II.Bob. Lafziy san`atlarning shoir ijodidagi o‘rni.
Asqad Muxtor “Sharq yulduzi” jurnalida shoirga oq yo‘l tilab yozgan
so‘zboshisida uning hech hech kimnikiga o‘xshamagan ovoz bilan qulay
boshlaganini e`tirof etar ekan, shunday yozadi: “ Rauf Parfi har bir she`rida
odamning murakkab ruhiy dunyosidagi biron holatni tutib olib suratlaydi. Bu qiyin
ijodiy jarayon . Lekin Raufning satrlarida bu qiynalish bilinmaydi, ular go‘yo oson
ko‘chgandek ravon, tabiiy, saminiy ”.
1
Rauf Parfi she`rlarida kuchli falsafiy fikrlar bilan hamohang badiiy tasvir
vositalari, turli xil janrlar hamda badiiy san`atlardan ustalik va mahorat bilan
foydalangan. Biz ilmiy ishimizda badiiy san`atlarning shoir ijodida qo‘llangan
ajoyib na`munalarini tahlil qilamiz. Rauf Parfi ijodida tajnis san`atining ajoyib
na`munalarini yaratgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |