Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Download 405,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/69
Sana23.06.2021
Hajmi405,96 Kb.
#99500
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69
Bog'liq
2 5219945304136091790

www.ziyouz.com kutubxonasi 

61

Itlar vovillab mashina ketidan chopishardi. Shunda birdan, bu ayol qayoqqa borarkin, degan fikr 



xayolimga keldi. Men, nima uchundir, u konga kelayotgan bo‘lsa kerak, chunki u yokda boradigan joy 

yo‘q, dovon, undan keyin esa bizning uchastka, deb o‘ylardim o‘zimcha. 

— Siz yetgan bo‘lsangiz kerak? — dedim unga va kabinani taqillatdim. — Biz ham yetay deb 

qoldik, dovonga kelyapmiz. Mashina nariga bormaydi. 

— Bu yer qanaqa joy? — deb so‘radi u. 

— Kon. Siz bu yerga kelayotganingiz yo‘qmi? 

— Men... men shu yerga kelayotgandim, — dedi u qimtinib. Keyin «dik» etib turdi-da, menga 

plashni berib, qo‘liga bolani oldi. Bola hiqillay boshladi. Men bortga yaqinroq kelib, unga 

yordamlashish uchun yerga sakramoqchi bo‘ldim. Biroq bu bechoraga bir gap bo‘lgan, boshiga biron 

musibat tushgan ko‘rinadi, deb o‘ylab qoldim. Sovuq tunda yolg‘iz o‘zini tashlab ketsak qanday 

bo‘larkin? 

— Sizning boradigan joyingiz yo‘q! — dedim men unga ro‘yirost. — Yomon xayollarga bormang, 

tag‘in. Bolani buyoqqa bering! — deb qo‘lidan go‘dakni shartta oddim. — So‘zimni qaytarmang. 

Tunni biznikida o‘tkazasiz, keyin ixtiyor o‘zingizda. Ketdik! — qichqirdim shofyorga. 

Mashina qo‘zg‘aldi. U boshini quyi solib, jimgina o‘tirardi, bilmadim, ehtimol yig‘layotgandir. 

— Xavotir olmang! — deb tinchlantirdim uni. -Men sizga hech qanaqa yomonlikni ravo 

ko‘rmayman. Men yo‘l masteri Boytemir Qulov bo‘laman. Menga bemalol ishonavering. 

Ularni o‘z xonamga joylashtirdim. O‘zim unga taqab qurilgan bo‘sh uychamizga kirib, yog‘och 

karavotga yotdim. 

Allamahalgacha uxlay olmadim. O‘ylar girdobida qoldim. Tinchimni yo‘qotdim. So‘rab-surishtirib 

o‘tirish juda noqulay edi. O‘zim ham buni yoqtirmayman, ammo baribir ayrim narsalarni so‘rashga 

to‘g‘ri keldi. Ehtimol u bechoraga mening yordamim kerakdir. U savollarimga istar-istamas qisqa-

qisqa javob qaytarardi. Biroq men aytilmay, uning yuragida qolib ketayotgan gaplarni ham anglab 

turardim. Agar insonning boshiga musibat tushsa, uning har bir so‘zining tagida yana aytilmay qolgan 

o‘nlab so‘z yotadi. U erini tashlab, uyidan chiqib ketibdi. Takabburroq bo‘lsa kerak, azob 

chekayotgani, kuyunayotgani sezilib turibdi-yu, ammo hech taslim bo‘lmoqchi emasdi. Nima ham 

deyish mumkin, har kimning ixtiyori o‘zida. Nima qilsa o‘zi biladi. Shunday bo‘lsa ham bu yoshgina 

ayolga juda rahmim kelardi. U hali o‘n gulidan bir guli ochilmagan qizchaga o‘xshardi, qaddi-qomati 

kelishgan, chehrasidan nur balqib turardi. Odatda u mehribon, shirinso‘z edi, ehtimol, samimiy ayoldir. 

Shunday juvonni hamma narsadan mahrum etib, bosh olib ketishga majbur etgan qanaqa inson ekan-a? 

Bunga sira tushunolmasdim. Keling, menga nima, bu ularning ishi. Ertaga biror mashinaga o‘tkazib 

qo‘yarman. 

O‘sha kuni o‘ylayverib charchab ketdim, ko‘zim ilinishi bilan o‘zimni mashinada ketayotgandek 

his qildim. Kalta po‘stinim ostiga jajji bolani o‘rab olganmishman. Go‘dakning badaniga issiq yugurib, 

ko‘ksimda maza qilib yotganmish. 

Tongotarda o‘rnimdan turdim. Yo‘llarni ko‘zdan kechirib kelgani ketdim, ammo tez orada 

qaytdim. Mehmonlarim nima qilishayotgan ekan, degan o‘y miyamdan ketmasdi. Ularning uyqusini 

buzmaslik uchun ehtiyotlik bilan old xonadagi pechkaga o‘t yoqib, samovar qo‘ydim. Ammo u 

allaqachon uyg‘onib, ketishga hozirlik ko‘rayotgan ekan. U menga minnatdorchilik bildirdi. Ularni 

choy ichirmay jo‘natmadim, bir oz kutib o‘tirishga majbur qildim. Tungi kichkintoy hamrohim ajoyib 

bola ekan, odamga sira tortinmay kelaveradi, hech narsa bilan ishi yo‘q. U bilan o‘ynashib huzur 

qildim, xumordan chiqdim: u bilan darhol ko‘nikishib, apoq-chapoq bo‘lib ketdim. Choy ustida 

ayoldan so‘radim: 

— Qayoqqa borishingiz kerak? Yo‘lovchi mashina to‘xtataymi? 

U bir oz o‘ylanib turdi-da: 

— Ribachega, — dedi. 

— U yerda qarindoshlaringiz bormi? 



Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

 

 




Download 405,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish