Parazitlar tushunchasi


Parazitlarni xo’jayinlari bilan o’zaro bog’lanishi



Download 106,5 Kb.
bet6/12
Sana05.02.2023
Hajmi106,5 Kb.
#908040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Pararazitlar

Parazitlarni xo’jayinlari bilan o’zaro bog’lanishi. Parazitlarni vaqtinchalik yoki doimiy ular hisobiga oziqlanadigan organizmlarni parazitlarning xo’jayinlari deyiladi. Parazitlar xo’jayinlarining (odam, hayvon, o’simliklar) barcha organ va to’qimalarini zararlaydi. M: ichakda askaridalar, bolalar gijjasi, tasmasimon chuvalchanglar, lyambliya, amyoba, trixomonadalar; o’t yo’llarida lyambliya, jigar va mushuk ikki so’rg’ichlilari; teri ostida rishta; to’qimalarda trixinella lichinkalari; qon tomirlarida shistosomalar; o’pkada toksokara, askarida va boshqalar uchraydi.
Parazitlar tabiatda tur sifatida saqlanib qolishi uchun, ko’payish jarayonida xo’jayin organizmidan chiqib, tashqi muhitga, boshqa xo’jayinlarga o’tadi. Parazitlarni bitta xo’jayindan ikkinchi bir xo’jayinga, xo’jayinlaridan tashqi muhitga o’tish mexanizmlari va taxminiy xo’jayinlar bo’lishi mumkin bo’lgan organizmlar doirasini kengligi, albatta ularni tabiatda keng tarqlishini ta’minlaydi. Parazitlarni vaqtincha yoki doimiy o'z hisobiga oziqlantiradigan organizmlar parazitning xo'jayinlari deyiladi. Parazit xo’jayinlari bir necha xil bo’ladi.
Turli-tuman parazitlar o'zlarini rivojlanishida bitta, ikkita va undan ko'proq xo'jayinlarda yashashlari mumkin. Shuning uchun parazitlarga xos oxirgi (definitiv, asosiy), oraliq, qo'shimcha, rezervuar xo'jayinlar mavjud. Xo'jayinlarning bu darajada xilma-xil bo'lishiga sabab, ular yordamida parazitlar tabiatda keng tarqaladi va tur sifatida saqlanib qoladi.
Parazitning jinsiy voyaga yetgan davri yashab, uning jinsiy yo'l bilan ko'payadigan davri kechadigan hayvon organizmi asosiy xo'jayin hisoblanadi.
Parazitlarning asosiy xo'jayinlari har xil guruhlarga mansub hayvonlar bo'lishi mumkin.M: exinokokkning asosiy xo'jayinlari - itlar, bo'rilar, tulkilar, mushuklar va boshqa go'shtxo'rlar, ya'ni yirtqich hayvonlardir, qoramol va cho’chqa tasmasimon chuvalchanglarining asosiy xo’jayini odam, toksoplazmaning esa asosiy xo’jayini mushuklar hisoblanadi.
Oraliq xo'jayinlarda parazitlarning tuxum va lichinkalik davrlari rivojlanadi. Parazitlar oraliq xo'jayinlarida partenogenetik (jinssiz) yo’l bilanko’payishi ham mumkin. M: Jigar qurtining lichinkalari.
Qo'shimcha xo'jayinlar, aslida parazitlarning ikkinchi oraliq xo'jayinlari ham deyiladi. Ularda parazit lichinkalarining ma'lum bir rivojlanish davrlari o'tadi. M: Keng tasmasimon chuvalchangdada birinchi oraliq xo'jayinlari sikloplar, ikkinchi oraliq xo'jayinlari esa baliqlar hisoblanadi.
Rezervuar xo'jayin deb esa boshqa hayvonlarga yuqtirish mumkin bo'lgan kasal qo'zg'atuvchilarini o'zida tutgan hayvonlarga aytiladi. Rezervuar xo'jayinlar parazitning rivojlanishida doimo ishtirok etishi shart emas. Lekin rezervuar xo'jayinlar parazitning ma’lum bir rivojlanish davrlaining tarqalishini tezlashtiradi. M: serbar tasmasimon chuvalchang(Diphyllobotrium latum) ning rivojlanish davrida definitiv (asosiy, oxirgi) xo'jayinlar - odam, mushuk, it, bo'ri, tulki, ayiq va boshqa yirtqichlar, birinchi oraliq xo'jayini mayda qisqichbaqasimonlardani - sikloplar, ikkinchi oraliq xo'jayinlari, ya’ni qo’shimcha xo’jayinlari yuvosh baliqlar, rezervuar xo'jayinlari esa yirtqich baliqlar (rezervuar xo’jayinlari ishtirok etishi ham etmasligi ham mumkin) hisoblanadi.
Demak, parazitning rivojlanish siklida birinchi oraliq xo’jayinlarida parazitning licninka davri rivojlanadi. Ikkinchi oraliq xo’jayinlarida ya’ni, qo’shimcha xo’jayinlarida parazitning ma’lum lichinka bosqichi o’tadi. Uchinchi, ya’ni, rezervuar xo’jayinlar parazit rivojlanishida ishtiroki majburiy emas. Chunki rezervuar xo’jayinlarda parazit rivojlanmaydi balki saqlanadi, bu esa parazitlarni tabiatda yanada kengroq tarqalishida muhim rol o’ynaydi(M: tripanasomalar antilopalarda, plerotserkoidlar yirtqich baliqlarda, leyshmaniyalar kemiruvchilarda uzoq saqlanadi).
V.A.Dogel tarifiga ko’ra haqiqiy (obligat) parazitlikda parazit-xo’jayin o’rtasidagi munosabatlar o’zaro yaqinligi bilan xarakterlanadi. Parazitlar xo’jayinlarida sensibilizatsiya qo’zg’atib, allergik reaktsiyalarni keltirib chiqaradi. Xo’jayinlarini to’qima va organlarini shikastlaydi, ularni funktsiyalarini buzadi. Parazitlar xo’jayin organizmida moddalar va vitaminlar so’rilishini yomonlashtiradi, anemiya rivojlanishiga olib keladi. Parazitlar xo’jayinlarini jismoniy rivojlanishini susaytiradi, mehnat qobiliyatini va aqliy faoliyatini pasaytiradi.
O’z navbatida parazit ham xo’jayinning himoya reakstiyalaridan qochib, ularni yo’q qilishga harakat qiladi. Natijada ular o’rtasida qarama-qarshi munosabatlar kuzatiladi. Parazit-xo’jayin o’rtasidagi o’zaro ta’sir uch xil shaklda namoyon bo’ladi:
1. Parazitni xo’jayinga ta’siri. 2. Xo’jayinni parazitga ta’siri. 3. Tashqi muhitni parazit va xo’jayinga ta’siri. Parazit xo’jayin organizmida turli xil allergik reaktsiyalarni hosil qilib, turlicha zarar keltiradi.
Mexanik ta’sir – parazitlar xo’jayinlarini to’qima va organlarini shikastlaydi. M: ichak parazitlaridan- askarida va sestodalar ichakda ko’payib ketib, moddalarni o’tkazmay, ichakni shikastlashi mumkin. Exinokokk va senur lichinkalari vistseral organlarda rivojlanib, ularni siqib qo’yadi, shishlar hosil qiladi. Bular organlar funktsiyasini buzilishiga, turli xil yallig’lanish jarayonlari va anemiyani kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Xo’jayin organizmiga turli xil oziqa va vitaminlarni so’rilishini yomonlashtiradi. Organizmning immun sistemasiga salbiy ta’sir qilib, organizmni kurashish qobiliyatini susaytiradi.
Parazitlar xo’jayinlariga mexanik ta’sir bilan bir qatorda toksik ta’sir ham ko’rsatadi. Parazitlar xo’jayin organizmiga tushgandan keyin turli toksinlar (zahar) ishlab chiqaradi. Bu moddalarni organizmga tushishi va tarqalishi xo’jayin organizmida turli intoksikatsiyalarga olib keladi. Natijada kasalliklarni kechishi qiyinlashadi va har xil og’ir kasalliklarni kelib chiqishiga zamin yaratadi.
O’z navbatida xo’jayin organizmi ham parazitlarga nisbatan turli himoya reaktsiyalarini ko’rsatadi. M: parazit rivojlanishini to’xtatishi, parazitni o’ldirishi, tanasidan chiqarib yuborishi mumkin. Parazit-xo’jayin o’rtasida murosasiz kurash boradi va bu kurashda bittasi g’alaba qozonadi. Parazit g’alaba qozonsa xo’jayinda kasallik keltirib chiqaradi. Xo’jayin g’alaba qozonsa parazitni organizmidan chiqarib tashlaydi va bu kurash har-xil himoya reakstiyalari ko’rinishida namoyon bo’ladi. Organizmda qon parazitlariga qarshi antitelalar hosil bo’ladi, tabiiy immunitetlar paydo bo’ladi:
-hujayra reaktsiyalari, hujayra hajmini kattalashuvi bilan boradi. M: bezgak plazmodiysi eritrotsitlarga kirganda ular kattalashadi, normal eritrotsitlardan hajmini kattaligi bilan farqlanadi;
-to’qima reaktsiyalari, parazit o’z atrofida biriktiruvchi to’qima yordamida chegaralanadi. M: trixinella, qoramol va cho’chqa tasmasimon chuvalchanglari lichinkalari kapsulalari;
-gumoral reaktsiyalar, immunitet hosil bo’lishi bilan boradi. Parazit ishlab chiqargan antigenlarga qarshi, xo’jayin organizmida antitelalar hosil bo’ladi. Leyshmanioz va tripanasomoz qo’zg’atuvchilari yuqqanda, ularga qarsi immunitet hosil bo’ladi. Xo’jayin organizmida kuchli immunitet parazitning lichinkalik davrida hosil bo’ladi. Ayrim protozoy kasalliklarida (amyobiaz, trixomono’z) vaqtinchalik immunitet hosil bo’ladi. Parazit lichinkalik davrida xo’jayin to’qimalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, faol antigenlar ishlab chiqaradi.

Download 106,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish