5.4. MATEMATIK CHEKLOVLAR
Latexda turli buyruqlar kiritishda turlicha belgilardan foydalaniladi.Ular
orasida bir nechta asosiy belgilar mavjud.Bu belgilar Latex dasturining maxsus
belgilari hisoblanadi.Bu belgilar quyidagilar: $ & % # _ { } ~ ^ \
Bu belgilar orqali turli xil buyruqlar kiritilganligi sababli,bu belgilarni o‘z
sahifangizda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlata olmaysiz.Agar o‘z hujjatingizda bu
58
belgilardan foydalanmoqchi bo‘lsangiz maxsus “\” belgisidan foydalanishingiz
mumkin.Masalan:
$ & % # _ { } \$ \& \% \# \_ \{ \}
Bu belgilardan ko‘plab matnli qatorlarda,ko‘plab buyruqlar yozishda va
boshqa matematik formulalar yozishda foydalanish mumkin. Ammo “\” belgisini
kiritishda “\\” belgidan foydalanish mumkin emas.”\\” belgi Latexda keyingi
qatorga o‘tishni bildiradi.
Shuningdek bu belgilarrni \symbol{kod} buyrug‘i yordamida sakkizlik va
o‘n oltilik sanoq sistemalaridagi kodlari orqali ham kiritish mumkin.Masalan
\symbol{‘40} va \symbol{“20} larning ikkalasi ham ` belgisini bildiradi.Bunda
agar ‘ yoki “ belgilarini yozmasdan faqat kodni o‘zi yozilsa Latex natija sifatida
ASCII jadvalidagi kodga mos belgini qaytaradi.Bu usul ham ancha qulay.Chunki
aksariyat foydalanuvchilar odatda ASCII kodlaridan foydalanishadi.Agar hozirgi
misolimiz uchun bu usulni qo‘llaydigan bo‘lsak u holda \symbol{32} ham ` belgini
qaytaradi.
Matematikada ko‘p hollarda grek harflaridan foydalaniladi.Shu sababli biz
ham LATEXda matematik formula kiritishni grek harflarini kiritishdan
boshlaymiz. LATEXda grek harflarini kiritish buyrug‘i “\” belgisi va shu belgining
inglizcha nomini yozish orqali kiritiladi(Masalan:
harfi \alpha kabi
kiritiladi).Shu o‘rinda yana bir ma’lumotni aytib o‘tish kerak.Grek harflari
ro‘yhatidan (“omikron” deb o‘qiladi) harfini bu usul bilan kiritib bo‘lmaydi(Ya’ni
\omikron deb yozish no‘to‘g‘ri hisoblanadi).Bu harfni kiritish uchun kursivda
yozilgan lotincha “o” harfi,yoki odatdagidek o harfini kiritish kifoya. Misol
tariqasida bir necha grek harflarining LATEXda yozilishini jadvalini keltiramiz.
59
Ko‘p ishlatiladigan buyruqlardan yana biri integral belgisi uchun
qo‘llanadigan buyruqdir. Latexda odatiy integral (∫) kiritish uchun \int
buyrug‘i, konturli integral uchun \oint buyrug‘i ishlatiladi.Integralning yuqori
va pastki indekslari va integral osti funksiya ham kiritish mumkin.Masalan:
Agar integral chegaralari indeksda emas, yuqori va quyi chegarada
bo‘lishi lozim bo‘lsa , u holda \int buyrug‘ini \limits buyrug‘i bilan birgalikda
ishlatishimiz mumkin.Masalan:
\documentclass{article}
\begin{document}
$$
\int\limits_0^1 x^2 dx=1/6
$$
\end{document}
Natija:
Agar chegaralar boshqacha ko‘rinishda bo‘lsa ya’ni turli xil operatorlar
va belgilardan iborat bo‘lsa \nolimits dan foydalanish mukin.
Avtomatik o‘lchamlarni aniqlash
Ko‘pincha matematik funktsiyalar bir-biridan farq qiladi va bu holda
ifoda atrofidagi bo‘linmalar navbati bilan o‘zgarishi kerak. Bu \left, \right va
\middle buyruqlar yordamida avtomatik ravishda amalga oshirilishi mumkin.
60
Misol:
\documentclass{article}
\begin{document}
$$
\left(\frac{x^2}{y^3}\right)
$$
\end{document}
Natija:
Misol:
\documentclass{article}
\begin{document}
$$
P\left(A=2\middle|\frac{A^2}{B}>4\right)
$$
\end{document}
Natija:
Qavslar \left\{ va \right\}yordamida boshqacha tarzda aniqlanadi.
Misol:
\documentclass{article}
\begin{document}
$$
\left\{\frac{x^2}{y^3}\right\}
$$
\end{document}
Natija:
61
Agar ajratuvchi faqat iboraning bir tomonida kerak bo‘lsa, boshqa
tomondan u nuqta bilan ajratilishi mumkin (.), ushbu nuqta natijada
ko‘rinmaydi. Va bo‘sh koyni tashkil qiladi.
Misol:
\documentclass{article}
\begin{document}
$$
\left.\frac{x^3}{3}\right|_0^1
$$
\end{document}
Natija:
Qo‘lda o‘lchamlarni aniqlash
Ba'zi hollarda, \left va \right buyruqlar tomonidan ishlab chiqarilgan
avtomatik o‘lchamlarni biz nazorat qilishimi ya’ni o‘zgartishimiz mumkin
bo‘ladi. Bunday holda, buyruqlar-modifikatorlar \big, \Big, \big va \Big
foydalanish mumkin.
Misol:
\documentclass{article}
\begin{document}
$$
( \big( \Big( \bigg( \Bigg(
$$
\end{document}
Natija:
62
Ushbu buyruqlar, birinchi navbatda, ichki ajratgichlar bilan ishlashda
foydalidir. Misol uchun, yozishda:
\documentclass{article}
\begin{document}
$$
\frac{\mathrm d}{\mathrm d x} \left( k g(x) \right)
$$
\end{document}
Natija:
Ko‘rib turganimizdek, \left va \right komandalari ularga biriktirilgan bir xil
o‘lchamdagi bo‘linmalarni yaratadilar. Bu yozuvlarni o‘qishda qiyinchiliklarni
keltirib chiqarishi mumkin. Biz bu kodni quyidagicha almashtirishimiz mumkin:
\documentclass{article}
\begin{document}
$$
\frac{\mathrm d}{\mathrm d x} \big( k g(x) \big)
$$
\end{document}
Natija:
Ikki holda ham bir xil natijaga erishamiz, qilingan ish xato bo‘lmaydi. 1-
ko‘rsatilgan misolda \left va \rigth dan foydalanilgan. Bunda yuqorida
aytganimizdek kodni o‘qishda chalkashish bo‘lishi mumkin, biz buni oldini
olish maqsadida \big dan foydalandik.
63
Agar yozadigan misolimiz juda katta bo‘lsa, o‘lchamlarni qo‘lda
aniqlash ham foydali bo‘ladi. Sababi buyruqlar ko‘p ishlatiladigan
formulalarda \rigth va \left ko‘p ishlatilsa noto‘g‘ri o‘lchamlarni olib kelishi
mumkin.bunday xatolikni oldini olish uchun biz o‘lchamlarni qo‘lda
kiritganimiz yaxshi natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |