Mavzu: Parchin miхli birikmalar. Payvand chokli birikmalar va uning turlari. Payvand chokli detalning chizmalarini bajarish.
O’quv mashg`ulotining maqsadi: Ajralmas birikmalar.Ularning texnikadagi tadbiqi to’g`risida tushuncha berish va ularning ishlatilish joylarini talabalarga o’rgatish.
Talabalarning e`tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savollar 2-ilova
1. Ajralmas birikmalar deb nimaga aytiladi?
2. Ajralmas birikma turlarini ayting?
3-ilova
VIZUAL MATERIALLAR
Ajralmas birikmalar. Parchin mixlar va ularning turlari.
Ajralmaydigan birikmalar. Parchinlash, payvandlash va presslash yo’li bilan hosil qilingan birikmalar ajralmaydigan birikmalarga kiradi.
Parchin choklar (O’zDSt 2.313:97). Parchin choklar bir uchida qalpog`i bo’lgan tsilindrik sterjendan iborat parchin mix (zaklyopka)lar vositasida hosil qilinadi. Parchin mixlar standartlashtirilgan bo’lib, qalpog`ining shakli, o’lchami va vazifasiga qarab ular: zich-mustahkam choklar uchun, mustahkam choklar uchun, mustahkam zich-mustahkam choklar uchun tayyorlanadi. Parchin mixlarning o’zaro joylashishiga qarab shaxmat, tartibli va parallel choklar bo’ladi. Biriktiriluvchi listlar uchlarining joylashishiga qarab ustma-ust va uchma-uch choklarga bo’linadi. Uchma-uch choklarga bir yoki tomonlama tagliklar qo’yiladi.
Parchin mixlarning ish chizmasini (GOST10299-80) ko’rsatilgan o’lchamlarda, ba`zi hollarda sterjenning diametriga nisbatan olingan taxminiy o’lchamlarda chizish mumkin (1.26-chizma, a, b, c, d).
Parchin mixli birikma parametrlari xakida ma`lumot berish.
Parchin mix diametri parchinlanadigan list qalinligiga muvofiq tanlanadi - d=δ+(6…8 mm), δ – list qalinligi, parchin mixning uzunligi - L=2δ+1,5d
Ikki qatorli, shaxmat tartibli chokning chizmasida (1.27-chizma) parchin mixga mo’ljallangan teshik diametri d0=1,1d bo’lib, parchinlashdan keyin mix diametri d0 ga tenglashib qoladi. Bu chizmadagi barcha parametrlar d0 ga nisbatan taxminiy o’lchamlarda ko’rsatilgan.
Parchin mix choklarning shartli tasvirlanishiga misollar: yarim yumaloq qalpoqdi parchin mix bilan hosil qilingan chok (1.27-chizma, a), ichi kovak tsilindrik parchin mix (piston) bilan hosil qilingan chok b), yashirin qalpoqli parchin mix bilan hosil qilingan chok bir tomoni yarim yashirin, ikkinchi tomoni yashirin kallakli parchin mix bilan hosil qilingan chok, maxsus parchin mix bilan hosil qilingan choklar.
P archin mixlarning faqat joylashishini ko’rsatish zarur bo’lsa, u holda parchin mixlar kallagi o’rnida kalta qilib o’zaro kesishuvchi o’q chiziqlari chiziladi (1.27-chizma).Yig`ish chizmasida bir xildagi parchin mixli birikma mavjud bo’lsa, uni shartli tasvirlash mumkin (1.27-chizma).
Parchin mixlar kallagining tuzilishi va ishlatilishiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
Yaim sferik kallakli;
Yahirin kalakli;
Yaim yashirin kallakli;
Usti tekislangan kallakli.
Parchin mix choklarning tasvirlanishiga misollar:
Yaim yumaloq kalpokli parchin mix bilan hosil qilingan chok (1,26-chizma, a).
Ichki kovak (teshik) tsilindrik parchin mix (piston) bilan hosil qilingan chok (1,26-chizma, b).
Yahirin kalakli parchin mix bilan hosil qilingan chok (1,26-chizma,c)
Bir tomoni yarim yashirin, ikkinchi tomoni yashirin kalakli parchin mix bilan hosil qilingan chok (1,26-chizma, d).
Maxsus parchin mix bilan hosil qilingan chok (1,26-chizma, e, f).
Parchin mixli birikmalar chizmasini bajarishga o’rgatish;
1-27 chizma
Parchin mixlarning faqat joylashishini ko’rsatish zarur bo’lsa, u holda parchin mixlar kallagi o’rniga kalta qilib, o’q chiziqlar chiziladi. (1,27-chizma). Parchin mix belgisida uning diametri, uzunligi va o’lchamini aniqlovchi standart ko’rsatiladi. Masalan, parchin mix 8x2038M3.036-bu erda diametri d=8 mm, uzunligi L=20mm, 38 guruhdagi D18 markali materialdan ishlangan, qalinligi 6mkm li 03 qoplama bajarilgan.
Yig`ish chizmasida bir xildagi parchin mixli birikma mavjud bo’lsa, uni shartli tasvirlash mumkin (1,27-chizma).
Tarqatma materiallar:
|
Parallel tartibda
|
Shxmat tartibda
|
№
|
Detal qalinligi
|
Parchin mix diametri
|
Detal qalinligi
|
Parchin mix diametri
|
1
|
5/5
|
20
|
4/5
|
18
|
2
|
8/10
|
20
|
10/10
|
20
|
3
|
10/12
|
22
|
10/8
|
18
|
4
|
12/6
|
16
|
6/8
|
16
|
5
|
14/10
|
20
|
10/14
|
22
|
6
|
12/12
|
22
|
10/10
|
20
|
7
|
14/14
|
22
|
8/8
|
18
|
8
|
14/12
|
18
|
12/14
|
20
|
9
|
8/6
|
16
|
10/12
|
20
|
10
|
8/8
|
20
|
10/9
|
16
|
11
|
10/5
|
18
|
12/6
|
18
|
12
|
14/8
|
20
|
10/6
|
22
|
Do'stlaringiz bilan baham: |