Parrandalarini yetishtirish



Download 43,88 Kb.
bet1/3
Sana23.07.2022
Hajmi43,88 Kb.
#844385
  1   2   3
Bog'liq
PARRANDACHILIK, QO‘YCHILIK, CHORVACHILIK



Parrandachilik
Uy parrandalarini yetishtirish; chorvachiyaikning bir tarmogʻi. Parrandachilikning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va goʻsht; qoʻshimcha mahsuloti — parranda pati va pari. Parrandalarni soʻyish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda goʻngi — qimmatli organik oʻgʻiti. Parrandachilikda tuxum, asosan, tuxum yoʻnalishidagi, qisman goʻsht-tuxum va goʻsht yoʻnalishidagi tovuq zotlari va krosslaridan olinadi. Goʻsht yetishtirish uchun goʻsht beradigan tovuq, oʻrdak, kurka, gʻoz, sesarka, goʻsht kaptarlar koʻpaytiriladi. Parranda goʻshti yetishtirishning asosiy manbai — broy-lerlarni boqishdir. Shuningdek, bedanadyan parhez tuxum va goʻsht olinadi.

Parrandachilik bundan 4 ming yil muqaddam dastlab tovuqlar xonakilashtirilgan Hin-distoda paydo boʻlgan va keyinchalik boshqa mamlakatlarga asta-sekin tarqalgan. Keyinchalik parrandalarning boshqa turlari ham xo-nakilashtirilgan. 18—19-asrlarda Yevropa, Osiyo va Amerikada uy parrandalarining koʻpdan-koʻp zotlari yaratildi.
Oʻzbekistonda 1920-yillarning oxiriga qadar parranda, asosan, jaydari va kammahsul tovuq zotlari faqat xonadonlarda boqilgan. Respublikada Parrandachilikning qishloq xoʻjaligi tarmogʻi tarzida rivojlanishi 20-asrning 20-yillariga toʻgʻri keladi. Birinchi Parrandachilik fermalari 1929-yil Qoʻqon shahri yonidagi va Samarqand viloya-tidagi artellarda tashkil etilgan. 1930-yil Toshkentda "Oʻzparrandainkubatormarkaz" tuzildi. Oʻsha yili respublikada dastlabki Kattaqoʻrgʻon inkubator styasi ishga tushirildi. Oʻzbekistonda Parrandachilik urushdan keyingi yillarda tez rivojlandi. 1950-yil respublikada 11 ta inkubator styasi ishladi. Inkubator Parrandachilik styalari k-z va s-zlarda Parrandachilik fermalarini tuzishda yordam berdi. 1959-yil Buxoro inkubator Parrandachilik styasi negizida respublikada 1-Buxoro Parrandachilik fabrikasi tashkil etildi. 1960-yildan esa inkubator Parrandachilik styalari 150—180 ming tovuq uchun moʻljallangan Toshkent, Oʻrtasaroy, Samarqand, Gʻallaorol va Fargʻona Parrandachilik fabrikalariga aylantirildi. 1964-yilda Respublika Qishloq xoʻjaligi vazirligi tarkibida "Oʻzparrandasanoat" respublika ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. 70 dan ortik, Parrandachilik fabrikasi, 12 nayelchilik xoʻjaligi, parrandalar kasalliklari boʻyicha respublika veterinariya lab. va boshqa tashkilotlar ish olib bordi.


1958-yilda Oʻzbekiston chorvachilik i.t. institutida Parrandachilik boʻlimi, 1985-yilda genetika-seleksiya styasi (1994—2003-yillarda "Naslparranda" ilmiy markazi) tashkil etildi. 1992-yildan respublikada goʻsht yoʻnalishida kurkachilikni rivojlantirish boʻyicha Isroilning "MAD" firmasi bilan hamkorlikda Xonobod (1993), Chimyon (1992), Rishton, Urganch va Yangiyoʻl (1995) Parrandachilik fabrikalari kurkachilikka ixtisoslashdi. Germaniya, Belarus, Isroil, Gollandiya, Qo-zogʻistondan keltirilgan zotli tovuq va kurka tuxumlaridan joʻja ochirish yoʻlga qoʻyildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 29-noyabrdagi "Par-randachilik xoʻjaliklarini kurka goʻshti yetishtirish uchun modernizatsiya qilish toʻgʻrisida" qaroriga koʻra, xo-rijdan olingan kreditlar hisobiga kurkachilikka ixtisoslashgan fabrikalar soni koʻpaydi.
2003-yil 4-sentabrda Respublika Vazirlar Mahkamasining "Parrandachilikda monopoliyadan chikarish va iktisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" qarori bilan "Oʻzparrandasanoat" uyushmasi tugatildi, uning tarkibiga kirgan aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi 25 Parrandachilik fabrikalari toʻliq xususiylashtirildi.
Oʻzbekistondagi xoʻjaliklarda tovuq (tuxum, goʻsht yoʻnalishlari), goʻsht uchun kurka, qisman oʻrdak, gʻoz, parhez taomlar uchun bedana boqiladi. Asosan, tovuqning oq leggorn, "Naslparranda" ilmiy markazida yaratilgan ikki tizimli, mahalliy sharoitlarga yaxshi moslashgan, yiliga 240—250 donagacha tuxum qiladigan "Oʻzbekiston" krossi yetishtiriladi.
Intensiv Parrandachilikningtexnologikjarayonlari sanoat negizida tashkil etilgan boʻlib, yil davomida bir maromda tuxum va goʻsht ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Par-randalar, asosan, quruq aralash yemlar bilan boqiladi. Aralash yemga boʻlgan oʻrtacha yillik ehtiyojlar (bir bosh uchun, kg): kataklarda boqiladigan tuxum beradigan sanoat galalari uchun — 50; tuxum beradigan zotli galalar uchun —54; goʻsht olinadigan galalar uchun — 65; 2 oygacha boʻlgan broyler joʻjalar uchun — 4,7, tuxum olishga moʻljallanadigan 5 oylikkacha boʻlgan joʻjalar uchun —11,8.
Oʻzbekistonda 2000-yilda 1252,9 mln. dona tuxum yetishtirildi, 14 mln. parranda boqildi.
Xorijiy mamlakatlarda Parrandachilik juda taraqqiy etgan. AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va boshqa bir kator mamlakatlarda yirik mexanizatsiyalashgan korxonalar barpo.


Download 43,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish