Korxona ish faoliyati bilan tanishuv.
Men Jonibekov Azizbek Ulugʻbek oʻgʻli 2021 yil 27-yanvar kuni TATU dan biriktirilgan amaliyot rahbarim Begimov O. dan amaliyot oʻtash uchun barcha kerakli topshiriqlarni oldim va 31-yanvar kuni Toshkent shahrida joylashgan 163-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga amaliyot oʻtash uchun yetib bordim. Maktabdan menga amaliyot rahbari etib Informatika o’qituvchisi Amanova D.T. tayinlandi.
Maktab faoliyati bilan qisqacha tanishadigan bo’lsak maktabdagi darslar rus va o’zbek tillarida o’tiladi. 163-maktab — bolalarga boshlangʻich umumiy maʼlumot beradigan umumtaʼlim oʻquvtarbiya muassasasi. Uning vazifasi oʻquvchilarda yozish, oʻqish, hisoblash malaka va koʻnikmalarini hosil qilish, tabiat va jamiyat haqida ilk bilimlar berish, xulqodobga oʻrgatishdir. Hozirgi Oʻzbekiston hududida dastlabki Boshlangʻich maktab —maktabxonalar arab xalifaligi tomonidan Oʻrta Osiyo yerlari bosib olingandan keyin (7-asr) mahalliy xalq va ularning bolalarini musulmon ruhida tarbiyalash maqsadida ochilgan. Turkiston chor Rossiyasi tomonidan bosib olinganidan keyin rus amaldorlari va harbiylarining bolalari uchun 1869 yil Toshkentda dastlabki rus Boshlangʻich maktab i ochildi. Turkistonda mahalliy aholi bolalari uchun 19-asr oxirlarida ochilgan rustuzem maktabi ham Boshlangʻich maktab dir.
1900 yildan Oʻzbekiston hududida "jadid maktabi" nomi bilan yuritilgan yangi usul maktablari ham ish boshlagan. Bu maktablar Turkiston mahalliy xalqlar milliy maktablarining kurtaklari boʻlgan. Yangi usul maktablari ham asosan 1—4 sinfdan iborat Boshlangʻich maktab hisoblangan. 1917 yil okt. toʻntarishidan keyin, 1918 yil 13 dek.da Turkiston maorif xalq komissarligi qaroriga binoan rustuzem maktablari xalq maktablariga aylantirildi. 1922 yildan tayyorlov (yariminchi) sinfdan keyingi 1—3 sinflardan iborat maktablar 1bosqich maktab, yaʼni Boshlangʻich maktab hisoblangan. 1918—24 yillarda hozirgi Oʻzbekiston hududidagi barcha milliy maktablar 1bosqichli maktablar boʻlgan. Boshlangʻich maktab soni 1918 yilda 992, 1919 yilda 1847, 1921 yilda 2022, 1922 yilda 1239, 1923 yilda 1007, 1924 yilda 1271 ta boʻlgan. 1930/31 oʻquv yilidan Oʻzbekistonda umumiy majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etilishi munosabati bilan Boshlangʻich maktab larda taʼlim muddati 4 yil qilib belgilandi. 1969/70 oʻquv yilidan rus maktablarida, 1970/71 oʻquv yilidan oʻzbek maktablarida 3 yillik boshlangʻich taʼlimga oʻtildi. Shu yillardan boshlab Boshlangʻich maktab ning mavqei va ahamiyati tubdan oʻzgardi; umumiy taʼlimning mustaqil, tugal bosqichi degan xususiyatini yoʻqotib, fan asoslarini izchil oʻrganishga tayyorlanish bosqichi boʻlib qoldi. 1991/92 oʻquv yilidan OʻzRda Boshlangʻich maktab larda yana 4 ylik boshlangʻich taʼlimga oʻtildi. "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonun (1997 yil 29 avg .)da Boshlangʻich maktab taʼlimining yangi mazmuni belgilandi. 2000/2001 oʻquv yili boshida Oʻzbekistonda 207 Boshlangʻich maktab boʻlib, ularda 30684 oʻquvchi taʼlim oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |