Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Download 405,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/69
Sana23.06.2021
Hajmi405,96 Kb.
#99500
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
2 5219945304136091790

www.ziyouz.com kutubxonasi 

63

deyish aytishgagina oson, axir. Ishlab kun kechirish to‘g‘ri-ku, lekin hadeguncha unga erisha 



qolmaysan kishi. Insonni o‘z erkiga, xohishiga qo‘ymaslik ham yaxshi emas. 

Bola menga qarab talpindi. Uni ko‘tarib oldim. Uning yuzidan o‘parkanman: «Eh, do‘mbog‘im, 

sendan ajralishga to‘g‘ri kelyapti-ku. Qaniydi sen bilan bir umrga ajrashmasak. O‘z o‘g‘limdek 

qadrdon va aziz bo‘lib qolgan eding menga», deb o‘tkazdim ko‘nglimdan. 

— Ha, mayli, yuring, — dedim keyin sekingina. O‘rnimizdan turdik. Men bolani ko‘tarib oldim, 

biroq eshik oldiga borganda to‘xtab: 

— Ish bo‘lsa bizda ham topiladi, — dedim yana unga. — Shu yerda ishlasangiz ham bo‘ladi. 

Kichikroq xona ham bor. Rost, qola qoling. Shoshilmang. Ketishga har vaqt ulgurasiz. Yana o‘ylab 

ko‘ring... 

U avval indamay turdi. Ammo men hozircha bu yerda ishlab turishning afzalligini, so‘ng nima 

qilish zarurligini hayot o‘zi ko‘rsatishini, ketgisi kelsa xohlagan vaqtida keta olishi mumkin ekanligini 

aytib, unda ishonch hosil qildim. 

Shunday qilib, Asal va Samad, o‘g‘lining ismi shunday ekan, bizning yo‘l uchastkamizda qolishdi. 

Hovlidagi qo‘shimcha qurilgan uycha sovuq edi, shuning uchun Asalni o‘g‘li bilan mening 

xonamda yashashga ko‘ndirdim, o‘zim bo‘lsam o‘sha hujraga ko‘chib o‘tdim. Menga shu uycha ham 

yetardi. 

Shu paytdan boshlab mening hayotim o‘zgarib ketdi. Bir qarashda-ku, hech narsa o‘zgarmagandek 

ko‘rinardi, hamon avvalgidek so‘qqabosh edim, ammo men o‘zimni yana inson his qila boshladim, 

uzoq yillik yolg‘izlikda sovigan qalbim tag‘in iliy boshladi. Men endi yakka o‘zim yashamasdim... 

Odamlar bilan kishilar orasida yashash, ishlash, do‘stlashish, umum ishini ado etish, yordamlashish va 

yordam olish naqadar yaxshi. Kuning bitib, vaqt-soating yetib o‘lganingda ham boshqalardan kam 

qilib ko‘mishmaydi... Ammo shunga qaramay, hayotning bir tomoni borki, uni sevgilingga bo‘lgan 

mehr-muhabbatdan bo‘lak hech narsa bilan almashtirib, to‘ldirib bo‘lmaydi... Men kichkintoyga juda 

o‘rganib qoldim. Uchastkaga aylanib chiqqan paytlarda ham uni issiqqina qilib o‘rab olib, o‘zim bilan 

birga ko‘tarib yurardim. Xullas, bo‘sh vaqtimning hammasini u bilan o‘tkazardim. Shu paytgacha 

qanday qilib yashab kelganimni tasavvur eta olmayman. Qo‘shnilarim ham ancha durust kishilar edi. 

Ular Asalga ham, Samadga ham mehribon edilar. Bolani kim sevmaydi deysiz. Asalning o‘zini olsak 

dilkash, samimiy, ochiq ko‘ngilli ayol, shuning uchun ham u uchastkadagilar bilan til topishib, 

aralashib-quralashib ketdi. Mening esa kichkintoyga ham, Asalga ham mehru muhabbatim yanada 

oshib ketdi. Bolaga mehrim onasiga bo‘lgan mehr-muhabbat bilan payvasta edi. Rostini aytsam, har 

qancha urinsam ham his-hayajonlarimni o‘zimdan-o‘zim yashira olmadim. Asalni sevib qolgan edim. 

Bir umrga butun qalbim bilan yolg‘izlikda o‘tkazilgan hijronli yillar, barcha azob-uqubatlarim evaziga 

uni behad sevib qoldim. Barcha judoliklarim, g‘am-hasratlarim bu muhabbatga mujassamlashgan edi. 

Ammo buni unga oshkor etishga haqqim yo‘q edi. Asal hamon erini kutardi. Kutishga uzoq kutardi-yu, 

biroq hech sir boy bermasdi. Biz yo‘lda ishlayotgan kezlarda uning har bir yo‘lovchi mashinani intizor 

va umidvor ko‘zlari bilan kutib olishi va kuzatib qolishini ko‘pincha sezardim. Ba’zan o‘g‘lini ko‘tarib 

yo‘l yoqasiga chiqar va u yerda necha soatlab o‘tirar edi. U ko‘rina qolmasdi. U kim va qanaqa odam 

ekanligini bilmayman, buni so‘ramasdim ham, Asal ham buni hech kimga so‘zlamasdi. 

Vaqt o‘tib borardi. Samad ham ulg‘ayib qoldi. Oh, u juda sho‘x, jajji toychoq ediki, bilmayman, 

birov o‘rgatganmi yoki o‘rganganmi, harholda u meni dada, deya boshladi. Ko‘rdimi, bas: «Dada!» 

«Dada!» — deb bo‘ynimga osiladi. Asal Samadga qarab o‘ychan jilmayib qo‘yardi. Men bo‘lsam ham 

quvonardim, ham yuragim o‘rtanib azob chekardim. Unga ota bo‘lishga ming bor rozi edimu, ammo 

nima ham qila olardim... 

O‘sha yili yoz kunlaridan birida biz yo‘l tuzatayotgan edik. Mashinalar bizni chetlab o‘tib borardi. 

Asal qo‘qqisdan shofyorlardan biriga qarab qichqirdi: 

— Hey, Jontoy, to‘xta! 

Mashina bizdan biroz o‘tdi-yu, taqqa to‘xtadi. Asal shofyor tomon chopib ketdi. Ularning nima 



Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

 

 




Download 405,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish