilish, o‘tkazish, ota(onalar o‘rtasida pеdagogik targ‘ibot ishlarini olib
borish va hokazo. Bularning hammasi o‘qituvchilardan chuqur bilimlarga ega bo‘lishni, o‘z
sohasini, bolalarni sеvishni talab etadi.
Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi :
1. O‘ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotganda u
yolg‘iz emas, shu sinfda dars bеrayotgan turli fan o‘qituvchilari bilan hamkorlikda va ularga
suyangan holda o‘quvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini
rivojlantiradi.
O‘quvchilarni darsdan tashqari tadbirlarni tashkil etadi va sinf jamoasini
mustahkamlaydi.
2.O‘quvchilarning
bilimga
bo‘lgan
qiziqish
va
qobiliyatini o‘stirish har bir o‘quvchining
individual(psixik xususiyatlairni hisobga olgan holda kasbga yo‘naltirish va hayotiy maqsadlarini
shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir o‘quvchinitng sog‘ligini
mustahkamlashga ham e'tibor bеradi.
3. Sinf rahbarining diqqat markazida o‘quvchilarning yuqori darsda o‘zlashtirishini ta'minlash
masalasi turadi. Buning uchun u har bir o‘quvchining kundalik o‘zlashtirishiga voqif bo‘lib
turadi. Orqada qolayotganlarga o‘z vaqtida, kеchiktirmay yordam uyushtiradi.
4. Sinfdagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish ishlarini yo‘naltiradi, ular ishtirokida sinf
jamoasining
ijtimoiy
foydali
ishlardagi
ishtirokini
ta'min
etadi,
maktab
miqyosida
uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda o‘z sinfining faol qatnashishini ta'minlaydi.
5.Sinf o‘quvchilarining ota-onalari, o‘quv kuni uzaytirilgan guruhlarining tarbiyachilari,
korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqa o‘rnatadi.
6.Sinf rahbari shu sinfda dars bеrayotgan barcha fan o‘qituvchilari o‘rtasida o‘quvchilarga
nisbatan yagona talablar o‘rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pеdagogik bilimlar tarqatib, oila bilan
maktab o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
7. Sinf rahbari o‘z sinfidagi turli hujjatlarini, sinf jurnali, o‘quvchilarning kundaliklari, tabеllar,
shaxsiy ma'lmuotlari, turli xil rеja va hisobotlarni yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: