Magnitli separatorlar. Ular donlarni va omuxta yemlarni metall
chiqindilaridan tozalashda ishlatiladi.
Doimiy magnitli separator quyidagi sxemada ishlaydi. Konsen-
tratsiyalangan ozuqalar taqsimlash qurilmasidan o‘tib bo‘g‘iz bo‘ylab
teng tarqaladi. Qiya sirg‘ish taxtasidan metall chiqindilar magnitga
tortilib magnit maydonida ushlab qolinadi. Magnit qiya sirg‘ish taxtasiga
gorizontga nisbatan 36° ostida o‘rnatiladi. Tushayotgan don qalinligi
82
10 mm dan katta bo‘lmasligi kerak. Magnit bilan ushlab qolingan metall
chiqindilar mashina ishlab bo‘lgandan so‘ng qo‘lda tozalanadi.
Magnitli separatorlar maydalash kamerasi (me’yorlagichdan so‘ng),
aralashtirgich, granulatorlar oldiga hamda tayyor mahsulotlar tizimiga
qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |