5. Mamlakatimizda o‘tgan yilda ikki va undan ortiq daromad manbasiga ega bo‘lgan fuqarolar joriy yilning qaysi sanasigacha soliq deklaratsiyalarini to‘ldirib soliq inspeksiyalariga topshirishlari shart? A. 1- yanvargacha.
B. 1- martgacha.
D. 1- aprelgacha.
E. 31- dekabrgacha.
6. Qaysi javobda soliq to‘lovchilarning huquqlaridan biri keltirilgan?
A. Soliq imtiyozlaridan foydalanish.
B. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish.
D. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash.
E. Soliq deklaratsiyasini o‘z vaqtida topshirish.
7. Qaysi javobda faqat davlat soliqlari keltirilgan?
A. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, aksiz solig‘i.
B. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, qo‘shilgan
qiymat solig‘i.
D. Yer osti va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar.
E. Barcha javoblar to‘g‘ri.
8. Qaysi javobda faqat mahalliy soliqlar keltirilgan?
A. Mol-mulk solig‘i va aksiz solig‘i.
B. Yer solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i.
D. Mol-mulk solig‘i va yer solig‘i.
E. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i.