Asosiy qonunimizning 64-moddasida: «Ota-onalar o‘z
farzandlarini voyaga yåtgunlariga qadar boqish va
tarbiyalashga majburdirlar»,– dåyilgan bo‘lsa, 66-
moddasida: «Voyaga yåtgan, måhnatga layoqatli far-
zandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga
majburdirlar»
1
, – dåyilgan.
Qolavårsa, oilaning har bir a’zosi uning farovonligi uchun ha-
rakat qilmog‘i kårak. Chunki bu maskandagi xotirjamlik, ko‘n-
gilning to‘qligi uning farovonligi evaziga qo‘lga kiritiladi. Bu
masalada bir narsaning farqiga borish lozim. Gap shundaki, ayrim
odamlar oila farovonligi dåganda faqat moddiy boyliklar yig‘ishni –
har turli gilamlar, måbållar, avtomashinalar, son-sanoqsiz
qimmatbaho idish-tovoqlar va shunga o‘xshash buyumlar tashib
kålishni tushunishadi, iloji boricha ularning sonini ko‘paytirish
vasvasasiga båriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |