Pensiya ishi



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/46
Sana23.06.2021
Hajmi0,95 Mb.
#99107
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46
Bog'liq
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni

Byudjetdan tashqari 

fondlarning guruhlanishi 

Tuzilishiga  

ko’ra 

Amal qilish 



muddatiga ko’ra 

Shakllantirish 

usuliga ko’ra 

byudjet mablag’lari; 

fondlarning o’z 

mablag’lari 

 

doimiy; 


vaqtinchalik 

maxsus soliqlar; 

davlat byudjetidan 

ajratmalar 

Kimga tegishliligiga  

ko’ra 


Markazlashish 

darajasiga 

ko’ra 

Maqsad va 



vazifalariga  

ko’ra 


davlat; 

davlatlararo; 

xalqaro 

 

markazlashgan; 



markazlashmagan 

ijtimoiy; sug’urta; iqtisodiy; 

kredit; ilmiy-tadqiqot; 

investitsion; 

ekologik; siyosiy va b. 



18

 

 



bo’lmoqda. Ushbu Jamg’arma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasa 

bo’lib,  faoliyatining  asosiy  maqsadi  iqtisodiyotning  etakchi,  eng  avvalo,  bazaviy 

tarmoqlarini  modernizatsiyalash  va  texnikaviy  qayta  qurollantirish  bo’yicha 

loyihalarning  amalga  oshirilishini ta’minlash,  shuningdek,  mamlakatni  barqaror  va 

mutanosib  ravishda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishga  erishish  hamda  samarali 

tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat. 

Iqtisodiyotimizda  tarkibiy  o’zgarishlarni  amalga  oshirish  va  uni 

modernizatsiya qilish borasida strategik muhim rol o’ynaydigan loyihalarni amalga 

oshirish,  birinchi  navbatda,  ishlab  chiqarish  infratuzilmasini  shakllantirishda 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006-yil  11-maydagi  3751-sonli 

“O’zbekiston  Respublikasining  Tiklanish va  taraqqiyot  jamg’armasini tashkil etish 

to’g’risida”gi Farmoni asosida tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va 

taraqqiyot jamg’armasi faoliyatiga katta ahamiyat berilmoqda.  

Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining asosiy vazifalari: 

–  davlat  va  xo’jalik  yurituvchi  subyektlar,  shu  jumladan,  tijorat  banklari, 

xorijiy  jamg’arma  va  investorlar  hamda  boshqa  manfaatdor  tuzilmalarning 

moliyaviy mablag’larini jamlash; 

–  iqtisodiyotni  rivojlantirish,  ishlab  chiqarishni  tarkibiy  jihatdan  o’zgartirish 

va  modernizatsiya  qilish  borasida  ustuvor  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun  hal 

qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan g’oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish; 

– strategik muhim ahamiyatga ega bo’lgan korxonalar, avvalo iqtisodiyotning 

bazaviy  tarmoqlari  korxonalarini  yangilash  va  texnik  jihatdan  qayta  qurollantirish 

dasturlarini kreditlash; 

–  yoqilg’i-energetika  kompleksi,  kimyo  sanoati,  mashinasozlik  va  rangli 

metallurgiya  tarmoqlarini  texnikaviy  qayta  qurollantirishga  hamda  ishlab  chiqarish 

sur’ati  va  hajmini  oshirishga  yo’naltirilgan  loyihalarning  moliyalashtirilishini 

ta’minlash; 

– etakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish uchun muhim ustuvor ahamiyatga 

ega investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, eksportga mo’ljallangan va 

import  o’rnini  bosadigan  ishlab  chiqarishlar  uchun  xorijiy  texnologiyalar  va 




19

 

 



uskunalarni  sotib  olishga  mablag’larni  maqsadli  yo’naltirgan  holda  respublikaning 

tijorat  banklariga  Jamg’armani  boshqarish  bo’yicha  Kengash  qarori  bilan 

belgilangan tartibda kredit liniyalarini ochish; 

–  birinchi  navbatda  istiqbolli,  ammo  etarlicha  rivojlanmagan  hududlarda 

ishlab  chiqarish  va  noishlab  chiqarish  infratuzulmasini  shakllantirish  bo’yicha 

ijtimoiy  jihatdan  ahamiyatli  milliy  davlat  dasturlari  va  loyihalarning  amalga 

oshirilishini moliyalashtirish; 

–  kelajakda,  birinchi  navbatda  qishloq  hududlarida,  yangi  sanoat  ishlab 

chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va 

tiklash  loyihalarini  imtiyozli  asosda,  shu  jumladan,  keyinchalik  Davlat  byudjeti 

mablag’lari hisobidan qoplash yo’li bilan moliyalashtirish;  

–  yurtimizning  xalqaro  kommunikatsiyalar  tarmog’iga  integratsiyalashuvi 

uchun shart-sharoitlar yaratadigan, xalqaro transport yo’laklari va jahon bozorlariga 

eng 


qisqa 

yo’l 


bilan 

chiqishini 

ta’minlaydigan 

transport 

hamda 

telekommunikatsiyalar  infratuzilmasini  modernizatsiya  qilish  va  rivojlantirishni 



moliyalashtirish;  

–  davlatning  tashqi  qarzlari  bo’yicha  xalqaro  moliya  institutlari  va  xorijiy 

kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lashni moliyalashtirish;  

–  xalqaro  moliya  institutlari,  O’zbekiston  va  xorijiy  mamlakatlarning  kredit 

muassasalari  bilan  loyihalarning  qo’shma  moliyalashtirilishini  tashkil  etishni 

ta’minlash hisoblanadi.  

Mamlakatimizda  o’nlab  zamonaviy  korxonalarning  ishga  tushirilishida 

Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasining  ahamiyati  beqiyosdir.  Jumladan,  “Jeneral 

Motors Pavertreyn O’zbekiston” qo’shma korxonasida yuqori texnologiyalar asosida 

avtomobil  dvigatellari  ishlab  chiqarish  yo’lga  qo’yildi.  Energiyani  tejaydigan 

lampalar  ishlab  chiqarish  bo’yicha  uchta  loyiha  amalga  oshirildi.  Shular  qatorida 

“Zenit elektroniks” qo’shma korxonasida “Samsung” kir yuvish mashinalari ishlab 

chiqarish  o’zlashtirildi.  Ayni  paytda  maishiy  gaz  plitalari,  konditsionyerlar,  elektr 

pilesoslar va bir qancha boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.  




20

 

 



“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar sho’ba korxonasida suyultirilgan 

gaz  ishlab  chiqarish  hajmini  ko’paytirish  maqsadida  propan-butan  aralashmasi 

qurilmasining  birinchi  navbatini,  Samarqand  viloyatida  “MAN”  yuk  tashish 

mashinalari ishlab chiqarish bo’yicha yangi majmuaning dilerlik markazini bunyod 

etish ishlari yakuniga etkazildi.  

Quyidagilar Jamg’armani shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilandi:  

 

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish