101
sportchidan chap yoki o‗ng tomonda turib tebranish yuzaligiga parallel holda gimnast bilan
birgalikda o‗ng yoki chap tomonga siljiydi. Murabbiyning bir qo‗li shogirdining ko‗krak tomonida
joylashadi, ikkinchisi orqa tomondan ko‗krakning pastki uchiga teng joylashadi. Talaba orqara
siltanganda qo‗li ertaroq uzilib ketsa, o‗qituvchi talabaning ko‗kragidan ushlab qolishga tayyor
turishi kerak. Agar uzilish orqaga siltanganda yuz bersa, ko‗krak ostidan ushlab qolinadi.
Bir oyoqda ko‗tarilish (tebrangandan keyin) oldingi holatning oxiriga biroz yetmasdan
gimnast tos-son va yelka bo‗g‗inlarida keskin bukilib, har ikki oyog‗ining tovon-boldir bo‗g‗inini
yakkacho‗pga olib keladi, keyinchalik o‗ng oyog‗ini yakkacho‗p ostidan o‗tkazadi (o‗ng oyoq
tizzadan bukilishi mumkin). Bu harakatlar bukilib osilish holatidan orqaga siltanish boshlanishidan
oldin tugashi zarur. Orqaga siltanish boshlanishi bilan gavdani bir bo‗g‗inidan bukilish davom etadi
(ya‘ni yelkatana burchagi kamayib boradi), tos-son bo‗g‗inidan esa to‗g‗rilanish boshlanadi va
o‗ng oyoq bilan minib, tayanish holatida tugallanadi. Shuni ta‘kidlash muhimki, tosson bo‗g‗inida
to‗g‗rilanish davomida chap oyoqning oldingi yuzasi yakkacho‗pdan uzoqlashtirilmaydi, balki
tegar-tegmas turishi kerak.
O‗rgatish (past yakkacho‗pda):
a)
oyoqlarni yozib bukilib osilish (yakkacho‗p o‗qi boldir- tovon bo‗g‗ini
to‗g‗risida);
b)
oyoqlarni yozib bukib osilish
holatidan oyoqlarni kerib, kerishib osilish
holatigacha keskin to‗g‗rilanish va bukilib
osilish holatiga qaytish;
d)
bukilib osilish holatida majburiy (ustoz yordamida) tebranish;
e)
bukilib osilish holatidan orqara siltanganda oyoqlarni yozib kerishib osilish
oldinga tebranganda bukilib osilish;
f)
yordam bilan ikki-uch tebranishdan keyin o‗ng oyoq
bilan tayanishga
ko‗tarilish;
g)
o‗ng oyoq bilan minib tayanish holatidan orqaga tushib,
oyoqlarni kergan
holda osilib qolish;
h)
yordam bilan o‗ng oyoqda tayanishdan orqaga qo‗nib, o‗ng oyoq
bilan tayanib
ko‗tarilish.
Ko‗tarilishni bir necha bor mustaqil bajargandan so‗ng katta yakkacho‗pga o‗tish mumkin.
Asosiy e‘tiborni osilish holatidan bukilib osilish holatiga o‗tishga qaratish zarur.
Gavdani yozib ko‗tarish (tebranishdan keyin) (91-rasm).
Orqaga tebranishdan keyin, tik holatga o‗tayotib, tos-son bo‗g‘inidan keskin to‗g‗rilanishga,
shu bilan birga, qo‗llarni bosh orqasiga (xuddi oldinga tebranib
sakrab yerga tushishdagi kabi,
102
biroq biroz ilgariroq) uzatish kerak. To‗g‗rilangan holatda to‗xtamasdan tos-son va yelka
bo‗g‗inlarida keskin bukilib, boldir o‗rtasini yakkacho‗pga olib kelinadi (barcha harakatlar bukilib
osilish holatidan orqaga tebranish boshlanishidan oldin tugashi zarur). Orqaga tebranish
boshlanishi bilan yelka bo‗g‗inidan bukilishni davom ettirib, tos-con bo‗g‗inidan to‗g‗rilanish
kerak. Bu harakatlar natijasida tos yakkacho‗pga yaqinlashadi va uning atrofida butun gavda
aylanishining burchak tezligi oshadi, shuning hisobiga u tayanish holatiga keladi.
O‗rgatish (o‗rta
yakkacho‗pda):
a)
burchak yasab osilishdan oyoqlar bilan to‗shaklarga tiralib, oyoqlarni tizzadan
bukkancha boshni orqaga tashlamay kerishish. To‗g‗ri qo‗llarni bosh orqasiga oxirigacha
uzatilishiga e‘tibor berish zarur. Keyin dastlabki holatga qaytish. Bir yoia bir necha marta
takrorlanadi. Kerishish
tez bajarilishi kerak, toki uning oxirida tovonlar to‗shakdan uzilguncha;
b)
kerishishdan keyin imkoni boricha tezroq to‗g‗ri oyoqlarni (boldir o‗rtasini)
yakkacho‗pga olib kelish kerak;
d)
chap tomonda turgan murabbiy yoki sherikning yordamida gavdani yozib
ko‗tarilish. Bunda yordam beruvchi chap qo‗li bilan talabaning oyoqlarini yakkacho‗pga tez olib
kelish uchun yordam beradi va o‗ng qo‗li bilan talabaning belidan tayanish holatigacha ko‗taradi.
Baland yakkacho‗pda:
e)
murabbiy osilib turgan gimnastdan chap tomonda va biroz oldinda turib talabaning
chanoq suyaklari qismidan ushlab, uni muvozanat holatidan orqaga yo‗naltiradi va shu holatda
ushlab turadi. Gimnast tos-son bo‗g‗inidan bukilib, tovonlarini yakkacho‗p o‗qi tagidagi
to‗shaklarga yo‗naltiradi (shu chiziqda chiziqcha yoki gimnastika tayoqchasi qo‗yilsa, yanada
qulay bo‗ladi).
So‗ngra murabbiy qo‗llarini olib, gimnastga oldinga erkin harakatlanib muvozanat holatiga,
ya‘ni osilishning dastlabki holatiga qaytishga imkon beradi. Gimnast, shu holatdan o‗tayotib tos-
son bo‗g‗inidan keskin yozilishi va qo‗llarini bosh orqasiga yo‗naltirishi kerak. So‗ngra gimnast
va ustoz «b» va «d» moddalarda tavsiya qilingandek harakat qiladilar; yakkacho‗pdan 1 m
masofada turgan sakrash «ko‗prik»chasidan burchak hosil qilib osilish holatiga sakrash va
yakkacho‗p ostida to‗g‗rilanish. Navbatdagi harakatlar «b» va «d» moddalarda bayon etilganidek
bajariladi;
g) o‗rtacha tebranishdan (ko‗lami 90° dan oshiq bo‗lmasin)
orqaga siltanib tos-
son bo‗g‗inidan bukilish, yakkacho‗p ostida to‗g‗rilanib, murabbiy yordamida gavdani yozib
ko‗tarilish.
Do'stlaringiz bilan baham: